Botirova Sabogul Rahmatullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 3537.
Ilmiy rahbar: Xamroev Kamoliddin Shaxobiddinovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tashpulatov Xurshid Shukurovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish tizimini baholash mezonlari, individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini innovatsion tadqiqot faoliyatiga moslashuvining formal dinamik tuzilmasi va individual-tipologik adekvatligini emperik baholash natijalari asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari hamda tadqiqot qobiliyati amaliyotga yo‘naltirilgan, partisipativ hamda kompetensiyaviy jihatlarga ko‘ra aniqlangan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish modeli tadqiqot kompetensiyasi tarkibidagi motivatsion, kognitiv, faoliyat hamda refleksiv komponentlarning pedagogik sifatlari, innovatsion loyihaviy faoliyatining bosqichlari asosida aniqlangan;
innovatsion tadqiqot faoliyatga tayyorgarlikni shakllantirishning axborot-metodik ta’minoti ommaviy, jamoaviy, individual faoliyat shakllarini tuzilmaviy-mazmuniy modeli bilan qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini shakllashtirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, tadqiqot kompetensiyalari hamda tadqiqot qobiliyati barqarorligini ta’minlashga doir takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i bilan chop etish uchun berilgan 233-0119-son ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatga tayyorlash samaradorligiga erishilgan.
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish modeli tadqiqot kompetensiyasi tarkibidagi motivatsion, kognitiv, faoliyat hamda refleksiv komponentlarning pedagogik sifatlari, innovatsion loyiha tavsifi asosida “Kimyodan masalalar echish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i bilan chop etish uchun berilgan 110-052-sonli ruxsatnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot faoliyatga tayyorlashni shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligini shakllantirish tizimini baholash mezonlari, individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini innovatsion tadqiqot faoliyatiga moslashuvining formal dinamik tuzilmasi va individual-tipologik adekvatligini emperik baholash natijalari asosida OT-F1-36 “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-maydagi 03/10-85-son ma’lumotnomasi).Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining innovatsion tadqiqot faoliyatga tayyorgarligni shakllantirish samaradorligini baholash kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.