Sayt test rejimida ishlamoqda

Nodirov Muzaffar Axmad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu404.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchilikda voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishlari yurituvini kompleks takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan shaxsga ayblov e’lon qilish va so‘roq qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi shartligi asoslantirilgan;
surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash hamda voyaga etmagan shaxsni jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi shartligi asoslantirilgan;
sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida voyaga etmaganlarga nisbatan amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni qonuniy vakilning ishtirokisiz amalga oshirish taqiqlanishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga etmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkinligi, voyaga etmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi asoslantirilgan;
dalil, JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan voyaga etmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh ko‘rsatuvlari qonuniy vakilining, zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan bo‘lsa nomaqbul deb topilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
voyaga etmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi shartligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 552-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 2-dekabrdagi 06-15/2068-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif voyaga etmagan shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilish jarayonida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada samarali himoya qilinishiga xizmat qilgan;
voyaga etmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi JPKning
553-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 2-dekabrdagi 06-15/2068-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif voyaga etmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish vaqtida ularning huquqlari buzilmasligiga, ko‘rsatuv berish davomida ularga nisbatan ruhiy tazyiq o‘tkazilmasligiga xizmat qilgan;
surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga etmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi JPKning 559-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 2-dekabrdagi 06-15/2068-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif voyaga etmagan shaxsga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ish materiallarni voyaga etmagan shaxsga emas, balki uning qonuniy vakiliga tanishtirish orqali ish holatlarini ayblanuvchi tomonga to‘la hajmda tanishtirishga xizmat qilgan;
sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga etmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkinligi, voyaga etmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi, bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 111-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 2-dekabrdagi 06-15/2068-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida voyaga etmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga nisbatan protsessual harakatlarni amalga oshirish jarayonida qonuniy vakillarning barcha protsessual jarayonlarda ishtirok etishiga xizmat qilgan;
dalil, JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan voyaga etmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh ko‘rsatuvlari qonuniy vakilining, zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan bo‘lsa maqbul emas deb topiladi mazmunidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 24-sonli qarorining 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020-yil 22-oktyabrdagi 11-54-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jinoyat protsessida, voyaga etmaganlarga etkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarning oldini olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish