Abdiev G‘ayrat Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar siyosiy ongini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal594
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul Turaqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy ongining davlat boshqaruvidagi falsafiy-konseptual jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar siyosiy ongi immanent xususiyatlarini falsafiy tafakkur asosida davlat boshqaruvida regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasining birlashtiruvchi va maqsadni shakllantirish singari flukatsion (o‘zgaruvchan), integrasion pragmatik mohiyati ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston islohotlarida siyosiy plyuralizmga asoslangan holda yoshlarda sinergetik, germenevtik, aksiologik xususiyatlar dialektikasi falsafiy jihatlari aniqlangan;
yoshlar siyosiy ongi va mental xususiyatlarining korelyasion aloqadorligini aniqlovchi milliy xarakter, tarixiy tajriba va mentalitetni jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi dinamik va statik jihatlari mantiqiy asoslangan;
yoshlarda siyosiy ong rivojlanishining substansional asosini tashkil etuvchi unsurlar, xususiyatlar, maqsadlar dialektik aloqadorligining kostruktiv va destruktiv imkoniyatlari diviant og‘ish, g‘oyaviy birlashuv, ijtimoiy konsensus kabi mezonlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy ongini rivojlantirishda mavjud muammolar echimini topish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
yoshlar siyosiy ongi immanent xususiyatini davlat boshqaruvidagi regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasini takomillashtirishda fluktatsion (o‘zgaruvchan) va pragmatik mohiyati ochib berilganligiga oid taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2021-2022-yillarda moliyalashtirilgan 71-07/40-sonli Respublika bolalar moshlashuv markazining “Yoshlarni va bolalarni himoya qilish bo‘yicha ta’lim muassasasi, oila va mahalla muassasalari bilan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalarida ijtimoiy sheriklik” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2023-yil 5-dekabrdagi 23/1-811-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Resublika bolalar maslashuv markazi hamda yangi O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongi yuksalishiga, jamiyatda ularning faol qatlam sifatida davlat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekiston islohotlarida fikrlar xilma-xilligiga asoslangan holda yoshlar siyosiy ongini germenevtik, sinergetik, dialektik jihatlari o‘lchash indeksi belgilab berilganligiga doir taklif-tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xatirasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 5-dekabrdagi 01-27/390-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiyaning yoshlar siyosiy ongini o‘stirishda, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda nazariy-amaliy manba bo‘lishi dalillangan;
yoshlar siyosiy ongidagi korrelyasion aloqadorlikning mezonini aniqlovchi milliy xarakter, tajriba va mentalitetning jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurati falsafiy kontekstda asoslab berilganligiga oid taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2023-yil 16-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvining efiga uzatilgan navbatdagi soni ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2023-yil 29-noyabrdagi 01-02-1788-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh teletomoshabinlarning siyosiy ongi o‘sishi bilan birga, jamiyatda jamoatchilik nazoratining uzlyuksiz rivojlanishi jarayonlariga xizmat qilgan;
yoshlarda siyosiy ong unsurlari, xususiyatlari, maqsadlari dialektik aloqadorligini konstruktiv va destruktiv jihatdan kommunikativ kompetentlikka erishishdagi evristik imkoniyatlari mezoni aniqlanganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 4-dekabrdagi 04/9-10-52-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning Xalq demokratik partiyasiga bo‘lgan qiziqishlari oshishiga, jamiyat siyosiy ongining davlatdagi o‘rni siyosiy-falsafiy bilimlar bilan boyishiga yordam bergan.