Abdullaev Alisher Ilxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tizimida axborot oqimlarini boshqarishning integratsiyalashgan korporativ axborot tizimi va modellarini yaratish”, 05.01.10- Axborot olish tizimlari va jarayonlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4190
Ilmiy rahbar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: A.A.Saidov, texnika fanlari doktori, professor; I.I.Kalandarov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim tizimi ta’lim faoliyatining axborot oqimlarini boshqarish jarayonlarini modellashtirish, ma’lumotlar bazasi va tuzilmalarini yaratish hamda integratsiyalashgan korporativ axborot  tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integratsiyalashgan korporativ axborot tizimidagi axborot oqimlarini boshqarish biznes jarayonlarining BPMN modellari hamda taqsimlangan ma’lumotlar bazasining strukturasi va ma’lumotlar tuzilmasining IDEF modellari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimining tizimlararo axborot almashish jarayonlarining BPMN modellari, ma’lumotlarni konsolidatsiya qilish modeli va integratsiya moduli yaratilgan;
eng kam javob vaqti algoritmi asosida axborot tizimidagi yuklamalarni muvozanatlash, axborot oqimlarni boshqarish va so‘rovlarni navbatlash hamda ma’lumotlarni zaxiralash modellari yaratilgan;
oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish, monitoringini yuritish hamda qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish va taqdim etuvchi integratsiyalashgan axborot tizimi va uning funksional strukturasi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan oliy ta’lim tizimida ta’lim faoliyatini boshqarish jarayonlarining axborot modellari va tizimlari quyidagicha amaliyotga joriy etilgan:
Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va axborot modellari Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 3/22-21/02-01-son dalolatnomasi). Natijada 22 mingdan ortiq talabalarning elektron bazasi yaratildi, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, guruh jurnallari va reyting qaydnomalarining elektron shakli tatbiq etildi hamda qog‘ozni tejash hisobiga yiliga 781 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi;
Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va axborot modellari O‘zbekiston milliy universiteti faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 3/22-21/02-01-son dalolatnomasi). Natijada 34 mingdan ortiq talabalarning elektron bazasi, talabalar va o‘qituvchilar uchun 15 dan ortiq elektron ta’lim xizmatlari tashkil etildi hamda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish evaziga yiliga 895 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi;
Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va axborot modellari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 3/22-21/02-01-son dalolatnomasi). Natijada 210 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va qaror qabul qilishga ko‘maklashish hamda monitoringini yuritish uchun taqdim etish amalga oshirildi. Boshqa vazirlik-idoralarning 15 dan ortiq axborot tizimlari bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Talabalar uchun 15 turdan ortiq interaktiv davlat xizmatlari tashkil etildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish