Sharipov Alisher Kalbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vodorod benzin yonilg‘isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash», 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.22/01.02.2022.T.144.01
Ilmiy rahbar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, PhD.22/01.02.2022.T.144.01.
Rasmiy opponentlar: Xankelov Tavbay Qarshievich, texnika fanlari doktori, dotsent, Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li, dotsent PhD,
Yetakchi tashkilot: Andijon Mashinasozlik Instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vodorod-benzin yonilg‘isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Frolov-Rodziller tenglamasini qo‘llash orqali qo‘shimcha vodorod gazi benzinli dvigatellarda optimal yonilg‘i proporsiyasini barqaror ishlash shartlari va turg‘unlik rejimlari asosida matematik model yaratilgan;
regression-korrelyasion tahlili asosida vodorod-benzinli dvigatel moylarining asosiy fizik-kimyoviy xossalarini ekspluatatsiya sharoitlarida chegaraviy shartlari aniqlangan;
Nyuton-interpolyasion qonuniyati orqali vodorod-benzinli ichki yonuv dvigatel moyining chegaraviy ish muddati asosida matematik modeli optimallashtirilgan;
motor moyiga vodorod-benzinli yonilg‘i ta’sir mexanizmini hisobga olingan holda almashtirish muddatlari uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Vodorod-benzin yonilg‘isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslashda:
UzAvtosanoat AJ – 2017 yil Qozoqistonning Astana shahrida o‘tkazilgan kelajak energiyasi mavzusidagi Astana-2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada vodorod-benzin yonilg‘isi bilan ishlaydigan “Matiz” avtomobilini namoyish qilish vazifasi Turin politexnika universiteti jamoasiga yuklangan edi. (“UzAvto Motors” AJ korxonasida 8-oktyabr 2021-yil ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rgazmada universitet tadqiqotchi olimlari “Matiz” rusumli avtomobilning yonilg‘i ta’minlash tizimini takomillashtirib, muaffaqqiyatli qatnashildi;
Frolov-Rodziller tenglamasini qo‘llash orqali qo‘shimcha vodorod gazi benzinli dvigatellarda optimal yonilg‘i proporsiyasini barqaror ishlash shartlari va turg‘unlik rejimlari “Matiz” rusumli avtomobilning yonilg‘i ta’minlash tizimiga joriy qilingan. (“UzAvto Motors” AJ korxonasida 8-oktyabr 2021-yil ma’lumotnomasi). Natijada ichki yonuv dvigatel foydali ish koeffisienti 5 % ga oshirish imkoni bergan;
regression-korrelyasion tahlili asosida vodorod-benzinli dvigatel moylarining asosiy fizik-kimyoviy xossalarini ekspluatatsiya sharoitlarida chegaraviy shartlari va ish muddatining eskirish tizimini eng maqbul algoritmi yaratildi va aniqlangan (“UzAvto Motors” AJ korxonasida 8-oktyabr 2021-yil ma’lumotnomasi). Natijada dvigatel motor moyining fizik kimyoviy xususiyatlari nazariy va amaliy matematik statik tahlil asosida asosiy 4/10 tasi olindi, bunda eng e’tiborli ko‘rsatkichi 6000-7000 km/soat bosib o‘tgan dvigatel motor moyi qovushqoqlik deb nomlash imkonini bergan;
Nyuton-Interpolyasion qonuniyati orqali vodorod-benzinli ichki yonuv dvigatel moyining bosib o‘tgan km/soati ga qarab moylash materiallari eskirishining maqbul matematik modeli chegaraviy ish muddati optimallashtirilgan. (“UzAvto Motors” AJ korxonasida 8-oktyabr 2021-yil ma’lumotnomasi); Natijada Chevrolet Gentra G200 ichki yonuv dvigatelini standard va vodorod qo‘llagan holda 10 000 km masofa birlikda qancha sarf bo‘lishi nazariy va amaliy hisob kitob qilindi. Shahar sharoitida vodorod-benzin avtomobil 100 km masofani bosib o‘tganida 24 % yonilg‘i tejalishi imkonini yaratgan.
motor moyiga vodorod-benzinli yonilg‘i ta’sir mexanizmini hisobga olingan holda almashtirish muddatlari uchun tavsiyalar vodorod-benzin yonilg‘isida ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy qilish imkonini bergan (“UzAvto Motors” AJ korxonasida 8-oktabr 2021-yil ma’lumotnomasi). Natijada vodorod-benzin dvigatel bilan jihozlangan mahalliy sharoitdagi avtomobillarda motor moyi chegaraviy ish muddatini asoslash misolida dvigatelning ishchi hajmi 1.5l bo‘lgan avtomobillarda olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik (bitta avtomobil misolida) 2736000 so‘mni tashkil etishi imkonini yaratgan.