Axmedov Maksad Ibragimovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chigit saralash qurilmasining samaradorligini oshirish maqsadida uning konstruksiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T4470
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, DSs.03/04.10.2023.T.174.01Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Akmal Akparalievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jin mashinalaridan tolasidan ajralib chiqayotgan chigitlar oqimidan linterlashga molik bo‘lmagan chigitlarni ajratib oluvchi qurilmaning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish orqali chigitlarning sifatini yaxshilash va ortiqcha elektr energiya sarfini kamaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtaning turli xil seleksion naviga mansub bo‘lgan chigitlarning o‘lchami asosida to‘rli barabanning teshiklarini maqbul qiymatlari topilgan hamda shnek va to‘rli barabanni bir-biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi natijasida chigitlarni to‘rli yuzadan tushishi ehtimollar nazariyasi asosida aniqlangan;
shnek ta’sirida tarkibida lint (momiq) bo‘lgan va momiq bo‘lmagan chigitlarni bir-biriga nisbatan harakatini vaqtga bog‘lagan holda matematik modellari ishlab chiqilgan;
linterlashga molik bo‘lmagan chigitlarni ajratib olishdagi eng yuqori samaradorlikka erishishda to‘rli barabanning teshiklarini shakli va joylashishining ratsional parametrlari aniqlangan;
saralanayotgan chigitlarning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida tashuvchi shnek yuzasi elastik xususiyatga ega bo‘lgan rezina bilan qoplangan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonalarining asosiy jarayoni hisoblangan jinlash (chigitdan tolani ajaratish) jarayonidan so‘ng chiqqan chigitlarni saralash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan yangi chigit saralash qurilmasi “Namangan To‘qimachi cluster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 03/22-183-son ma’lumotnomasi). Natijada jin mashinalaridan chiqib, linter mashinalariga tarkibidagi lint (momiq)larni qirib olish uchun yuborilayotgan chigitlar oqimidan linterlashga molik bo‘lmagan chigitlarni ajratib olish va samarali saralash orqali umumiy olinayotgan chigitlarning 24.6 % miqdori linter mashinalari ta’sirida 2.5 % gacha shikastlanishining oldi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish