Sayt test rejimida ishlamoqda

Pazilov Elyor Abduvohid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuv xususiyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3612.
Ilmiy rahbar: Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuv metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klasterli yondashuv asosida chet tillarni o‘qitishning integrativlik, uzviylik, izchillik, sohaga yo‘nalganlik, komplekslilik kabi tamoyillari retrospektiv tahlilga ustuvorlik berish va modulli ta’lim bilan internallik darajasi barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirilagn ingliz tilini o‘qitish metodikasi modulli ta’lim tizimining motivatsion, nazariy materialni birlamchi o‘zlashtirish, muammoli-izlanishli, reproduktiv-izlanishli, mustaqil ijodiy ishlash kabi bosqichlarining qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy fanlar sohalariga qiziquvchan yuqori sinf o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishning English in general use, English for specialty use, Biology in English, Chemistry in English bosqichlariga asoslangan modulli- metodik tizimi ehtiyoj tahlili (needs analysis) va bajara olish (can-do statemens) tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini kasbga yo‘naltirgan holda o‘qitishning klasterli yondashuvga asoslangan lingvometodik modelining didaktik ta’minoti rolli va loyihaviy o‘qitish texnologiyalarini korporativ ta’lim bilan integrativlik darajasi produktivligiga qaratilgan amaliy faoliyat tajribasini bosqichma-bosqich faollashtirib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuvga doir tadqiqotlar natijalari asosida:
klasterli yondashuv asosida chet tillarni o‘qitishning integrativlik, uzviylik, izchillik, sohaga yo‘nalganlik, komplekslilik kabi tamoyillarini retrospektiv tahlilga ustuvorlik berish va modulli ta’lim bilan internallik darajasi barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirish hamda yuqori sinf o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirilagn ingliz tilini o‘qitish metodikasini modulli ta’lim tizimining motivatsion, nazariy materialni birlamchi o‘zlashtirish, muammoli-izlanishli, reproduktiv-izlanishli, mustaqil ijodiy ishlash kabi bosqichlarining qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60510100 – Biologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Essential English for biology studens” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 28-maydagi 78-son buyrugʻi, 78-22-raqamli guvohnoma). Natijada, klasterli yondashuv asosida ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tabiiy fanlar sohalariga qiziquvchan yuqori sinf o‘quvchilariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishning English in general use, English for specialty use, Biology in English, Chemistry in English bosqichlariga asoslangan modulli- metodik tizimini ehtiyoj tahlili va bajara olish tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Guliston davlat universiteti va Arkansas Spring International Language Centerning 2020-207. “English language capacity building project” amaliy loyihasi ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitish texnologiyasi qismini bajarishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 27-yanvardagi 01-06-13/10-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining tanlagan kasblari bo‘yicha ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini ortishi, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz tilini kasbga yo‘naltirgan holda o‘qitishning klasterli yondashuvga asoslangan lingvometodik modelining didaktik ta’minotini rolli va loyihaviy o‘qitish texnologiyalarini korporativ ta’lim bilan integrativlik darajasi produktivligiga qaratilgan amaliy faoliyat tajribasini bosqichma-bosqich faollashtirib borish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60510100 – Biologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Essential English for biology studens” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 28-maydagi 78-son buyrugʻi, 78-22-raqamli guvohnoma).  Natijada, klasterli yondashuv asosida ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish