Xolmatova Ziroat Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Tarbiyaviy ishlar metᴏdikasi” fani misolida)”, 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped864.
Ilmiy maslahatchi: Kadirov Xayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikalarini takomillashtirishning metodik imkoniyatlari didaktik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli va kreativ-innovatsion komponentlar yaxlitligini ta’minlash hamda loyihaviy tashxislash texnologiyalarini strukturaviy adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish modeli amaliy-faoliyatli va ijodiy yondashuvlarning integrativligini ta’minlash, pedagogik jarayonlar uchun standartlar, tarkibiy tuzilmalar hujjatlarining o‘qitish sifati va tarbiyalash ta’sirchanligiga real mosligini izchil uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish metodikasi fanlararo va subektiv integratsiya ta’mirchanligini oshirish, modulli-kreativ, akmeologik-faoliyatli va pedagogik loyihalashtirilgan ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda mavjud ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish natijadorligini bosqichma-bosqich oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarnng diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari tuzilmaviy faoliyatning kasbiy rivojlanish kombinatsiyasiga algoritmik qayta aloqasini metodik vositalarga ko‘ra ta’minlash hamda mazmunli bloklar majmuasidagi mujassamlashtirilgan obekt va subekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini qiyosiy prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikalarini takomillashtirish samaradorligi diagnostik funksiyalarni ta’minlashga yo‘naltirilgan reproduktiv, produktiv va kreativ darajalar yaxlitligi va pedagogik jarayon obektining mutaxassislik xususiyatlar darajasiga mosligi hamda hissiy-irodaviy, pedagogik-psixologik xususiyatlar mutanosibligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning metodik imkoniyatlarini didaktik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-kognitiv, amaliy-faoliyatli va kreativ-innovatsion komponentlar yaxlitligini ta’minlash hamda loyihaviy tashxislash texnologiyalarini strukturaviy adaptivlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-fevraldagi 02-07-1567/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik diagnostika kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarining motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli va kreativ unsurlarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelini amaliy-faoliyatli va ijodiy yondashuvlarning integrativligini ta’minlash, pedagogik jarayonlar uchun standartlar, tarkibiy tuzilmalar hujjatlarining o‘qitish sifati va tarbiyalash ta’sirchanligiga real mosligini izchil uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyundagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0273 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan model tizimli, kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish asosida didaktik jarayonni takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish metodikasini fanlararo va sub’ektiv integratsiya ta’sirchanligini oshirish, modulli-kreativ, akmeologik-faoliyatli va pedagogik loyihalashtirilgan ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda mavjud ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish natijadorligini bosqichma-bosqich oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-fevraldagi 02-07-1567/04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik diagnostik kompetensiyalarini kelgusi kasbiy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiligan;
bo‘lajak o‘qituvchilarnng diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini tuzilmaviy faoliyatning kasbiy rivojlanish kombinatsiyasiga algoritmik qayta aloqasini metodik vositalarga ko‘ra ta’minlash hamda mazmunli bloklar majmuasidagi mujassamlashtirilgan obekt va subekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini qiyosiy prognozlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyundagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan 233-0273 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash samaradorlini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikalarini takomillashtirish samaradorligini diagnostik funksiyalarni ta’minlashga yo‘naltirilgan reproduktiv, produktiv va kreativ darajalar yaxlitligi va pedagogik jarayon obektining mutaxassislik xususiyatlar darajasiga mosligi hamda hissiy-irodaviy, pedagogik-psixologik xususiyatlar mutanosibligini frontal ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 6-fevraldagi 02-07-1567/04-son dalolatnomasi). Natijada, diagnostik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikalarini takomillashtirish imkoniyatlarini qayta aloqani ta’minlovchi bloklar majmuasida mujassamlashtirgan obekt va subekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning didaktik tizimi asosida kengaytirishga xizmat qilgan.