Hasanov Bektash Tursunqulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Oziq-ovqat ta’minotida kartoshka etishtirish qiymat zanjiri subektlari faoliyatini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida), 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2735
Ilmiy rahbar: Olim Murtazaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustamova Iroda Bahromjonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Oripov Mahmud Ashurovich.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat ta’minotida kartoshka etishtirish qiymat zanjiri subektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kartoshkachilikda qiymat zanjirini rivojlantirishda ijtimoiy, iqtisodiy va institusional omillarning ta’siri asosida kartoshka urug‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini “past” (0 – 0,29 koeffisient), “o‘rta” (0,3 – 0,75 koeffisient) va “yuqori” (0,76 - 1 koeffisient) mezonlari ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida kartoshka etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hosildorligini oshirishda “yangi avlod kartoshka urug‘i”, “ekstenshn xizmati”, “davlat subsidiyasi” kabi sifat omillari baholangan va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi asoslangan;
respublikada kartoshka urug‘chiligini yangicha tizim asosida rivojlantirish, sifatini yaxshilash hamda ichki iste’mol bozori talabini mahalliy sharoitda etishtirilgan kartoshka bilan to‘liq ta’minlashga qaratilgan onlayn “Kartoshka ta’minot markazi”ni tashkil etish asoslangan va amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini ta’minlashda kartoshkani iste’mol va urug‘lik sifatida etishtirishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat ta’minotida kartoshka etishtirish qiymat zanjiri subektlari faoliyatini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
kartoshkachilikda qiymat zanjirini rivojlantirishda ijtimoiy, iqtisodiy va institusional omillarning ta’siri asosida kartoshka urug‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ishlab chiqilgan “past” (0 – 0,29 koeffisient), “o‘rta” (0,3 – 0,75 koeffisient) va “yuqori” (0,76 - 1 koeffisient) mezonlari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-70-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka etishtirishda innovasion va samaraliroq foydalangan fermerlar gektariga 784,2 kg yuqori hosildorlikka erishganligi hamda fermer xo‘jaligi rahbari ish tajribasining oshishi kartoshka hosildorligini 344,3 kg/ga oshirishi mumkinligi ilmiy asoslangan;
Samarqand viloyatida kartoshka etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hosildorligini oshirishda “Yangi avlod kartoshka urug‘i”, “ekstenshn xizmati” va “davlat subsidiyalari mavjudligi” kabi sifat omillar ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-70-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari tomonidan har yili yangi avlod kartoshka urug‘laridan foydalanishlari kartoshka hosildorligini 5217,3 kg/ga yoki 18,7-28,2 ming so‘m qo‘shimcha qiymat yaratilishi asoslangan. Shu bilan birga, kartoshka etishtirishda fermer xo‘jaliklariga davlat subsidiyalarining ajratilishi va ekstenshn xizmatlaridan foydalanish orqali hosildorlikni o‘rtacha 3434,4 kg/ga oshirish imkoniyati mavjudligi isbotlangan;
respublikada kartoshka urug‘chiligini yangicha tizim asosida rivojlantirish, sifatini yaxshilash hamda ichki iste’mol bozori talabini mahalliy sharoitda etishtirilgan kartoshka bilan to‘liq ta’minlashga qaratilgan onlayn “Kartoshka ta’minot markazi”ni tashkil etish asoslangan va amalga oshirish mexanizmi takliflari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-70-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan yangi mexanizmning joriy etilishi natijasida urug‘lik kartoshka etishtirishda In-vitro usulida virusdan xoli mikro, mini tuganaklar va elita tuganaklarni etishtirish hisobiga urug‘lik kartoshka xarajatlarining kamayishi va daromadlarni oshishi asoslangan. Ushbu mexanizm Oqdaryo tumanidani GS-Bio QK va Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqodlar institutida tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilib, amaliyotga joriy etilgan;
oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini ta’minlashda kartoshkani iste’mol va urug‘lik sifatida etishtirishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024-yil 12-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-70-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatidagi kartoshka etishtiruvchi xo‘jaliklarning sifatli kartoshka urug‘liklari bilan ta’minlanishi hamda ularning daromadi oshishi asoslangan. Bu esa o‘z navbatida urug‘lik kartoshka importini qisqartirishga va kartoshka eksportini oshishida muhim ahamiyat kasb etishi prognoz qilingan.