Xamzaev Sobir Amirovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillaridagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning sintaktik, semantik va kognitiv xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil280.

Ilmiy rahbar: Kuldashev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna,filologiya fanlari doktori; Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich,filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning sintaktik, semantik va kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz va o‘zbek tillaridagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalar tarkibining ot yoki olmosh va fe’lning shaxssiz shakllaridan iborat ekanligi jihatidan o‘xshashligi hamda ingliz tilida ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning muayyan modeli mavjudligi, o‘zbek tilida esa bunday modellarning yo‘qligi jihatidan farqli ekanligi asoslangan;

chog‘ishtirilayotgan tillardagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning lisoniy tejamkorlik tamoyiliga binoan paydo bo‘lishi, inson tomonidan borliq haqida olingan axborotni konseptual axborotga aylantirilishi kabi kognitiv xususiyatlari «voqea» kategoriyasi yordamida ochib berilgan;

ingliz va o‘zbek tillarida sezgi fe’llari, kauzativ fe’llar va aqliy faoliyat fe’llari ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarni yasashda faol ishtirok etishi asoslab berilgan;

chog‘ishtirilayotgan tillardagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning predikativlikni ifodalash nuqtai nazaridan gaplardan funksional, semantik va struktural farqlari dalillab berilgan;

ingliz tilidagi sifat va otdan tashkil topgan ikkilamchi predikatsiyali qurilmalar o‘zbek tilidagi fe’l shakllari ishtirok etmagan qurilmalardan tuzilishi jihatidan farqlanishi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turli tizimli tillarda ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning ifodalanishi va sintaktik, semantik va kognitiv xususiyatlari va nutqdagi vazifalarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:

o‘zbek tilidagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarni yasashda fe’lning noto‘liq shakllari (sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi)ning o‘rnini aniqlash tadqiqi jarayonida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan, takomillashtirilgan usullari va leksika taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlardan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligi- ning 2017 yilning 18 dekabridagi FTA-02.11/1318-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ilmiy natijalari tegishli lug‘aviy birliklarning izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;

dissertatsiyadagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning gaplardan farqlari, ingliz tilidagi tarkibida fe’l bo‘lmagan ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 124-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «O‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan ingliz tilidan o‘quv dasturlari loyihasida foydalanilgan (Xalq  ta’limi  vazirligi  Respublika  ta’lim markazining 2017 yil 27 noyabrdagi 01/11–02/7-1714-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ingliz tilidagi sintaktik qurilmalar va gaplarning tuzilishi haqidagi bilimlarini boyitish orqali ularning grammatik kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;

ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning turli tizimli tillardagi xususiyatlari borasidagi taklif etilgan materiallar ITD-4, 4-148 raqamli «Xorijiy filologiya magistrlari uchun nazariy va amaliy asosiy chet (ingliz) til bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy va uning elektron ifodasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihaga tatbiq etilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 23 noyabrdagi FTA-02.11/1178-son ma’lumotnomasi). Natijada magistrlarning o‘qish, tahlil va ifoda etish malakalarini interaktiv rivojlantirishga erishilgan;

tadqiqotga tortilgan ingliz va o‘zbek tillaridagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning sintaktik, semantik va kognitiv xususiyatlariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» turkum radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2017 yil 30 noyabrdagi O‘z/x-1-121-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarni ingliz va o‘zbek tillaridagi ikkilamchi predikatsiyali qurilmalarning yasalishi, ikki tildagi bunday qurilmalarning o‘xshash va farqli jihatlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish