Sipkina Viktoriya Vyacheslavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Resurs tejamlovchi kabel sanoati chuzish jihozlari uchun nazariy asoslari va modernizatsiyalash usullari», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/T624.
Ilmiy rahbar: Xashimov Arifjon Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojonov Maqsud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Titova Janna Olegovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kabel cho‘zish jarayonining energiya samaradorligini ta’minlovchi cho‘zish mashinasini takomillashtirish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatbaho texnologik instrumentning (olmos fil`erasi) xizmat muddatini uzaytirishni ta’minlovchi, fil`erli va fil`ersiz ikki usulni birgalikda olib borish orqali cho‘zishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
elektr mexanikaviy tizimning ishlashi va jarayonining parametrlarini optimallashtirish bilan ishchi uzellari, mexanizmlari, elektr mexanik tizimi va cho‘zish jarayonining texnologik parametrlarini qamrab olgan holda cho‘zish texnologiyasini matematik modeli ishlab chiqilgan;
cho‘zish mashinasining ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini ta’minlash bo‘yicha fel`er va fel`ersiz usullar asosida cho‘zish texnologiyasi takomillashtirilgan;
kabelni tortib qo‘yishni amalga oshiradigan qo‘shimcha blokni o‘rnatish asosida cho‘zish mashinasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kabel ishlab chiqarish resurslarni tejovchi cho‘zish asbob-uskunasini modernizatsiya qilish usullari asosida ilmiy natijalar olingan:
cho‘zish mashinasining sinxron ravishda ishlovchi ishini ta’minlovchi elektr mexanik blok «O`zkable» OAJ QQda 1-chi sonli sexida joriy qilingan(«O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yilning 6 aprelidagi 01/785-son ma’lumotnomasi). Natijada olmos fil`erlari xizmat muddatini 3%ga, mashinaning foydali ish vaqtni 10%ga oshirish, cho‘zishning tavsifnomalarini ishlab chiqarishni 7%ga oshirish imkonini yaratgan;
texnologik parametrlarini optimallashtirish orqali takomillashtirilgan VSK-13 cho‘zish mashinasi «Andijonkabel`» OAJ QQning 10-son sexida joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yilning 6 aprelidagi 01/785-son ma’lumotnomasi). Natijada olmos fil`erlari xizmat muddatini 4%ga foydali mashinali vaqtni 15%ga oshirish, cho‘zish jarayonining ishlab chiqarishni 10%ga oshirish imkonini yaratgan;
cho‘zish mashinasining boshqaruv tizimi «HAYAT POWER CABLE SISTEMS» MChJ simni cho‘zish uchastkasida joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yilning 6 aprelidagi 01/785-son ma’lumotnomasi). Natijada olmos fil`erlarning xizmat muddati 10%ga oshirish va mis chiqindilarining 10% miqdoriga kamaytirish imkoni yaratilgan;
cho‘zish jarayonida texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan texnologiyasi «NAVOI CABLE CONNECTOR» MChJ ishlab chiqarish sexida joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yilning 6 aprelidagi 01/785-son ma’lumotnomasi). Natijada kabel cho‘zish jarayonining texnikaviy va texnologik parametrlari maksimal ravishda 5-7%ga optimallashtirilgan va cho‘zish mashinasining barqaror ishlashiga erishilgan.