Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdullaev Farxod Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tergovchilari nutqidagi ritorikaning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil834.
Ilmiy rahbar: Samigova Xushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kurganov Anvar Muxtarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tergovchilarining tergov jarayonidagi nutqining sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ingliz va o‘zbek tillarida nutq ta’sirchanligining oshishiga xizmat qiluvchi faol mavzular tasnifini amalga oshirish orqali ularning nutqiy aktlar asosida namoyon bo‘lishining me’yoriylik, kommunikativ va ritorik xususiyatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tergovchisi nutqidagi ritorikaning nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi maqomi kommunikativ-pragmatik aspektda qisqa, aniq va sintaktik sodda tamoyillariga asoslangan umumiste’moldagi leksikaga ustuvorlik berish asosida isbotlangan;  
tergovchilarning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, ziyolilik hamda madaniyati darajasiga ko‘ra o‘zbek tilida ritorik aspektda takror so‘zlarga oid til belgilarini qo‘llashdagi farqli hamda ingliz tilidagi ekvivalent birliklarni tanlashdagi o‘xshash jihatlari sotsiolingvistik aspektda ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tergovchilari nutqida nolisoniy vositalar ifodasi tinglovchini ma’lum bir faoliyatga undash, qiziqtirish va ishontirish asosida nutq ta’sirchanligining ortishiga xizmat qiluvchi parafonetik va parakinetik vositalar orqali namoyon bo‘lishining pragmalingvistik  xususiyatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tergovchilari nutqidagi ritorikaning chog‘ishtirma tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida nutq ta’sirchanligining oshishiga xizmat qiluvchi faol mavzular tasnifini amalga oshirish orqali ularning nutqiy aktlar asosida namoyon bo‘lishining me’yoriylik, kommunikativ va ritorik xususiyatlari oid xulosalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan FZ-201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89-03-616-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi lisoniy vositalarni ingliz tiliga muqobil tarjima qilishga oid vazifalarni bajarishga xizmat qilgan;  
ingliz va o‘zbek tergovchisi nutqidagi ritorikaning nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi maqomi kommunikativ-pragmatik aspektda qisqa, aniq va sintaktik sodda tamoyillariga asoslangan umumiste’moldagi leksikaga oid xulosalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan FZ-201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 fevraldagi 89-03-616-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo diskursda tarjima muammolarini asoslashga xizmat qilgan;  
tergovchilarning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, ziyolilik hamda madaniyati darajasiga ko‘ra o‘zbek tilida ritorik aspektda takror so‘zlarga oid til belgilarini qo‘llashdagi farqli hamda ingliz tilidagi ekvivalent birliklarni tanlashdagi o‘xshash jihatlariga xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari uchun “English” darsligini (“English”. – Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022-y. – 200 b.) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2023 yil 21 iyuldagi 38/5-299-son dalolatnomasi). Natijada, ushbu darslik mazmuni ingliz va o‘zbek tergovchilari nutqiga oid materiallar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish