Abdumuxtarova Madinabonu Zafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Zamonaviy bosqichda o‘smir maktab o‘quvchilarida moslashuv buzilishlarini tashxislash va oldini olish asoslari", 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib1680.
Ilmiy raxbar: Arzikulov Abdurayim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Agzamova Shoira Abdusalamovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi onalik va bolalikni muxofaza qilish milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda moslashuv buzilishining tarqalganligi, xavf omillari, tavsifini o‘rganish va ularda moslashuv buzilishining oldini olish hamda reabilitatsiya qilishga tizimli yondashuvni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’limdagi o‘smir o‘quvchilarda (42,3%) an’anaviy umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarga (19,4%) nisbatan moslashuv buzilishining yuqoriligi va uning gender xususiyatlari aniqlangan;
o‘smirlar moslashuvining buzilishini shartlaydigan xavf markerlari orasida patogenezning asosiy omillari tibbiy-biologik (shaxsiy-xarakterologik), ruhiy-ijtimoiy (oila va maktab mikroijtimoiy muhiti holatlari), irsiy, va serebral-organik omillar ekanligi isbotlangan;
moslashuv buzilishi patogenezida o‘smirlar organizmining neyroendokrin komponenti asosiy regulyatori transmitterlari roli kortizol gormonining pasayishi, AKTG mikdori ortishi natijada aniqlangan;
ilk bor moslashuv mexanizmining buzilishi qanchalik kuchli bo‘lsa, omega-potensial ko‘rsatkichi shunchalik past bo‘lishi va moslashuv mexanizimida buzilishlar bo‘lgan o‘tkir nafas yo‘llarida patologiyalari mavjud bolalardagi bu ko‘rsatkich 1,6 barobar farklanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yil 5 martdagi №5-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga joriy etilishi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi bergan 2024 yil 29 apeldagidagi 06/17- son bilan tasdiqlangan):
birinchi ilmiy yangilik: innovatsion ta’limdagi o‘smir o‘quvchilarda (42,3%) an’anaviy umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarga (19,4%) nisbatan moslashuv buzilishining yuqoriligi va uning gender xususiyatlari aniqlangan. Innovatsion ta’limdagi o‘smir o‘quvchilarda (42,3%) an’anaviy umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarga (19,4%) nisbatan moslashuv buzilishining yuqoriligi va uning gender xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha Andijon shahar bolalar kasalxonasi 20.06.2023 yildagi 18/1- sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.06.2023 yildagi 44 – sonli buyrug‘i bilan pul`monologiya bo‘limiga, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 yildagi 46 – sonli buyrug‘i bilan nevrologiya bo‘limi amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuyidagilardan iborat ta’lim berish usullari va sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolalar va o‘smirlarning qobiliyati, O‘zbekiston Respublikasi SanPin me’yorlari va standartlariga muvofiq ravishda o‘quv dasturlari, kun tartibining davomiyligini qayta ko‘rib chiqish; intensiv ta’limga asoslangan o‘quv muassasalariga o‘quvchilarni dastlab shifokor - psixolog bilan suhbatdan o‘tgandan keyin qabul qilishni tashkillashtirish; o‘quv muassasalari sharoitida MB ning donozologik shakllariga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar kontingenti uchun davolash-profilaktika tadbirlarini tashkillashtirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir kecha-kunduzlik statsionarda 1 kunlik xarajat o‘rtacha hisobda 446,500 so‘mni, maktab sharoitlarida esa -110,65 so‘mni tashkil etgan, bu 4,1 barobar past narx, demakdir. Agar statsionarda davolanish o‘rtacha 10 kun bo‘lsa, bitta bemorni davolash uchun (10 kun X 445,500 sum.) = 4 455 000) 4 455 00 so‘m sarflanadi; shu ko‘rsatkichlar asosida bemorlarning ta’lim muassasasi sharoitlarida o‘qishdan ajralmagan holda profilaktikasi va davolanishi uchun (10 kun X 110, 65 so‘m) = 1 106 000 so‘m sarflanishi aniqlandi. Xulosa: emotsional ta’sirchanligining pasayishi, oxir-oqibatda esa moslashuv buzilishining psixosomatik simptomlariga ega bo‘lgan o‘smirlar sonining kamayishi byudjet mablag‘larning 3 286 000 so‘m miqdorda tejalishiga sabab bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smirlar moslashuvining buzilishini shartlaydigan xavf markerlari orasida patogenezning asosiy omillari tibbiy-biologik (shaxsiy-xarakterologik), ruhiy-ijtimoiy (oila va maktab mikroijtimoiy muhiti holatlari), irsiy, va serebral-organik omillar ekanligi isbotlangan. O‘smirlar moslashuvining buzilishini shartlaydigan xavf markerlari orasida patogenezning asosiy omillari tibbiy-biologik (shaxsiy-xarakterologik), ruhiy-ijtimoiy (oila va maktab mikroijtimoiy muhiti holatlari), irsiy, va serebral-organik omillarini o‘z vaktida oldini olish bo‘yicha Andijon shahar bolalar kasalxonasi 20.06.2023 yildagi 18/1- sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.06.2023 yildagi 44 – sonli buyrug‘i bilan pul`monologiya bo‘limiga, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 yildagi 46 – sonli buyrug‘i bilan nevrologiya bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oila va maktab mikroijtimoiy muhitini yaxshilashga oid profilaktika tadbirlarini belgilash, MB ni profilaktika qilishning shaxsan yo‘naltirilgan usullari va homiladorlik kechishini to‘g‘ri olib borish va homiladorlik hamda tug‘ruq asoratlari profilaktikasi bo‘yicha preventiv tadbirlar olib borishdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ta’lim muassasalari va statsionar sharioitlarida profilaktika va davolash uchun sarflangan xarajatlar yig‘indisidan hisoblab chiqariladi: statsionar sharoitlarida 1 kunlik koyko-kunning o‘rtacha narxi 446,500 so‘mni tashkil etdi, maktab sharoitlarida esa reabilitatsiya va profilaktika tadbirlari uchun 110,65 so‘mni tashkil qilgan. Bitta bemor uchun kuniga o‘rtacha 446,500 so‘m+110,65 so‘m .= 556 565 so‘m. Agar statsionarda o‘rtacha davolash davomiyligi bitta bemor uchun 445,500 so‘m bo‘lsa, umumiy davolash uchun jami sarf (10 k/kun X 445,500 so‘m.) = 4 455 000 so‘m bo‘ladi. O‘qishdan ajralmagan holda profilaktika va reabilitatsiya uchun quyidagicha hisob-kitob qilindi: ta’lim muassasasi sharoitlarida (10 kun X 110, 65 so‘m) = 1 106 000 so‘mni tashkil etdi, natijada ushbu hisob-kitoblar asosida xarajatlar ko‘rsatkichi = 4 446 000 + 1 160 000 = 560 6000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: oila va maktab mikroijtimoiy muhitini yaxshilashga oid maqsadga yo‘naltirilgan profilaktika tadbirlarini belgilash, MB ni profilaktika qilishning shaxsga yo‘naltirilgan usullari va homiladorlik kechishini to‘g‘ri olib borish va homiladorlik hamda tug‘ruq asoratlari profilaktikasi bo‘yicha preventiv tadbirlar 5 606 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: moslashuv buzilishi patogenezida o‘smirlar organizmining neyroendokrin komponenti asosiy regulyatori transmitterlari roli kortizol gormonining pasayishi, AKTG mikdori ortishi natijada aniqlangan. Moslashuv buzilishi patogenezida o‘smirlar organizmining neyroendokrin komponenti asosiy regulyatori transmitterlari roli kortizol gormonining pasayishi, AKTG mikdorining ortishi aniqlangan va oldini olish bo‘yicha Andijon shahar bolalar kasalxonasi 20.06.2023 yildagi 18/1- sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.06.2023 yildagi 44 – sonli buyrug‘i bilan pul`monologiya bo‘limiga, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 yildagi 46 – sonli buyrug‘i bilan nevrologiya bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bola salomatligini shakllanishi va infeksiyalarga qarshi tura olish qobiliyati ko‘p jihatdan ota-onaning bilim darajasi va moddiy farovonligi, turmush va maishiy sharoitlar hamda o‘qishdagi sharoitlar, kun tartibini va eng muximi tungi uyqu tartibini to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar statsionarida o‘rtacha bir kun yiliga 600 koyko-kunni tashkil etadi, va bunda: SMA = (600 k/k. x 10,0 k/k. x 455,500 so‘m.) = 2 673 000 000 so‘m bo‘ladi, ta’lim muassasalari sharoitlarida esa moslashuvi buzilgan o‘smirlarga davolash-profilaktika tadbirlari uchun (300 o‘smir X 10 kun X 110, 65 so‘m) = 331 950 000 so‘m yoki bu ma’lumotlarni koyko-kunlarga solishtirsak (600 k/k X 10 kun X 110, 65) = 663 900 000 so‘m bo‘ladi. Xulosa: molashuvning buzilishida aniqlangan neyroendokrin markerlari o‘smirlarda moslashuv buzilishini va u bilan bog‘liq funksional o‘zgarishlar va somatik kasalliklarni donozologik tashxislash imkonini beradi. Bu esa bir bola uchun bir kunda 455 500 so‘m miqdordagi byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor moslashuv mexanizmining buzilishi qanchalik kuchli bo‘lsa, omega-potensial ko‘rsatkichi shunchalik past bo‘lishi va moslashuv mexanizimida buzilishlar bo‘lgan o‘tkir nafas yo‘llarida patologiyalari mavjud bolalardagi bu ko‘rsatkich 1,6 barobar farklanishi isbotlangan. Ilk bor moslashuv mexanizmining buzilishi qanchalik kuchli bo‘lsa, omega-potensial ko‘rsatkichi shunchalik past bo‘lishi va moslashuv mexanizimida buzilishlar bo‘lgan o‘tkir nafas yo‘llarida patologiyalari mavjud bolalardagi bu ko‘rsatkich 1,6 barobar farklanishi isbotlangan va oldini olish bo‘yicha Andijon shahar bolalar kasalxonasi 20.06.2023 yildagi 18/1- sonli buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.06.2023 yildagi 44 – sonli buyrug‘i bilan pul`monologiya bo‘limiga, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.02.2023 yildagi 46 – sonli buyrug‘i bilan nevrologiya bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: usulning axborotliligi, sodda va noinvazivligi; omegometriya istiqbolli va dolzarb tashxislash tadqiqoti bo‘lib, organizmning asosiy regulyator tizimlari va moslashuvchanlik zahiralarining moslashuv-kompensator imkoniyatlaari ekspress-diagnostikasini o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: moslashuv buzilishini tashxislashda omegametriya apparatidan foydalanish eskirgan diagnostika tartib-taomillari hamda bolalarni salbiy ta’sir ostida qoldirmasdan, statsionarda bo‘lish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Kecha-kunduz faoliyat yurituvchi statsionarda 1 koyko-kunning o‘rtacha bahosi o‘rtacha 446,500 so‘mni tashkil etishini e’tiborga olib, omegametriya usulidan foydalangan holda tashxisslashni 3-4 kunga optimallashtirish byudjet mablag‘larini bir bemor uchun 446 500x3=1 339 500 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: omegametriya usulidan foydalangan holda o‘smirlarda MB tashxislashni tatbiq etish byudjet mablag‘larni bitta bemor uchun 1 339 500 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Moslashuvi buzilgan o‘smirlarni donozologik tashxislash, prognozlash va tibbiy ta’minotining zamonaviy usullari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar Kengashining 30-noyabr` 2023 yildagi 6i-34/x-son bilan tasdiqlangan.