Seytnazarova Oksana Muratbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod radikali tuzilishi va SFM qadoqlanish zichligiga bog‘liq SFM-bentonit komplekslarining sorbsion xususiyatlari», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/K164.
Ilmiy maslahatchi: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Xayot Nurovich kimyo fanlari doktori, dotsent; Eshmetov Rasul Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorod radikalining tuzilishi va SFMlar qadoqlash zichligiga ko‘ra SFM-bentonit komplekslarining tuzilishi va sorbsiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termik ishlov berish harorati va davomiyligining o‘zgarishi Li-bentonitning struktur xususiyatlari o‘zgarishiga ta’sir etishi, bunda 110, 120 i 135°C haroratlarda termik ishlov berish kationalmashinuv sig‘imining dastlabki 108 dan mos ravishda 97, 85 va 65 mg*ekv/100 g gacha kamayishi aniqlangan;
gillarning kation almashinuv sig‘imi (KAS)ning o‘zgarishi ularning g‘ovakligini o‘zgarishiga ta’sir etishi va BK; BK86 hamda BK70 bentonit namunalarining qatlamlararo masofasi mos ravishda 1,261, 1,253 va 1,199 nm ni tashkil etib, bu qatlamlararo suv hajmining kamayishi va g‘ovak maydonining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
BKning qatlamlararo fazosi to‘yinganidan so‘ng, SFMlarning qo‘shimcha sorbsiyasi kuzatilib, bu silikat tekisliklari yuzasida misellasimon tuzilmalarning shakllanishi yoki qatlamlararo fazoda ko‘plab qatlamlarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lishi, gilning kationalmashinuv sig‘imi 3,85 3,27 marotaba ortishi aniqlangan;
DGDDMAB va GDTMABning KAS qiymati 70 mmol`/100 g bo‘lgan montmorillonitdagi sorbsiya mexanizmlari odatda KAS yuqori bo‘lgan montmorillonitlarga o‘xshashligi isbotlangan, lekin ushbu namunaning tez to‘yinishi kuzatilib, bu interkalyasiya uchun mo‘ljallangan qatlamlararo bo‘shliqlarning kamligi bilan asoslangan;
DGDDMAB miqdorining n=1/4 dan n=1/2 gacha ortishi bilan BK ning d001 refleks intensivligining o‘zgarishi hamda 2,23 nm atrofida yangi refleks paydo bo‘lishi, n=1≤1,25 qiymatlarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi va BK qatlamlari orasidagi DGDDMAB ning psevdomonoqavatli tuzilishiga muvofiq kelishi aniqlangan;
BK uchun n ning to‘yinganlik darajasi DGDDMAB uchun 3,8 va GDTMAB uchun 3,27 nm ni tashkil etishi, bu holda interkalyasiyalangan SFMlar mos ravishda qatlamlararo masofani 2,87-2,90 va 2,35 nm gacha o‘zgartiradi, bu esa DGDDMAB ning psevdomonoqatlamli hamda GDTMABning psevdo-uch qatlamli interkalyasiyalangan tuzilishini tasvirlashi aniqlangan;
to‘yinganlik darajasining ortishi bilan mikrog‘ovaklar hajmi dastlab ortishi va quyi to‘yinganlik darajasida maksimal darajaga etishi, keyinchalik pasaya boshlashi, bu DGDDMAB alkil zanjirlarining kiritilishi tufayli mikrog‘ovaklarning ifloslanishi yoki bloklanishi bilan bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
texnik olein kislotasidan unumdorligi 88% dan yuqori yangi SFMlarni, shuningdek ularga asoslangan organobentonitlarni sintez qilish uchun maqbul sharoitlar yaratilgan, bu boyitilgan bentonitning bo‘yoqlar va atsetoxlorga nisbatan sorbsiya koeffisientining 1,5-1,6 baravar ortishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Krantau bentoniti va organik modifikatorlar asosida organobentonitlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
eritmalarda SFMlarni indikator sifatida montmorillonit va metiloranj yordamida aniqlash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 17 apreldagi 01/18-8-1007 son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlardagi sirt faol moddalarning qoldiq tarkibini og‘irligi bo‘yicha 0,001% gacha aniqlash imkonini beradi;
digeksadsetildimetilammoniy bromid, geksadesiltrimetilammoniy bromid va bentonit asosidagi adsorbentlar «SOF MEGA TEKSTIL» MChJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2023 yil 17 apreldagi 01/18-8-1007 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu adsorbentlar yordamida oqava suvlarni dastlabki rang intensivligi 1:1000 bo‘lgan holatda 98,3 va 89,0% ni tozalash imkonini beradi;
oktadesiltrimetilammoniy bromid va boyitilgan Krantau bentoniti asosidagi adsorbentlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 fevraldagi 03/08-3-64 son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va oqova suv tizimlarida atsetoxlor sorbsiyasi darajasi tabiiy bentonitlarga nisbatan 1,5-1,6 baravar oshirish imkonini beradi.