Sattarov Fozil Faxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy jamiyatda o‘smir xulq-atvorining ijtimoiy determinantlari (ijtimoiy-falsafiy tahlili)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fall998
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor, To‘ychiev Berdiqul Turaqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamiyatda o‘smirlar xulq-atvorining shakllanish ijtimoiy determinantlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning deviant xulq-atvorida axloqiy meyorlar va qoidalarni buzish bilan bog‘liq epileptioid (tajovuzkorlik, qo‘pollik), isterioid (o‘zini ko‘rsatish, manmanlik) va gipertim (o‘zini haq deb bilish, muomala odobiga amal qilmaslik) kabi salbiy holatlarni oldini olishda innovatsion fikrlashni o‘rgatish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy tuzilmalarning faoliyatini takomillashtirish zarurati falsafiy asoslangan;
o‘smirlar negativ xarakteridagi jismoniy va verbal tajovuzlar, o‘zini o‘zi idora qila olmaslik, emotsional labillikning ijtimoiy-madaniy jarayonlarga moslasha olmaslik, huquqbuzarlikka moyillik, ma’naviy begonalashuv holatlari bilan adekvat ekanligi, ularni jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish asosida bartaraf etish imkoniyatlari mantiqiy dalillangan;
o‘smirlar g‘ayriqonuniy yoki g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarini umumijtimoiy meyorlarga moslashtirishda gemostatik (xatti-harakatlarni muhit bilan muvofiqlashtirish), pragmatik (foyda olish va naf ko‘rish bilan bog‘liq holatlarga muvofiqlashtirish) postulatlarni g‘oyaviy tarbiya (yo‘naltiruvchi), bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga chorlash (korreksion-rivojlantiruvchi) hamda bilim va ko‘nikmalarni ijtimoiy amaliyotda qo‘llash (prakseologik) bosqichlari aniqlashtirilgan;
zamonaviy jamiyatda o‘smirlar xulq-atvori shakllanishi determinantlarining qonuniyatlari ma’naviy-axloqiy qiyofaning barqarorligini ta’minlashi, fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishi, ma’naviy hayotning ijtimoiy tizimlarga ijobiy ta’sirini oshirishi, ijtimoiy mas’uliyat yuklashi, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligini ta’minlashi falsafiy asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy jamiyatda o‘smirlar xulq-atvori ijtimoiy determinantlarini ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq qilish asosida:
o‘smirlarning deviant xulq-atvorida axloqiy meyorlar va qoidalarni buzish bilan bog‘liq epileptioid (tajovuzkorlik, qo‘pollik), isterioid (o‘zini ko‘rsatish, manmanlik) va gipertim (o‘zini haq deb bilish, muomala odobiga amal qilmaslik) kabi salbiy holatlarni oldini olishda innovatsion fikrlashni o‘rgatish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy tuzilmalarning faoliyatini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Ichki ishlar vazirligining profilaktik targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlarini olib borishda, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish yuzasidan loyihalar ishlab chiqish jarayonida, 2023-yil ish rejasini tuzish va amalga oshirishda hamda “Inspektor-psixologlarning voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish metodikasi” uslubiy qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2024-yil 17-yanvardagi 26/1-105-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlar orasida ijtimoiy-ma’naviy hayot qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, ular xatti-harakatlarini jamiyatda mavjud shart-sharoitlarga moslashtirishga oid fidoyilik, insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi axloqiy meyorlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘smirlar negativ xarakteridagi jismoniy va verbal tajovuzlar, o‘zini o‘zi idora qila olmaslik, emotsional labillikning ijtimoiy-madaniy jarayonlarga moslasha olmaslik, huquqbuzarlikka moyillik, ma’naviy begonalashuv holatlari bilan adekvat ekanligi, ularni jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish asosida bartaraf etish imkoniyatlariga doir ilmiy natijalaridan Yoshlar ishlari agentligining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tuzishda, viloyat va tumanlarda o‘tkazilgan tadbirlar, davra suhbatlari va targ‘ibot faoliyatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 16-yanvardagi 2-13-21-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar yetakchilarini o‘smirlar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar, treninglar tashkil etishda, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini to‘laqonli va samarali joriy etilishida nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
o‘smirlar g‘ayriqonuniy yoki g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarini umumijtimoiy meyorlarga moslashtirishda gemostatik (xatti-harakatlarni muhit bilan muvofiqlashtirish), pragmatik (foyda olish va naf ko‘rish bilan bog‘liq holatlarga muvofiqlashtirish) postulatlarni g‘oyaviy tarbiya (yo‘naltiruvchi), bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga chorlash (korreksion-rivojlantiruvchi) hamda bilim va ko‘nikmalarni ijtimoiy amaliyotda qo‘llash (prakseologik) bosqichlariga doir nazariy xulosalari va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (2020-2022-yy) amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 10-yanvardagi 04/11-301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, jamiyat ijtimoiy samaradorligini ta’minlovchi mavjud sharoitlar, imkoniyatlar asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda o‘z vataniga sodiqlik, tashabbuskorlik, daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatda o‘smirlar xulq-atvori shakllanishi determinantlarining qonuniyatlari ma’naviy-axloqiy qiyofaning barqarorligini ta’minlashi, fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishi, ma’naviy hayotning ijtimoiy tizimlarga ijobiy ta’sirini oshirishi, ijtimoiy mas’uliyat yuklashi, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligini ta’minlashiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” kabi dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-dekabrdagi 04-36-1994-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda o‘smirlar ma’naviy axloqiy qiyofasini barqarorlashtirishga va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligi oshishiga, shuningdek, o‘smirlarning ma’naviy borlig‘i transformatsiyasi sharoitida ularning deviant xulq-atvorini namoyon bo‘lishini oldini olish va mavjud holatlarni bartaraf etishga, yoshlarning kasbga sodiqlik, tashabbuskorlik, fidoyilik, daxldorlik tuyg‘usi sifatlari yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish