Sayt test rejimida ishlamoqda

Ravshanov Bekzod Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholi hosildorligini oshirishda azotli o‘g‘itlar me’yori va bakterial preparatlar samaradorligi”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2 PhD/Qx1118.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmetov Qahramon Karimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot intituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida sholidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda azotli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlariga bog‘liq holda turli biopreparatlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida sholining o‘rtapishar “Iskandar” navida azotli o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda “Er-Malhami”, “Bist” va “Zamin-M” biopreparatlarini qo‘llash ishlab chiqilgan;
“Iskandar” sholi navi urug‘ini ekishdan oldin “Zamin-M” biopreparati bilan 10 l/t me’yorda ishlov berilib, mineral o‘g‘itlar bilan N100R70K140, kg/ga me’yorda oziqlantirilganda, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi jadallashib, 77,5 s/ga don hosili olinishi isbotlangan;
“Iskandar” sholi navida biopreparatlar qo‘llanilganda don sifati yahshilanib, amilaza miqdori 3- 4% ortgani aniqlangan;
“Iskandar” sholi navida biopreparatlar ta’sirida o‘rim yig‘imgacha bo‘lgan davrda, ko‘chatlarning saqlanuvchanlik darajasi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida sholidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda azotli o‘g‘itlar mu’yorlariga bog‘liq holda biopreparatlarni qo‘llash samaradorligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida;
sholichilikka ixtisoslashgan fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Sholi etishtirishda mineral o‘g‘itlar hamda bioprepartlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil, 15 sentyabr 04/21-21-05/4701-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sholichilik fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sholi etishtirishda mineral o‘g‘itlarni N100R70K140 kg/ga me’yorda qo‘llash va urug‘ ekish oldidan Zamin–M biopreparati bilan 10 l/t me’yorda ishlov berish texnologiyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida 40,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 sentyabr 04/21-21-05/4701-son ma’lumotnomasi). Natijada sholining “Iskandar” navidan 72,5 s/ga don hosili olinib, hosildorlik 5,3 s/ga oshgan, rentabillik darajasi 105,8 % ni tashkil etgan;
sholi urug‘lariga ekish oldidan "Zamin-M" biopreparati bilan 10 l/t me’yorda ishlov berishi Xorazm viloyati Gurlan tumanida 20 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 sentyabr 04/21-21-05/4701-son ma’lumotnomasi). Natijada sholining "Iskandar" navidan 71,8 s/ga don hosili olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish