Zokirov Botirjon Qobiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxial astma bo‘lgan bolalarda allergik rinitni shakllantirish omillarini kompleks baholash”, 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2044.
Ilmiy raxbar: Azizova Nigora Davlyatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar:  Sharipov Rustam Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirraximova Maktuba Xabibullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bronxial astma bo‘lgan bolalarda allergik rinitning uchrash darajasini va uning klinik-immunologik hamda genetik xususiyatlarini baholash asosida kasallikni olib borishning prognostik mezonlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning umumiy sonidan 9,9%da allergik rinit kuzatilishi va ularda kasallik rivojlanishida perinatal davrdagi o‘zgarishlar OR=3,0-4,3, ota-onalarning irsiy allergik kasalliklarga moyilligi OR=3,1-5,8 va og‘irlashgan premorbid fon OR=3,3-6,7 kabi prognostik xavf omillarining ahamiyati aniqlangan;
allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astmali bolalarda yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (IL-1β, IL-4, IL-8, TNF-α, mos ravishda 1,5 - 10,2 marta) ortishi kasallik kechishini prognozlash uchun diagnostik marker ekanligi asoslangan;
ilk bor allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astmali bemorlarda IL-4 (S-590T) genining gomozigotali mutant C/C  genotipi, xamda TNF-α genining (-308 G/A)  polimorfizmi G/G genotipini tashuvchilarida bronxial astmani rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan.
allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astma kasalligining rivojlanish xavfini prognozlovchi matematik modeli asosida ushbu bemorlarni kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda olib borish va davolash-profilaktika chora-tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi 2024 yil 26 martdagi №06/12-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning umumiy sonidan 9,9%da allergik rinit kuzatilishi va ularda kasallik rivojlanishida perinatal davrdagi o‘zgarishlar OR=3,0-4,3, ota-onalarning irsiy allergik kasalliklarga moyilligi OR=3,1-5,8 va og‘irlashgan premorbid fon OR=3,3-6,7 kabi prognostik xavf omillarining ahamiyati aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: maktab yoshidagi bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda allergik rinitning birga uchrash darajasi o‘rganilgan va perinatal omillar, ota-onalarning irsiy allergik kasalliklarga moyilligi, og‘irlashgan premorbid fon, yondosh va boshdan kechirgan kasalliklarning o‘rni aniqlangan, ushbu omillar prognostik xatar omilari sifatida allergik rinit rivojlanishini prediktiv baholash imkonini berishi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.07.2023 y.; №46), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (7.11.2022 y.; №141/1) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ante-, intra- va neonatal davrlarning noqulay kechishi va erta bolalik davrida allergik reaksiyalarning mavjudligi bolaning allergik rinit shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar ekanligi isbotlangan. Olingan natijalarga ko‘ra AR bilan birga kechuvchi BA ning paydo bo‘lishida eng yuqori xavf homiladorlikning asoratlar bilan kechishi, homiladorlik paytida kechirgan kasalliklarning uchrashi  va onaning surunkali infeksion kasalliklari, LOR organlari kasalliklaridan rinit, komorbid allergik kasalliklardan bronxial astma va pollinoz, bronxial astma va atopik dermatitga tegishli bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab yoshidagi bolalar orasida BA bilan kechuvchi AR ning uchrash darajasini  o‘rganish, uning rivojlanishida ustuvor xatar omillarini aniqlash ushbu patologiyada standartlashtirilgan tekshiruv bo‘yicha yondashuvlarni belgilash, davolash va profilaktika uchun aniq ko‘rsatmalarni belgilash imkonini yaratish bilan birga bolalar davolash-profilaktika muassasalarida ushbu toifa bemor bolalarni yo‘naltirish va davolash usullarini takomillashtish imkoniyatini yaratilishi isbotlangan. Xulosa: Bolalarda bronxial astma bilan birga kechuvchi allergik rinitning rivojlanishida prognostik xavf omillarining o‘rganish, uning kelib chiqishini erta aniqlash, davolash va monitoringini olib borish orqali ushbu toifa bemorlarni shifoxonaga yotqizilish sonini kamaytirish evaziga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astmali bolalarda yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (IL-1β, IL-4, IL-8, TNF-α, mos ravishda 1,5 - 10,2 marta) ortishi kasallik kechishini prognozlash uchun diagnostik marker ekanligi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Bolalarda allergik rinit bilan birga kechuvchi bronxial astma diagnostikasida yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi tsitokinlarni o‘rganish orqali amalga oshirilgan klinik-immunologik tekshiruvlarning, xususan yallig‘lanish markerlarining kasallik kechishini prognozlash imkonini beruvchi diagnostik mezon sifatida tavsiflanishi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.07.2023 y.; №46), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (7.11.2022 y.; №141/1) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda immun yallig‘lanish markerlarini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi klinik-immunologik tekshiruvlar, ayrim standart laborator, funksional va instrumental tekshiruvlarni o‘tkazishdan voz kechish, kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda bemorlarni olib borish sxemasi, davolash-profilaktik chora-tadbirlar zaruratini asoslash, kasallikning erta bosqichida ambulator ravishda statsionar o‘rnini qoplovchi asosli davo choralarini o‘tkazish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astmada, xususan uning allergik rinit bilan kechishida qayta tekshiruvlarni inobatga olgan holda standart laborator tekshiruvlar uchun har bir bemorga kutilayotgan xarajatlar o‘rtacha 530547 so‘mni tashkil qiladi. immun yallig‘lanish markerlarini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi klinik-immunologik tekshiruvlardan iborat taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 360000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni xar bir bemordan 170547 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda immun yallig‘lanish markerlarini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi klinik-immunologik tekshiruvlar ayrim standart laborator, funksional va instrumental tekshiruvlarni o‘tkazishdan voz kechish, kasallikning erta bosqichida ambulator ravishda statsionar o‘rnini qoplovchi asosli davo choralarini o‘tkazish imkonini bergan, buning natijasida laborator tekshiruvlar uchun ketadigan sarf-xarajatlarni 0,7 martaga kamaytirishga,  tadqiqot masshtabi uchun esa 6395512,5 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astmali bemorlarda IL-4 (S-590T) genining gomozigotali mutant C/C  genotipi, xamda TNF-α genining (-308 G/A)  polimorfizmi G/G genotipini tashuvchilarida bronxial astmani rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda allergik rinit bilan birga kechuvchi bronxial astmada molekulyar-genetik tadqiqotlarning xususiyatlari aniqlangan va kasallik diagnostikasini yaxshilash imkonini beruvchi qo‘shimcha axborotli prognostik mezonlar taklif etilgan, ular asosida kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq xolda olib borishda ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan prognostik mezonlarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.07.2023 y.; №46), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (7.11.2022 y.; №141/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda molekluyar-genetik tadqiqotlar, ayrim standart laborator, funksional va instrumental tekshiruvlarni o‘tkazishdan voz kechish, kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda bemorlarni olib borish sxemasi, davolash-profilaktik chora-tadbirlar zaruratini asoslash, kasallikning erta bosqichida ambulator ravishda statsionar o‘rnini qoplovchi asosli davo choralarini o‘tkazish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan statsionar davolanish uchun bir o‘rin-kun xrajati o‘rtacha 463096,1 so‘mni tashkil qiladigan bo‘lsa, taklif qilinayotgan molekulyar-genetik tekshiruvlar uchun har bir bemorning 1 martalik tekshiruvi uchun o‘rtacha xarajatlar jami 450000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlarda davolanish uchun ketgan xarajatlar 27338760 so‘mga yoki har bir bemordan 303764 so‘mga iqtisod qilingan. Xulosa: Mazkur tadqiqot doirasida AR bilan kechuvchi BA aniqlangan matab yoshidagi bolalarda molekulyar-genetik tekshiruvlarni tatbiq qilish orqali standartlashtirilgan tekshiruv bo‘yicha yondashuvlarni belgilash, bolalar davolash-profilaktika muassasalarida ushbu toifa bemor bolalarni davolanish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini yaratgan. BA da taklif qilinayotgan ushbu diagnostik usulda tashxislash va davolanish uchun ketgan sarf-xarajatlar an’anaviy usulga nisbatan qariyib 1 martaga kamayishiga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: allergik rinit bilan kechuvchi bronxial astma kasalligining rivojlanish xavfini prognozlovchi matematik modeli asosida ushbu bemorlarni kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda olib borish va davolash-profilaktika chora-tadbirlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda allergik rinit bilan birga kechuvchi bronxial astmada  klinik-immunologik va molekulyar-genetik tadqiqotlarni kompleks baholash asosida kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq xolda olib borishda ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan prognostik modelni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (13.07.2023 y.; №46), Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (7.11.2022 y.; №141/1) amaliyotiga joriy etildi.    Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bolalarda allergik rinit bilan birga kechuvchi bronxial astma  diagnostikasida  klinik-immunologik va molekulyar-genetik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvning amalga oshirilishi, kasallikning rivojlanishini patogenetik mexanizmlarini ochib beruvchi progonostik model ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif qilinayotgan kompyuter dasturiga aylantirilgan ushbu model BA aniqlangan bolalarda tashxislash mezonlarini, standartlashtirilgan tekshiruv bo‘yicha yondashuvlarni belgilashda  bir necha sekund davomida uning qiymatlarini hisoblab chiqishi va boladagi kasallikning og‘ir kechishi ehtimoli haqidagi xulosani berishi orqali, tashxislash va davo turini tanlashda iqtisodiy samaradorlikka ega xisoblanadi. Xulosa:olingan ma’lumotlar AR va BA bilan og‘rigan bolalarni ehtimoliy noxush rivojlanish bilan yuritish rejasini qaytadan o‘ylab ko‘rishga asos beradi. Ushbu matematik model asosida biz AR va BA bilan og‘rigan bolalarni yuritish sxemasini ishlab chiqdik. AR va BA bilan og‘rigan bolalarni klinik-genetik tashxislashning taklif qilingan sxemasi AR va BA va ushbu kasalliklar oqibati rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan guruhga kiruvchi bolalarni shaxsiylashtirilgan yuritish sxemasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bronxial astma bo‘lgan bolalarda allergik rinitni shakllantirish omillarini kompleks baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etishi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar Kengashi bergan 2023 yil 31 avgustdagi №6i-15/x-son bilan tasdiqlangan (Andijon davlat tibbiyot instituti 2024 yil 26 martdagi №06/12-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish