Mallaev Maksud Muxammadievichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da saratonini tashxislash va davolashning morfologik-molekulyar asoslari», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib701.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Manekenova Kenjekiz Boranbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Sachin Marda, tibbiyot fanlari doktori, professor (Hindiston).
Yetakchi tashkilot: Editepe universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’da saratoni bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini morfo-molekulyar jihatlarini o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da saratonini  erta tashxislashda an’anaviy tashxislash usullari bilan birgalikda zamonaviy nuklear tibbiyot texnologiyasi va yangi morfo-molekulyar tekshiruv usullarining axamiyati asoslangan;
me’da saratonida ishonchlilik natija beruvchi patomorfologik  belgilar negizida yuqori texnologik va o‘smaning gistologik xususiyatlari orasidagi mutanosiblik asosida samarali klinik taktikani tanlash tartibi ishlab chiqilgan;
hujayraviy mikromuhitni olingan natijalar asosida me’da saratoniga xos VEGFR va EGFR biologik markerlarning o‘rni va ahamiyati, kasallikning patomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash tartibi ishlab chiqilgan;
me’da saratonida o‘smani target va immunogistokimyoviy davolash rezistentligini baholashda MUC va CD10 biologik markerlarning o‘rni isbotlangan;
me’da saratonida pozitron emmision tomografiyasi/kompyuter tomografiyasi va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan yangi tashxislash va davolash standartini taklif etish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 4 maydagi 05/109-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 1 fevraldagi 09-13101-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: me’da saratonini erta tashxislashda an’anaviy tashxislash usullari bilan birgalikda zamonaviy nuklear tibbiyot texnologiyasi va yangi morfo-molekulyar tekshiruv usullarining axamiyati hamda o‘rni isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 02-A/24-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 2/V13-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash birinchi marta korreksiyalovchi usullar yordamida o‘pkalar va plevraning shikastlanish joylari va maydoni, turi, klinik-morfologik variantlariga bog‘liq xolda plevra bo‘shlig‘ida ekssudatni to‘planish jadalligi hamda bemorlar umr davomiyligini uzayishiga qaratilgan zamonaviy tashxislash tartibi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da saratonini erta tashxislashda an’anaviy tashxislash usullari bilan birgalikda zamonaviy nuklear tibbiyot texnologiyasi va yangi morfo-molekulyar tekshiruv usullarining ahamiyati hamda o‘rnini baholash, bemorni shifoxonada yotish vaqtining 100%ga qisqartish orqali byudjet mablag‘larini o‘rtacha 1650000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: me’da saratonini erta tashxislashda an’anaviy tashxislash usullari bilan birgalikda zamonaviy nuklear tibbiyot texnologiyasi va yangi morfo-molekulyar tekshiruv usullarining ahamiyati hamda o‘rnini isbotlash orqali  bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 100%ga qisqartirish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: me’da saratonida ishonchlilik natija beruvchi patomorfologik  belgilar negizida yuqori texnologik va o‘smaning gistologik xususiyatlari orasidagi mutanosiblik asosida ishlab chiqilgan samarali klinik taktikani tanlash tartibi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 02-A/24-son, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 2/V13-son hamda «Akfa Medline» xususiy klinikasi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 02/TV/005-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: statistik haqqoniylik imkoniyatini beruvchi  patomorfologik  materiallar negizida yuqori texnologik tadqiqot usullari va o‘smaning gistologik xususiyatlari orasidagi mutanosiblik mosligi asosida klinik taktikani tanlash tartibi ishlab chiqish natijasida samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da saratonida ishonchlilik natija beruvchi patomorfologik belgilar negizida yuqori texnologik va o‘smaning gistologik xususiyatlari orasidagi mutanosiblik asosida samarali klinik taktikani tanlash tartibi ishlab chiqish byudjet sarf xarajatlarini 1100000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: me’da saratonida ishonchlilik natija beruvchi patomorfologik belgilar negizida yuqori texnologik va o‘smaning gistologik xususiyatlari orasidagi mutanosiblik asosida samarali klinik taktikani tanlash tartibi ishlab chiqish orqali bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 100%ga qisqartirish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: hujayraviy mikromuhitni olingan natijalar asosida me’da saratoniga xos VEGFR va EGFR biologik markerlarning o‘rni va ahamiyati, kasallikning patomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan davolash taktikasini tanlash tartibi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 02-A/24-son, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 2/V13-son hamda «Akfa Medline» xususiy klinikasi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 02/TV/005-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar asosida me’da saratoniga xos biologik markerlari  o‘rni va ahamiyati, kasallikning patomorfologik xususiyatlariga qarab davolash taktikasini tanlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida me’da saratoniga xos VEGFR va EGFR biologik markerlarning o‘rni va ahamiyati, kasallikning patomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash tartibi ishlab chiqish orqali byudjet sarf xarajatlarini 1100000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: olingan natijalar asosida me’da saratoniga xos VEGFR va EGFR biologik markerlarning o‘rni va ahamiyati, kasallikning patomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash taktikasini tanlash tartibi ishlab chiqish orqali bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 100%ga qisqartirish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: me’da saratonida o‘smani target va immunogistokimyoviy davolash rezistentligini baholashda MUC va CD10 biologik markerlarning o‘rni va axamiyati isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 02-A/24-son, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 2/V13-son hamda «Akfa Medline» xususiy klinikasi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 02/TV/005-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: me’da saratonida o‘smaning davolashga rezistentligini baholashda MUC va CD10 biologik markerlaridan foydalanish natijasida me’da saratonini erta tashxislash, davolash taktikasini tanlash, o‘smaning tarqalishini o‘z vaqtida to‘xtatish va patsientlarning umr ko‘rish davomiyligini 5 yilgacha uzaytirish, nogironlikni oldini olish va o‘lim darajasini qisqartirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da saratonida o‘smani target va immunogistokimyoviy davolash rezistentligini baholashda MUC va CD10 biologik markerlarning o‘rni va ahamiyatini isbotlash orqali byudjet sarf xarajatlarni bir nafar bemor hisobiga bir marta tashxislash uchun 179000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: me’da saratonida o‘smani target va immunogistokimyoviy davolash rezistentligini baholashda MUC va CD10 biologik markerlarning o‘rni va ahamiyatini isbotlash orqali bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 100%ga qisqartirish natijasida nogironlik tufayli nafaqaga sarflanadigan mablag‘larni 4200000 so‘mgacha qisqartirish hamda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: me’da saratonida pozitron emmision tomografiyasi/kompyuter tomografiya va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan kombinirlangan davolash natijalari asosida ishlab chiqilgan klinik amaliyotga yangi tashxislash va davolash standartini taklif etish tartibi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 02-A/24-son, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 2/V13-son hamda «Akfa Medline» xususiy klinikasi bo‘yicha 03.02.2024 yildagi 02/TV/005-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: me’da saratonida pozitron emmision tomografiyasi/kompyuter tomografiya va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan kombinirlangan davolash natijalari asosida klinik amaliyotiga yangi tashxislash va davolash standartini kiritish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, nogironlikni oldini olish va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da saratonida pozitron emmision tomografiyasi/kompyuter tomografiya va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan kombinirlangan davolash natijalari asosida klinik amaliyotiga yangi tashxislash va davolash standartini taklif etish orqali shifoxonaga yotqazishni kamaytirish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet sarf xarajatlarini bir kurs davolash uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: me’da saratonida pozitron emmision tomografiyasi/kompyuter tomografiya va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarga asoslangan kombinirlangan davolash natijalari asosida klinik amaliyotiga yangi tashxislash va davolash standartini taklif etish tartibini ishlab chiqish bemorlarni shifoxanada bo‘lish vaqtini 100%ga qisqartirish va ambulotor onkolog nazoratiga o‘tkazish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish