Avazov Sanjar Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat migratsiyasi: mazmun va shakl, sabab va oqibat dialektikasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal358
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor, Haydarov Komil Donabaevich falsafa fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mehnat migratsiyasining mazmuni va shakllari, sabablari va oqibatlari, ko‘lamini optimallashtirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy mehnat migratsiyasining emigrantlar va immigrantlar sonining oshish, noqonuniy mehnat migratsiyasi kuchayishi, “aqlning sizib chiqib ketishi” kabi ko‘pvektorli ko‘rinishlarida iqtisodiy qoloqlik, ishsizlik, beqarorlik, siyosiy cheklov, ilm-fanga nomaqbul yondashuv, ijtimoiy maqom zaiflashishi kabi poliatributiv xususiyatlar ustuvorligi falsafiy asoslangan;
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasining ichki va tashqi yo‘nalishlari ijtimoiy infrastrukturaning rivojlanmaganlik, ish o‘rinlarining etishmasligi va ma’muriy-buyruqbozlik tizimining saqlab qolinganligi, korrupsiya va past turmush darajasi kabi sabablari sotsiologik asoslantirilgan;
mehnat migratsiyasi urbanizatsiya intensivlashuvi, ilmiy-intellektual salohiyat konsentratsiyasi, mehnat bozori mo‘tadillashuvi, innovatsiyalar o‘zlashtirilishi kabi ijobiy oqibatlarga hamda shaharlar agrarlashuvi, ekstremistik guruhlar ta’siriga tushish va odam savdosi qurboniga aylanish xavfi oshishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mantiqiy isbotlangan;
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini optimallashtirish imkoniyatlarining ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish hamda hududlar infrastrukturasini modernizatsiyalash, inson huquq va erkinliklarini to‘la kafolatlash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy muammolarning tizimli hal etish omillari migratsion jarayonlar qonuniyatlari asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mehnat migratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning ko‘lamini optimallashtirish imkoniyatlarini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy mehnat migratsiyasining emigrantlar va immigrantlar sonining oshish, noqonuniy mehnat migratsiyasi kuchayishi, “aqlning sizib chiqib ketishi” kabi ko‘pvektorli ko‘rinishlarida iqtisodiy qoloqlik, ishsizlik, beqarorlik, siyosiy cheklov, ilm-fanga nomaqbul yondashuv, ijtimoiy maqom zaiflashishi kabi poliatributiv xususiyatlariga oid nazariy mulohazalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi faoliyatida, jumladan 2023 yilda efirga uzatilgan “Oltin voha” teleradioeshittirishlari “Tahlil va taqqos” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024 yil 26 yanvardagi 17-05/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat migratsiyasi, bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilishga va ommalashtirishga qaratilgan axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlashga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasining ichki va tashqi yo‘nalishlari ijtimoiy infrastrukturaning rivojlanmaganlik, ish o‘rinlarining etishmasligi va ma’muriy-buyruqbozlik tizimining saqlab qolinganligi, korrupsiya va past turmush darajasi kabi sabablariga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1011-son “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori asosida aholi bandligi va mehnat migratsiya jarayonlarini o‘rganishni takomillashtirishda va amaliyotga tadbiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2024 yil  25 yanvardagi 06/00-01/08-75-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlashga, kasbiy malakasini oshirishga, mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarining sabablari, omillari, manbalarni ochib berishga xizmat qilgan;
mehnat migratsiyasi urbanizatsiya intensivlashuvi, ilmiy-intellektual salohiyat konsentratsiyasi, mehnat bozori mo‘tadillashuvi, innovatsiyalar o‘zlashtirilishi kabi ijobiy oqibatlarga hamda shaharlar agrarlashuvi, ekstremistik guruhlar ta’siriga tushish va odam savdosi qurboniga aylanish xavfi oshishi kabi salbiy oqibatlariga oid nazariy mulohazalar va umumlashmalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan ma’naviy-targ‘ibot oyligi tadbirlari dasturlarini tayyorlashda va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2023 yil 26 dekabrdagi 01-04/377-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubiy manba vazifasini o‘tashga hamda partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini optimallashtirish imkoniyatlarining ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish hamda hududlar infrastrukturasini modernizatsiyalash, inson huquq va erkinliklarini to‘la kafolatlash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy muammolarning tizimli hal etish omillariga doir nazariy umumlashma va xulosalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan 21-05/1t-8-raqam “Ma’naviy etuk yoshlar – porloq kelajak sari yo‘l boshlar” (2021-2022 yy) grant loyihasi doirasida belgilangan “O‘z biznesingni yarat”, “Men faol tashabbuskor va yetakchi” mavzusidagi seminar-treninglarni amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 1 dekabrdagi 166-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ochib berishga, yoshlar kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish