Eshmurodov Mas’udjon Xikmatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Murakkab issiqlik almashinuvi masalalari uchun differensial-ayirmalar usulining modifikatsiyalari”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1578
Ilmiy rahbar: Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Shaxlo Azimbaevna fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Palvanov Bozorboy Yusupovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab issiqlik o‘tkazish masalalarini matematik modellashtirish va differensial-ayirmali usulning modifikatsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori haroratli harakatlanuvchi elementlar va nuqtali issiqlik manbalarini obektlarda issiqlik almashinuvi jarayonining matematik modellari yaratigan;
chegaraning boshi va oxirida mos ravishda uchinchi va birinchi jinsli aralash chegara shartlarga ega murakkab issiqlik o‘tkazish masalalarini echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usulining modifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
kesma boshida uchinchi va oxirida birinchi turdagi shartlar berilganida matematik fizika tenglamalarini echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usuli va zarur bo‘lgan xos sonlar va xos vektorlarni topish algoritmi ishlab chiqilgan;
parabolik tenglama doirasida to‘g‘ri burchakli sohada issiqlik to‘lqinlari tarqalishi masalalari shakllantirilgan va echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usulining modifikatsiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Murakkab issiqlik almashinuvi masalalari uchun differensial-ayirmali usulning modifikatsiyalarini model, usul, algoritm, dasturlar asosida ishlab chiqilgan:
issiqlik uzatish masalalari uchun matematik modellardan, ularni echishning sonli algoritmlaridan Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 25 oktyabr № 04/01-5303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik uzatish jarayonini tashqi muhit haroratini hisobga olgan holda optimallashtirish, mavjud muhandislik hisoblariga ketadigan vaqt va mehnatni 20-25 %ga kamaytirish, issiqlik uzatish jarayonini jadallashtirish va tekis taqsimlanishini ta’minlash hisobiga issiqlik energiyasi sarfini 2-3 %ga qisqartirish imkonini bergan;
issiqlik uzatish masalalari uchun matematik modeldan, ularni echishning samarali sonli algoritmlaridan issiqlik uzatilishi jarayonini jadallashtirish va uning ko‘rsatkichlarini bashoratlash maqsadida “BUNYoDKOR SODIQ JO‘RA” MChJda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 25 oktyabr № 04/01-5303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sonli algoritmlarni joriy etish muhandislik hisoblariga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 25-30 %ga kamaytirish, issiqlik uzatish jarayonini jadallashtirish va tekis taqsimlanishini ta’minlash hisobiga issiqlik energiyasi sarfini 2-5 %ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish