Sayt test rejimida ishlamoqda

Avezov Elbek To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):   “Amerika va o‘zbek adabiyotida badiiy psixologizm tamoyillari  (O. Genri va O‘. Hoshimov  hikoyalari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va   tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2093.
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Ulug‘bek Quchqarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  Amerika yozuvchisi, qisqa hikoyalar ustasi  O. Genri va taniqli o‘zbek adibi O‘. Hoshimov hikoyalarida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish usullari, yozuvchilarning qahramon ruhiyatini tasvirlash borasida tayanadigan badiiy-estetik tamoyillarini ilmiy-tahliliy, qiyosiy-tipologik hamda nazariy jihardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qahramon yaratishning muhim unsuri bo‘lgan badiiy psixologizmning usul va vositalaridan foydalanishda Amerika hamda o‘zbek hikoyachiligidagi ichki monolog, nutqiy xarakteristika,     psixologik timsollar va ularning turli xususiyatlarini ifodalash kabi universal va analitik, dinamik prinsiplarini qo‘llash uslubidagi o‘ziga xos jihatlar dalillangan;
hikoyalarda O. Genri va O‘. Hoshimovning personaj ruhiy olamidagi evrilishlar, kechinma va holatlarning mohiyatini butun murakkabligi bilan qamrab olishdagi betakror mahoratlari, hayotiy materialga Sharq va G‘arb an’analarining adabiy-estetik sintezi asosida yondashish, har ikki mamlakatning madaniyati va qadriyatlari saqlangan holda badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish tamoyillari tasvir va ifodaning aniqligi mezoni asosida izohlangan;  
 hikoyalarda inson  hayotini  badiiy  talqin  etish; qahramon ichki dunyosi bilan uni o‘rab turgan tashqi olamning ijtimoiy munosabatlari, psixologik konflikt va ruhiy tahlil vositalarining namoyon bo‘lish mohiyati, ularni yaratishda mualliflarning hikoya qilish uslubi pafosning hayotiyligi va tiniqligi mezoni asosida aniqlangan;  
 O. Genri va O‘. Hoshimov hikoyalarida badiiy  psixologizmni  yuzaga chiqaruvchi  portret, peyzaj, nutq, ichki monolog, psixologik detal, tush motivi, qistirma epizod kabi psixologik tahlil vositalari badiiy substant – obrazning moduslari uning ruhiy kechinmalari va ana shu kechinmalarga mos tashqi qiyofa tasviridagi uyg‘unlik  mezoniga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amerika va o‘zbek hikoyachiligida, xususan, O. Genri va O‘. Hoshimov hikoyalarida badiiy psixologizm muammolarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qahramon yaratishning muhim unsuri bo‘lgan badiiy psixologizmning usul va vositalaridan foydalanishda Amerika hamda o‘zbek hikoyachiligidagi ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, gallyusinatsiya, psixologik timsollar va ularning turli xususiyatlarini ifodalash kabi universal va analitik, dinamik prinsiplarini qo‘llash uslubidagi o‘ziga xos jihatlar  dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Xalq ta’limi tizimidagi pedagog-xodimlarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda bajarilgan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot insitutining 2023-yil 26-sentyabr 02-07/150-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot ishining umumiy mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan yondashuvlar, tahlil va mulohazalar tinglovchilarni kitobxonlikka jalb qilishga va Amerika adabiyoti borasidagi ilmlarini kengaytirishga imkon bergan;
hikoyalarda O. Genri va O‘. Hoshimovning personaj ruhiy olamidagi evrilishlar, kechinma va holatlarning mohiyatini butun murakkabligi bilan qamrab olishdagi betakror mahoratlari, hayotiy materialga Sharq va G‘arb an’analarining adabiy-estetik sintezi asosida yondashish, har ikki mamlakatning madaniyati va qadriyatlari saqlangan holda badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish tamoyillari tasvir va ifodaning aniqligi mezoni asosida izohlanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022-2023-yillarda bajarilayotgan IL 21091378 raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 3-martdagi 04/98-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Amerika hikoyachiligida qahramon ruhiyatini ifodalashda badiiy psixologizmning ahamiyatini tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan;
O. Genri va O‘. Hoshimov hikoyalarida badiiy  psixologizmni  yuzaga chiqaruvchi  portret, peyzaj, nutq, ichki monolog, psixologik detal, tush motivi, qistirma epizod kabi psixologik tahlil vositalari badiiy substant – obrazning moduslari uning ruhiy kechinmalari va ana shu kechinmalarga mos tashqi qiyofa tasviridagi uyg‘unlik  mezoniga ko‘ra asoslangani borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish, o‘zbek adiblari ijodini jahon adabiyoti kontekstida tahlil qilish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-03/1063-maʼlumotnomasi). Natijada O. Genri va O‘. Hoshimov hikoyalarida badiiy  psixologizmni  yuzaga chiqaruvchi  tasvir  vositalari, mualliflarning ijodiy mahorati kontekstida kutilmaganlik effekti va yakun masalalari mushtarakligi borasidagi umumlashma xulosalar yosh yozuvchilar uchun nazariy manba sifatida xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish