Sayt test rejimida ishlamoqda

Davlyatov Valisher Xakimjanovichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu192.
Ilmiy konsultantning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Baxrom Salomov, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyor Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodir Isroilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini, uning tabiatini, mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish hamda uning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi normalarni, ilmiy va amaliy konseptual yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish bilan bog‘liq masalalarga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari – O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan majburiy tartibda kelishilishi zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi ishtirok etishi mumkinligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik normalarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish ekanligi asoslangan;
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida advokaturani tashkil etish va uning faoliyatini belgilab beruvchi bosh qoida sifatida qonuniylik prinsipini belgilash zarurligi asoslangan;
mustaqillik prinsipi – advokaturani tashkil etish va uning faoliyatini belgilab beruvchi bosh qoida sifatida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilash zarurligi asoslab berilgan;
advokaturani tashkil etish va uning faoliyatini belgilab beruvchi bosh qoida sifatida – o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida advokatura faoliyatining prinsipi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish bilan bog‘liq masalalarga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari – O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan majburiy tartibda kelishib olinishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning Yagona uslubiyotining 102-bandi o‘n ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 12-apreldagi 04/2–09/1695–son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi ishtirok etishi mumkinligi haqidagi takliflar “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 12-apreldagi 04/2–09/1695–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisining sud amaliyotiga oid dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkinligini ta’minlashga xizmat qilgan;
qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik normalarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanishi to‘g‘risidagi takliflardan “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 122-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 12-apreldagi 04/2–09/1695–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining asosiy vazifalaridan biri sifatida nafaqat qonun hujjatlarini, balki butun qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish ekanligiga xizmat qilgan;
advokatura faoliyatining qonuniylik prinsipiga asoslanishiga oid takliflardan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonunining (2023-yil 1-may, O‘RQ-837-son) 1-moddasiga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 141-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 04/10–10-60–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi advokatura faoliyatining qonuniylik prinsipiga asoslanishini belgilashga xizmat qilgan;
advokatura faoliyatining mustaqillik prinsipiga asoslanishiga oid takliflardan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonunining (2023-yil 1-may, O‘RQ-837-son) 1-moddasiga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 141-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 04/10–10-60–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi advokatura faoliyatining mustaqillik prinsipiga asoslanishini belgilashga xizmat qilgan;
advokatura faoliyatining o‘zini o‘zi boshqarish prinsipiga asoslanishiga oid takliflardan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonunining (2023-yil 1-may, O‘RQ-837-son) 1-moddasiga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 141-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 04/10–10-60–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi advokatura faoliyatining o‘zini o‘zi boshqarish prinsipiga asoslanishini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish