Sultonov Muxiddin Mamatyusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtosanoat korxonalari eksport faoliyatini boshqarish strategiyasini takomillashtirish (“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati misolida)”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2655
Ilmiy rahbari: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Nodirbek Madraximovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtosanoat korxonalari eksport faoliyatini boshqarish strategiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport faoliyatini boshqarish strategiyasi” tushunchasining mazmuni avtosanoat korxonalarida ishlab chiqarishni texnologik modernizatsiya qilish va eksport salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-iqtisodiy tuzilma bo‘g‘inlarini boshqarish tamoyillari hamda vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi keng ixtisoslashgan mustaqil strategiyani shakllantirish zaruriyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
“O‘zavtosanoat” AJ tarkibida avtosanoat korxonalari “eksport faoliyatini strategik boshqarish” bo‘limini tashkil etish asosida avtosanoat korxonalari eksport imkoniyatlarini baholash, tashqi bozorlarning qiyosiy samaradorligini tahlil qilish, samaradorligi past bo‘lgan bozor segmentlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash orqali tarmoq eksport faoliyatini  boshqarish strategiyasini takomillashtirish asoslangan;
avtosanoat korxonalarining innovatsion mahsulotlarini siljitish kanallari algoritmi “UzAuto Motors” avtosanoat korxonasining ishlab chiqarish va eksport hajmi o‘rtasidagi integratsion aloqadorlikni ta’minlash va risk sharoiti yuqori bo‘lgan xorijiy bozorlarni boshqarish traektoriyasini korxonalarning geografik segmentida innovatsion mahsulotlarni taqsimlash mexanizmini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatida mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha 2028 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtosanoat korxonalari eksport faoliyatini boshqarish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport faoliyatini boshqarish strategiyasi” tushunchasining mazmuni avtosanoatning ishlab chiqarishni texnologik modernizatsiya qilish va eksport salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy-iqtisodiy tuzilma bo‘g‘inlarini boshqarish tamoyillari hamda strategik muhim vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi keng ixtisoslashgan strategiya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan taklif oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Ijro menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (TDIU rektorining 2023 yil              26 iyundagi 211-son buyrug‘i).
Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida korxonaning strategik boshqaruvidagi strategik muhim vazifalarni hal etishni belgilab beruvchi nisbatan keng ixtisoslashgan strategiya sifatida foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;

avtosanoat korxonalari eksport faoliyatini analitik baholash, tashqi savdo geografiyasining qiyosiy samaradorligini tahlil qilish, samaradorligi past bo‘lgan tashqi bozor segmentlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni guruhlashning sabab-oqibatli aloqadorligini ta’minlash “O‘zavtosanoat”AJ tarkibida avtosanoat korxonalari “eksport faoliyatini strategik boshqarish” bo‘limini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat”aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 sentyabrdagi 19/04-25-1541 -son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv strategiyalarini vaznli baholash orqali boshqaruv xarajatlarini 10 foizga qisqartirish, tashqi bozor segmentlarida korxona faoliyatini samarali tashkil etish orqali 2022 yilning yarmida 2021 yilning mos davriga nisbatan eksport hajmini yillik o‘sish sur’atini 9,5 foiz oshirishga erishilingan;
avtosanoat korxonalarining innovatsion mahsulotlarini siljitish kanallari algoritmi “UzAuto Motors” avtosanoat korxonasining ishlab chiqarish va eksport hajmi o‘rtasidagi integratsion aloqadorlikni ta’minlash va risk sharoiti yuqori bo‘lgan xorijiy bozorlarni boshqarish traektoriyasini shakllantirish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 sentyabrdagi 19/04-25-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada avtosanoat korxonasining ishlab chiqarish dasturiga muvofiq tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishda texnik va texnologik jihatdan tabaqalashgan tovarlar guruhini shakllantirish, xorijda ishlab chiqarish quvvatlarining potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali eksport hajmini oshirish, avtosanoat korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor segmentini to‘yinganlik darajasiga qarab tanlash hisobiga tranzaksion xarajatlarni yillik o‘sish sur’ati 5 foizga qisqartirilgan;
O‘zbekiston avtomobil sanoatida mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rta muddatli 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari  “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 24 sentyabrdagi 19/04-25-1541 -son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada bozor segmentlarida mijozlarga yo‘naltirilgan innovatsion mahsulotlar uchun risk nazoratini ta’minlash, boshqaruv subektlari o‘rtasida boshqaruv munosabatlarini tashkil etish jarayonini optimallashtirish, turli risk sharoitiga ega bo‘lgan bozorlarda korxonaning samarali savdo faoliyatini ta’minlash, xorijiy bozorlarda savdo faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq hududiy bo‘limlar faoliyati o‘rtasidagi integratsion aloqadorlikni ta’minlash va eksport qilinadigan tovarlarning tuzilmaviy tarkibini 15 foizga o‘zgartirish orqali 2022 yilning birinchi yarmida 2021 yilning ushbu davriga nisbatan eksport hajmini qo‘shimcha 18,9 mln AQSh dollarga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish