Po‘lotova Moxira Raxmatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘p parametrli texnologik jarayonlarni boshqarishda bashoratlovchi modellarini qo‘llash», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qaytaishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3630
Ilmiy rahbar: Arifjanov Abdulla Shamxatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Ismagilov Ilyas Idrisovich texnika fanlari doktori, professor; Nurmamatov Mehriddin Qahramanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bashoratlovchi modellar asosida berilgan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi ko‘p parametrli texnologik jarayonlarni optimal boshqarishni modellari, usullari va algoritmlarini, hamda dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noaniqliklar sharoitidagi kechikish qiymatlarini hisobga olgan holda tizim parametrlarini baholash modellari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifat ko‘rsatkichlarining talab qilinadigan qiymatlariga erishishni taʼminlaydigan kombinatsion parametrlar asosida bashoratlovchi va takomillashtirilgan model hamda algoritmlar ishlab chiqilgan;
g‘alayonlar ta’siridagi noaniqliklar sharoitini hisobga olgan holda takomillashtirilgan boshqarish tizimini qurish modeli va algoritmi ishlab chiqilgan hamda taklif etilayotgan modellar maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish boshqaruv tizimiga moslashtirilgan;
g‘alayonlar ta’siridagi obektlarni optimal boshqarish va qaror qabul qilish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissetatsiya tadqiqotlari doirasida ko‘p parametrli obektini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan model, algoritmlar va dasturiy vositalar asosida:
    noaniqliklar sharoitida ko‘p parametrli obektlarni boshqarishning maqbul parametrlarini hisoblash va aniqlash uchun ichlab chiqilgan matematik model va boshqaruvni optimallashtirish masalalari «Navoiazot» MChJda joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2023 yil 26-iyundagi 23-3-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi boshqaruv tizimiga nisbatan optimal parametrlarni bashorat qilish aniqligini 14,32 %ga oshirish imkonini bergan;
    ko‘p parametrli obektlarni boshqarishda natijaviy parametrlarning o‘zgarishini bashorat qilish uchun ichlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturlar kompleksi «O‘zkimyosanoat» Ajga qarashli «Navoizot» AJga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2023 yil 26 iyundagi 23-3-1789-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari formalinni konsentratsiyasini monitoringi asosida qaror qabul qilish jarayonining samaradorligi va resurslarni tejash o‘rtacha 5% ga oshirish, xususan, toza suv resurslaridan foydalanish 7% ga, energiya sarfi 3% ga tejab qolishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish