Hojieva Minovvarxon Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filolog-talabalar terminologik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari va texnologiyalari”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili va adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2292.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Uluxujaev Narzulloxon Ziyoviddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Jo‘raev Xabibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi filolog talabalar terminologik kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari hamda texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terminologik kompetentlikning mazmun-mohiyati, mundarijasi va uning filologiya ta’lim yoʻnalishi talabalarining lingvistik, kasbiy kompetensiyaviy takomili, terminologik kompetentlikni ularda fikr chuqurligi va nutq mazmundorligini rivojlantirishga mo‘ljallangan ta’limiy o‘quv topshiriqlarni kreativ-kollaboratsion muhitda rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid mutaxassislik fanlari negizida filologiya ta’lim yoʻnalishi talabalarining terminologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi uzviylik, uzlyuksizlik, onglilik, individuallilik, pedagogik tamoyillar hamda bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishning metodik ta’minoti axborotli-grafikli ommabop kontekstda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
filolog talabalarning terminologik kompetentligini shakllantirish uchun o‘z sohalariga oid terminologik lug‘atlar bilan ishlashda sohaviy terminlarni qo‘llash, ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirib borishning mazmunini ilmiylik va izchillik tamoyillariga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llari nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan hamda kompetensiyaviy jihatdan pedagogik zaruriyati asoslangan;
bo‘lajak filolog-mutaxassislarning terminologik kompetentligini rivojlantirish modelining faoliyatli-mazmunli komponenti kompleks omillar ta’sirini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning yaxlit mazmuni va uning tarkibiy qismlari bilan vertikal integratsiyasini bosqichma-bosqich muayyan uzviylikda rejalashtirish va natijaviyligining dinamikligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning terminologik kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
terminologik kompetentlikning mazmun-mohiyati, mundarijasi va uning filologiya ta’lim yoʻnalishi talabalarining lingvistik, kasbiy kompetensiyaviy takomili, terminologik kompetentlikni ta’limiy o‘quv topshiriqlarni kreativ-kollaboratsion muhitda rivojlantirish asosida takomillashtirilgan hamda mutaxassislik fanlari negizida talabalarining terminologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti takomillashtirishga doir o‘rin va qarashlardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 1-maydagi 02-07-1539/04-son ma’lumotnomasi). Natijada uzviylik va izchillik tamoyillari asosida o‘quv mashgʻulotlari hamda mustaqil ta’lim, nazorat jarayonlarida filolog-talabalarning terminologik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy asoslari va ilmiy-metodik usul hamda metodlarini asoslashga erishilgan;
bo‘lajak filolog-mutaxassislarning terminologik kompetentligini rivojlantirish modelining faoliyatli-mazmunli komponenti kompleks omillar ta’sirini uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning yaxlit mazmuni va uning tarkibiy qismlari bilan vertikal integratsiyasini bosqichma-bosqich muayyan uzviylikda rejalashtirish va natijaviyligining dinamikligini ta’minlashga doir amaliy takliflaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” loyihasi doirasida o‘quv-uslubiy lugʻat yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 8-apreldagi 01/10-687-son ma’lumotnomasi). Natijada terminologik kompetentligining mazmun-mohiyati, filolog-talabalarning kasbiy hamda lingvistik kompetensiyaviy takomilidagi o‘rni ahamiyati, terminologik kompetensiyasini rivojlantirish usul va metodlariga doir izoh hamda talqinlar mukammalashgan;
filolog talabalarning terminologik kompetentligini shakllantirish uchun o‘z sohalariga oid terminologik lug‘atlar bilan ishlashda sohaviy terminlarni qo‘llash, ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirib borishning mazmunini ilmiylik va izchillik tamoyillariga asoslangan paradigma asosida tashkil etish yo‘llari nutq texnikasini egallash, sinergetik muloqot darajasini erudisiya yo‘li bilan shakllantirish orqali o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan hamda kompetensiyaviy jihatdan pedagogik zaruriy vazifalarini asoslashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat”, “Yoshlar ovozi” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-maydagi 04-36-727-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning kasbiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya va uning yadrosi bo‘lgan terminologik kompetensiyaga doir bilim va malakalari ortgan hamda takomillashgan.