Sayt test rejimida ishlamoqda

Xudoyarov Anvar Nazirjonovichning
Texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pushtada paxta etishtirish uchun resurstejamkorlikka yo‘naltirilgan texnologiya va kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T481.
Ilmiy maslahatchi: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich – texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Berdirasul Mirzaevich – texnika fanlari doktori, professor; Abdulxaev Xurshed G‘afurovich – texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pushtada paxta etishtirish uchun resurstejamkorlikka yo‘naltirilgan texnologiya va kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-texnikaviy muammoni echish yo‘li bilan erlarni pushtada paxta etishtirish uchun tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarni va mehnat sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasi agregatning bir o‘tishida o‘tgan mavsumdagi sug‘orish egatlarini ag‘darmasdan yumshatish, yumshatilgan qatlamni o‘g‘itlash hamda yumshatib o‘g‘itlangan joyga eski pushtalar tuprog‘ini surish orqali yangi pushtalar shakllantirish talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregat ish organlarining konstruksiyalari yumsha-tiladigan qatlam chuqurligi va kengligi, o‘g‘itlarni qatlamlar bo‘yicha taqsimlanishi va joylashishi hamda shakllantiriladigan pushtalarning o‘lchamlari hisobga olinib ishlab chiqilgan;
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, pushtada paxta etishtirish uchun erlarni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregatga qo‘yilgan asosiy talablar ishlab chiqilgan va uning agrotexnikaviy samaradorligi aniqlangan;
tuproq qatlamini ag‘darmasdan yumshatish, yumshatilgan qatlamni o‘g‘itlash hamda pushta shakllantirish jarayonlarini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar ishlov berilgan qatlam tuprog‘ining xossalari hisobga olingan holda keltirib chiqarilgan va ular asosida ish organlarining parametrlari asoslangan;
yumshatkichning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonini tadqiq etish asosida uning ishchi sirtining geometrik shakli asoslangan, tuproqqa kirish burchagi, ishchi sirtining uzunligi va eni, ustunining o‘tkirlanish burchagi hamda uning tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar olingan;
pushta olgich kesayotgan tuproq palaxsasining o‘lchamlari, u hosil qilayotgan pushta balandligi, uning tuproqqa botish chuqurligini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar hamda tuproq bo‘laklarining pushta olgich ishchi sirtidagi va undan tushgandan keyingi harakatini ifodalovchi matematik modellar olingan;
ish organlari parametrlarining maqbul qiymatlari agrotexnik va energetik mezonlar bo‘yicha asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pushtada paxta etishtirish uchun resurstejamkorlikka yo‘naltirilgan texnologiya va kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushtada paxta etishtirish uchun erlarni tayyorlaydigan kombinatsiya-lashgan agregat konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” ning foydali modelga patenti olingan (“Chigit ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan agregat”, FAP 00728–2012 y.). Natijada pushtada paxta etishtirish uchun erlarni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat  konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
pushtada paxta etishtirish uchun erlarni tayyorlash texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va kombinatsiyalashgan agregat konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyundagi №05/05/3152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta va takroriy ekinlardan bo‘shagan dalalarni kuzda agregatning bir o‘tishida pushtada paxta etishtirish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa va Paxtaobod tumanlari fermer xo‘jaliklariga hamda PSUEAITI Andijon tajriba stansiyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyundagi №05/05/3152-sonli ma’lumotnomasi). Bunda pushtada paxta etishtirish uchun erlarni tayyorlashga ekspluatatsion xarajatlar 1,5 marta, mehnat sarfi esa 51,08 foizga kamaygan;
kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 iyundagi №05/05/3152-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan parametrlarga ega bo‘lgan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatni sanoat usulda ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish