Sayt test rejimida ishlamoqda

Muxamadieva Nigina Baxodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ruhiy buzilishlari bo‘lgan somatik klinika bemorlarini tashhislash, olib borish va davolash menejmenti”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar, 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib895.
Ilmiy maslahatchilar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: integral sohalararo yondashuv va menejment algoritmlarini ishlab chiqish orqali somatik kasalxonadagi bemorlarda ruhiy buzilishlarning klinik ko‘rinishi, dinamikasi, ularni aniqlashning hamda bu toifadagi bemorlarni olib borishning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali kasalliklar mavjud bemorlarda somatik psixoz rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillari orasida  konstitusiyaviy-biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning ahamiyati yuqori ekanligi asoslangan;
psixosomatik kasalliklarning klinik prediktorlari va somato-psixik statusdagi o‘zgarishlarni ko‘p o‘lchovli statistik analitik mezonlar bilan baholash asosida ular orasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va somatik shifoxonalarda psixosomatik buzilishlar rivojlangan bemorni erta tashhislash, adekvat kuzatish va davo samaradorligi nazorati dastur asosida takomillashtirilgan;
somatik patologiyalarning klinik kechishiga mental va bixevioral omillarning ta’sir qilish mexanizmlarining aniqlanishi natijasida psixofarmakologik korreksiyada timoanaleptik, anksiolitik terapiya davo taktikasi asoslangan;
aholi orasida keng tarqalgan surunkali kasalliklar mavjud bemorlarda psixosomatik holatda mul`tiratsional psixofarmakokorreksiyani tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 26 apreldagi №24-Z/020-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 9 fevraldagi 04/1617-son xati yuborilgan):  
birinchi ilmiy yangilik: surunkali kasalliklar mavjud bemorlarda somatik psixoz rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillari orasida  konstitusiyaviy-biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning ahamiyati yuqori ekanligi asoslangan va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 19.02.2024 yildagi 685-2-35-TV/2024-sonli buyruq, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasida 23.02.2024 yildagi 758-2-41-TV/2024-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2024 yildagi 64-I/CH-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar  rivojlanishini erta aniqlash va kasallik klinik bosqichlari darajasini belgilashda ruhiy funksiyalar defisitining namoyon bo‘lishi, asoratlanishini prognozlovchi patopsixologik ko‘rsatgichlarning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan va erta tashhisot natijasida bemor psixo-somatik statusining og‘irlashishi, surunkali holatga o‘tishi hamda nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar rivojlanishini klinik-patopsixologik usullar yordamida erta aniqlash  kasallikning subklinik bosqichlarida tashhislash hamda sohalararo mul`tidissiplinar terapevtik yondashuv natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 290 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: somatik kasalliklar  asosida rivojlangan ruhiy buzilishlar rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashhislash hamda integratsiyalashgan yondashuv orqali bemorlarni olib borish natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 758 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 432 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va somatik shifoxonalarda psixosomatik buzilishlar rivojlangan bemorni erta tashhislash, adekvat kuzatish va davo samaradorligi nazoratini ta’minlaydigan dastur yaratilgan  va bu Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 19.02.2024 yildagi 685-2-35-TV/2024-sonli buyruq, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasida 23.02.2024 yildagi 758-2-41-TV/2024-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2024 yildagi 64-I/CH-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar  rivojlanishini erta aniqlash va kasallik klinik bosqichlari darajasini belgilashda integratsiyalashgan yondashuvning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan va erta tashhisot natijasida bemorlar hayot sifatini yaxshilash, nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar rivojlanishini klinik-patopsixologik usullar yordamida erta aniqlash  kasallikning subklinik bosqichlarida tashhislash hamda sohalararo mul`tidissiplinar terapevtik yondashuv natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 290 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: somatik kasalliklar  asosida rivojlangan ruhiy buzilishlar rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashhislash hamda integratsiyalashgan yondashuv orqali bemorlarni olib borish natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 758 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 432 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: psixosomatik kasalliklarning klinik prediktorlari va somato-psixik statusdagi o‘zgarishlarni ko‘p o‘lchovli statistik analitik mezonlar bilan baholash asosida ular orasida korrelyasiya borligi isbotlangan va Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 19.02.2024 yildagi 685-2-35-TV/2024-sonli buyruq, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasida 23.02.2024 yildagi 758-2-41-TV/2024-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2024 yildagi 64-I/CH-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda somato-psixik buzilishlar rivojlanishini erta aniqlash va kasallik klinik bosqichlari darajasini prognozlovchi klinik–psixologik ko‘rsatkichlarning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan va erta tashhisot natijasida klinik-dinamik jihatdan og‘irlashishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar rivojlanishini klinik-patopsixologik usullar yordamida erta aniqlash  kasallikning subklinik bosqichlarida tashhislash hamda sohalararo mul`tidissiplinar terapevtik yondashuv natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 290 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: somatik kasalliklar  asosida rivojlangan ruhiy buzilishlar rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashhislash hamda integratsiyalashgan yondashuv orqali bemorlarni olib borish natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 758 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 432 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: somatik patologiyalarning klinik kechishiga mental va bixevioral omillarning ta’sir qilish mexanizmlarining aniqlanishi natijasida psixofarmakologik korreksiyada timoanaleptik, anksiolitik terapiya davo taktikasi asoslangan.  Kompleks terapiya jarayoni Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 19.02.2024 yildagi 685-2-35-TV/2024-sonli buyruq, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasida 23.02.2024 yildagi 758-2-41-TV/2024-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2024 yildagi 64-I/CH-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psixosomatik buzilishlar kuzatilgan bemorlarning klinik holatida tipologik, xulq-atvor, patopsixologik omillar trigger xarakterga ega ekanligi aniqlanib, psixosomatik buzilishlarni davolash usullarini yanada muqobillashtirish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, somatik kasalliklarining og‘irlashishini oldini olish va surunkalashgan holatlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar rivojlanishini  integratsiyalashgan terapevtik chora-tadbirlar natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 120 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: somatik kasalliklar  asosida rivojlangan ruhiy buzilishlar rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashhislash hamda integratsiyalashgan yondashuv orqali bemorlarni olib borish natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 800 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik aholi orasida keng tarqalgan surunkali kasalliklar mavjud bemorlarda psixosomatik holatda mul`tiratsional psixofarmakokorreksiyani tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan.  Ushbu tamoyillar dasturi orqali tashhislash va davo muolajalarini olib borish Jondor tuman tibbiyot birlashmasida 19.02.2024 yildagi 685-2-35-TV/2024-sonli buyruq, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasida 23.02.2024 yildagi 758-2-41-TV/2024-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 03.04.2024 yildagi 64-I/CH-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psixosomatik buzilishlar kuzatilgan somatik bemorlarda somato-psixik ko‘rsatkichlarni aniqlash rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan, erta tashhisot va samarali davolash natijasida bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratli va og‘irlashgan holatlarni oldini olishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: somatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda psixosomatik buzilishlar rivojlanishini klinik-patopsixologik usullar yordamida erta aniqlash  kasallikning subklinik bosqichlarida tashhislash hamda sohalararo mul`tidissiplinar terapevtik yondashuv natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish kunlarining qisqarishi hisobidan bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 290 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: somatik kasalliklar  asosida rivojlangan ruhiy buzilishlar rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashhislash hamda integratsiyalashgan yondashuv orqali bemorlarni olib borish natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan bir nafar bemor hisobiga byudjet hisobidan 758 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni 432 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish