Sayt test rejimida ishlamoqda

Mukimov Ikrom Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalarini davolash taktikasini takomillashtirish”, 14.00.21 – «Stomatologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/Tib771.
Ilmiy rahbar: Shokirov Shoxrux Tolibekovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Malkan Abdirashidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya).
Etakchi tashkilot: S.D.Asfendiyar nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xeylo va uranoplastikadan keyingi yuzning o‘rta qismi ikkilamchi deformatsiyasini tekshirish va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuLTTK bo‘lgan bemorlar uchun taklif etilayotgan dasturida jag‘lar va yuz skeletlari modellarini 3D skanerlash asosida sefalometrik va antropometrik parametrlari ishlab chiqilgan;
qattiq fiksatsiya bilan al`veolyar o‘siq plastikasi rejalashtirishda kompyuter modellashtirishdan foydalanish yuqori jag‘ning uzluksizligini tiklashi, yuz mushaklarining noto‘g‘ri ishlashi va disfunksiyasini bartaraf etishi orqali yuqori jag‘ va burunning to‘g‘ri rivojlanishi isbotlangan;
ortognatik jarrohlik amaliyotini rejalashtirishda yuzning antropometrik tahlili va kompyuter modellashtirishdan foydalanilgan bemorlarda an’anaviy usulda rejalashtirilgan bemorlarga nisbattan suyaklar va yumshoq to‘qimalar Korkhaus ko‘rsatgichlari 2,7 marta barqarorlashganligi aniqlangan;
taklif etilgan dasturining 3D jarrohlik modulida ortognatik operatsiyalarni rejalashtirish estetik natijalarni 92% gacha, tishlash va chaynashni 94,7% ga yaxshilashi, psixologik noqulaylikni 84,2% gacha kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 11 maydagi 41-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarni davolash bosqichlarida jag‘lar va yuz skeletlari modellarini 3D skanerlash asosida olingan ma’lumotlar jarrohlik amaliyotidan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishni va o‘tkazilgan jarrohlik davolash samaradorligini yaxshilash maqsadida ushbu guruh bemorlarning sefalometrik va antropometrik parametrlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati stomatologiya shifoxonasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 21.12.2022 yildagi 8n-3/681-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalarini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: YuLTTK mavjud bemorlarni kompleks tekshirish va davolash bemor reabilitatsiyasiga ijobiy ta’siri bilan bir qatorda estetik va funksional ko‘rsatgichlarni ham sezilarli darajada yaxshilanishi aniqlandi, natijada bemorlar psixo-emotsional holati barqarorlashishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: TDSI klinikasida 2019-2021 yillar oralig‘ida YuLTTK tashxisi bilan 312 nafar bemor davolanganini inobatga olsak va o‘rtacha davolanish muddati 7-10 kun deb olsak, asoratlarning oldini olish va tavsiya etilgan algoritmda davlanish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Bu esa 1 nafar bemor hisobiga o‘rta hisobda har bir kun uchun 92500 so‘m davlat byudjetidan iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qattiq fiksatsiya bilan al`veolyar o‘siq plastikasi rejalashtirishda kompyuter modellashtirishdan foydalanish yuqori jag‘ning uzluksizligini tiklashi, yuz mushaklarining noto‘g‘ri ishlashi va disfunksiyasini bartaraf etishi orqali yuqori jag‘ va burunning to‘g‘ri rivojlanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan davolash usuli davolash muddatlarini qisqartirishi va iqtisodiy samaradorligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati stomatologiya shifoxonasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 21.12.2022 yildagi 8n-3/681-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalarini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ alveolyar o‘siq nuqsoni mavjud bemorlarda qattiq fiksatsiya bilan alveolyar o‘siq plastikasi rejalashtirishda kompyuter modellashtirishdan foydalanish yuqori jag‘ning uzluksizligini tiklashi, yuqori jag‘ sagittal torayishini oldini olishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida yuqori jag‘ alveolyar o‘siq nuqsoni mavjud bemorlarni davolashda taklif etilgan davolash usuli an’anaviy davolanishni olgan bemorlar guruhiga nisbatan statsionar davo muddati 2-5 kunga kam. Iqtisodiy jihatdan 1 nafar bemor hisobiga o‘rta hisobda barcha harajatlarni hisobga olgan holda 1 kunlik davolanish summasini 92500 so‘m deb oladigan bo‘lsak, 2 kunlik davolanish harajati ya’ni (2x92500 so‘m) 185000 so‘m iqtisod qilinadi. Agarda yiliga o‘rtacha 116 ta operatsiya o‘tkazilishini inobatga olsak (116x185000 so‘m), yiliga eng kamida 21460000 so‘m davlat byudjetidan iqtisod qilinishiga erishiladi.
uchunichi ilmiy yangilik: ortognatik jarrohlik amaliyotini rejalashtirishda yuzning antropometrik tahlili va kompyuter modellashtirishdan foydalanilgan bemorlarda an’anaviy usulda rejalashtirilgan bemorlarga nisbattan suyaklar va yumshoq to‘qimalar Korkhaus ko‘rsatgichlari 2,7 marta barqarorlashganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik amaliyotini rejalashtirishda yuzning antropometrik tahlili va kompyuter modellashtirishdan foydalanish yuz-jag‘ jarrohlari tomonidan ham statsionar sharoitda qo‘llanilishi mumkinligi va jarrohlik aralashuv bosqichlarining qisqarganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati stomatologiya shifoxonasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 21.12.2022 yildagi 8n-3/681-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalarini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: YuLTTK bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalari kompleks davolashda taklif etilgan kompyuter modellashtirishdan foydalanish operatsiyadan keyin davolash samaradorligini oshirishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, operatsiyadan keyingi yallig‘lanish asoratlarini oldini olishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Biz ishlab chiqqan davolash algoritmi jarrohlik va davolanishdan keyingi asoratlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. YuLTTK bemorlarda kasalxonada o‘rtacha 7-10 kun davolanadi, bir kunlik kasalxonada yotish 45000 so‘m, oziq - ovqat mahsulotlari 17500 so‘m, dori vositalari 30000 so‘m. 10 kunga davlat byudjetidan 450000 + 175000 + 300000 = 925000 so‘m ajratilishi kerak. Agar yiliga o‘rtacha 116 ta operatsiya o‘tkazilsa, ularning 18 foizida asoratlar kuzatiladi, 21 nafar bemorga takroriy jarrohlik aralashuvlar talab qilinadi, xarajatlar 19425000 so‘mni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan dasturining 3D jarrohlik modulida ortognatik operatsiyalarni rejalashtirish estetik natijalarni 92% gacha, tishlash va chaynashni 94,7% ga yaxshilashi, psixologik noqulaylikni 84,2% gacha kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati YuLTTK bemorlarda kompleks davolashda taklif etilgan kompyuter modellashtirishdan foydalanish, reabilitatsiya bosqichlarining qisqarishi, bemorning sotsiumga qo‘shilishining tezlashishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati stomatologiya shifoxonasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 21.12.2022 yildagi 8n-3/681-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bemorlarda yuzning o‘rta zonasi ikkilamchi deformatsiyalarini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuLTTK mavjud bemorlarni kompleks tekshirish va davolash, bemor reabilitatsiyasiga ijobiy ta’siri bilan bir qatorda estetik va funksional ko‘rsatgichlarni ham sezilarli darajada yaxshilanishi aniqlandi, natijada bemorlar psixo-emotsional holati barqarorlashishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida yuqori jag‘ alveolyar o‘siq nuqsoni mavjud bemorlarni davolashda taklif etilgan davolash usuli an’anaviy davolanishni olgan bemorlar guruhiga nisbatan statsionar davo muddati 2-5 kunga kam. Iqtisodiy jihatdan 1 nafar bemor hisobiga o‘rta hisobda barcha harajatlarni hisobga olgan holda 1 kunlik davolanish summasini 92500 so‘m deb oladigan bo‘lsak, 2 kunlik davolanish harajati ya’ni (2x92500 so‘m) 185000 so‘m iqtisod qilinadi. Agarda yiliga o‘rtacha 116 ta operatsiya o‘tkazilishini inobatga olsak (116x185000 so‘m), yiliga eng kamida 21460000 so‘m davlat byudjetidan iqtisod qilinishiga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish