Yaxyoeva Nafisa Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli sug‘orish texnologiyalarida suvda eruvchan o‘g‘itlarni qo‘llashning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx.785.
Ilmiy rahbar: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ismayilov Jumanazar Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi markaziy mintaqa Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida turli sug‘orish texnologiyalarida suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning g‘o‘zani suv iste’moli hamda hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘orish texnologiyasida suvda eruvchan mineral  o‘g‘itlarni N150(200), P105(140), K75(100) kg/ga qo‘llashning g‘o‘zani suv iste’moli va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
ertapishar g‘o‘za navlari katta maydonlarda ekilayotganligi, ushbu navlarning ildizi kuchli rivojlanmaganligi bois sug‘orishni shonalashgacha talab etishi tufayli ertapishar S-8286 g‘o‘za navida tomchilatib sug‘orish bo‘yicha fazalarni 4 muddatda, ya’ni ChDNSga nisbatan 75-75-75-70% sug‘orish oldi tuproq namligida 1-2(3)-5-2 tizimda shonalashgacha 1 marta, shonalash davrida 2(3) marta, gullash-hosil to‘plashda 5 marta, pishishda 2 marta sug‘orish maqbulligi aniqlangan;
egatlab sug‘orishda suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni g‘o‘zaning 2-4 chinbarg davrida 1 marta, shonalash davrida 1 marta va gullash-hosil to‘plash davrida 2 marta, tomchilatib sug‘orishda 2-4 chinbarg davrida 1 marta, shonalash davrida 2 marta, gullash-hosil to‘plash davrida 4 marta  qo‘llash maqbulligi ilmiy asoslangan;
tomchilatib sug‘orishda suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash orqali g‘o‘zadan 52,0 s/ga paxta hosili olinib, egatlab sug‘orishga nisbatan tomchilatib sug‘orish hisobiga 8,4 s/ga, suvda eruvchan o‘g‘itlar hisobiga 7,2 s/ga qo‘shimcha hosil olish mumkinligi isbotlangan;
tomchilatib sug‘orish va suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash evaziga an’anaviy, ya’ni o‘g‘itni traktorda 3 marotaba qo‘llashdagi YoMMlari to‘liq (100%), qator oralariga ishlov berishda esa 30-40 % tejalishiga, mineral o‘g‘itlar sarfi 20-25 % ga, tomchilatib sug‘orishda egatlab sug‘orishga nisbatan sug‘orish suvlarini 45,2-49,1 % tejalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida egatlab va tomchilatib sug‘orish texnologiyasida o‘rta tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda suvda eruvchan o‘g‘itlarni qo‘llashni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-106-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma tomchilatib sug‘orish joriy etilgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
turli sug‘orish texnologiyalarida suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Maroqand sifat tekstil” agroklasterida tomchilatib sug‘oriladigan 120 ga, egatlab sug‘oriladigan 10 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, egatlab sug‘orishda g‘o‘zani suvda eruvchan mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilganda, an’anaviy o‘g‘itlar qo‘llanilganga nisbatan 3,0-3,5 s/ga, tomchilatib sug‘orishda esa egatlab sug‘orilgan suvda eruvchan o‘g‘itlar qo‘llanilganga nisbatan 40-45 % suv tejalib, 8-9 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan;
tomchilatib sug‘orishda suvda eruvchan o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Namangan viloyati Pop tumani “ART Soft tex” agroklasterida 60 ga, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi “Shukurullo Yasmina agro” fermer xo‘jaligida 10 ga, Bekobod tumanida “Zafar tongi agro” fermer xo‘jaligida 12 ga, “Baraka agro ishonch” fermer xo‘jaligida 16 ga, “Abror Ixror Asror agro” fermer xo‘jaligida 21 ga, Respublika bo‘yicha jami 239 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 05/01-05/02-05/04-03-106-son ma’lumotnomasi). Tomchilatib sug‘orishda suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni o‘simlik oson o‘zlashtiradigan shaklda qo‘llanilishi hisobiga egatlab sug‘orishga nisbatan 40-45 % suv tejalishi, paxta hosili 5,2-6,1 s/ga hamda rentabellik darajasi 24,1-27,3 % ga oshishiga erishilgan.
    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish