Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1972.
Ilmiy rahbar: Ruzmanova Roxila Usmanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Umurova Guzal Xatamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzullaev Otabek Muxammadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrda yaratilgan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” va “Navoiy” kabi o‘zbek romanlarining ingliz tilidagi tarjimalarida lingvomadaniy xususiyatlarning saqlanganlik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliylikni ifodalovchi maqollar, iboralar, tarixiy va arxaik so‘zlarni ingliz tiliga tarjima qilishda tarjimaning ekvivalent va transliteratsiya usullaridan ko‘proq foydalanilganligi, milliy xarakterni ifodalovchi frazeologik birliklarning tarjimada tushirib qoldirilishi asar mazmuniga putur etkazishi va milliy xarakterning to‘liq ochib berilmasligiga olib kelishi aniqlangan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Navoiy” romanlari matnidagi semantik xususiyatini tarjimada aks ettirishda lisoniy birliklar, iboralar, lingvomadaniy vositalardan samarali foydalanganligi isbotlangan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Navoiy” romanidagi tarixiy va arxaik so‘zlarning ingliz tilidagi tarjimalarida so‘zma-so‘z tarjima usulidan foydalanilganligi sabab realiyalar orqali davr ruhi nomutanosibligi ochib berilgan;
tahlilga tortilgan asarlardagi maqollar, iboralar, tarixiy va arxaik so‘zlar orqali ifodalangan realiyalarning milliylik xususiyatlari beriishi kalkalash tarjima usuli yordamida amalga oshirilganligi sabab asar yaratilgan davr ruhini yoritishdagi kamchilik ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek romanlarining ingliz tiliga tarjimalarini o‘rganish hamda asliyatdagi milliylikni tarjima qilish usullarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliylikni ifodalovchi maqollar, iboralar, tarixiy va arxaik so‘zlarni ingliz tiliga tarjima qilishda tarjimaning ekvivalent va transliteratsiya usullaridan ko‘proq foydalanilganligi, milliy xarakterni ifodalovchi frazeologik birliklarning tarjimada tushirib qoldirilishi asar mazmuniga putur etkazishi va milliy xarakterning to‘liq ochib berilmasligiga olib kelishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O’zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi 17.01/213-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyotshunosligidagi nasriy asarlarning inglizcha tarjimalarida qo‘llanilgan leksik vositalarni yangicha yondashuv asosida tahlil qilishga erishilgan;
milliy xususiyatlarni o'z ichiga olgan va ilmiy jihatdan asoslangan tarjima usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu dissertatsiyadagi materiallardan O’zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-G005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi 17.01/212-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi va badiiy asarlarida milliy bo‘yoqdorlikni aks ettiruvchi realiyalarni o‘rganish ko‘lami kengayib, ularning ingliz tiliga tarjimasini takomillashtirishga erishilgan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Navoiy” romanlari matnidagi semantik xususiyatini tarjimada aks ettirishda lisoniy birliklar, iboralar, lingvomadaniy vositalardan samarali foydalanganligi xususidagi yangi qarashlar bo‘yicha tadqiq xulosalaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 26-dekabrdagi 3705/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, uslubiyat, leksikologiya va frazeologiya sohalarini yangicha qarashlar bilan yanada boyitgan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Navoiy” romanidagi tarixiy va arxaik so‘zlarning ingliz tilidagi tarjimalarida so‘zma-so‘z tarjima usulidan foydalanilganligi sabab realiyalar orqali davr ruhi nomutanosibligiga doir ilmiy xulosa va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida “Tilga e’tibor”, “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-dekabrdagi 03-19-2561-son guvohnomasi). Natijada tinglovchilar tarjimashunoslik va uning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanish haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
tahlilga tortilgan asarlardagi maqollar, iboralar, tarixiy va arxaik so‘zlar orqali ifodalangan realiyalarning milliylik xususiyatlari beriishi kalkalash tarjima usuli yordamida amalga oshirilganligi sabab asar yaratilgan davr ruhini yoritishdagi kamchilik ekanligiga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022-yil 9-sentyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining dastur senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 01-12/333-son guvohnomasi). Natijada tinglovchilarning tarjima san’ati va uning turli xalqlar o‘rtasida madaniy ko‘prik vazifasini o‘tash qobiliyati haqidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek, kitobxonlikka qiziqishini yanada oshirish imkoniyati yaratilgan.