Sayt test rejimida ishlamoqda

Saxatov Bahodir Gulmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli geologik-fizik sharoitlardagi uyumlar uchun neft beraoluvchanlik koeffisientiga suyuqlik olish sur’atining ta’sir darajasini aniqlash», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1552.
Ilmiy rahbar: Agzamov Avaz Xamidullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSC.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar Xo‘jaev Ismatullo Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuqlik qazib olish jadalligining neft qazib olish sur’ati va chiqarib olish koeffisientiga ta’sir darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinayotgan mahsulotdagi neft ulushining kamayishiga olib keluvchi suyuqlik olish sur’atini oshirilishi NBOK pasayishiga olib kelishi asoslangan;
terrigen va karbonat kollektorlardan tashkil topgan kichik qovushqoq neftli uyumlar uchun neft va suyuqlik olish sur’atlari orasida ishlatishning barcha davrlari uchun yuqori korrelyasion aloqasini ko‘rsatuvchi bog‘liqliklari isbotlangan;
karbonat kollektorlardan tashkil topgan yuqori qovushqoq neftli uyumlar uchun neft va suyuqlik olish sur’atining ishlatishning barcha davrlari uchun yuqori korrelyasion aloqasini ko‘rsatuvchi bog‘liqliklar isbotlangan;
karbonat kollektorlardan tashkil topgan kichik qovushqoq neftli massiv uyumlarda quduqlar to‘ri zichlashtirish yo‘li bilan suyuqlik olish sur’atini oshirish hisobiga NBOKni ortirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli geologik-fizik sharoitlardagi neft va neftgaz konlari uyumlari uchun suyuqlik olish sur’atining neft qazib olish koeffisientiga ta’siri darajasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich quduqlar to‘ri zichligini zichlashtirish bo‘yicha tavsiya “Muborakneftegaz” NGQBning Sho‘rtepa neftgaz konida tadbiq etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 29 yanvardagi 03-18-8-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft qazib olishni barqarorlashtirishga va bir quduqning olinadigan zahiralarini 20 ming t. dan 31 ming t. ga oshirish imkonini bergan;  
burg‘ulangan quduqlarda gorizontni suv-neft tutash yuzasigacha o‘chib suyuqliq olishni jadallashtirish bo‘yicha tavsiya “Epsilon Development Company” ChK OAJning Ayzovat neftgazkondensat konida 17, 18 va 19 quduqlarda  tadbiq etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024 yil 29 yanvardagi 03-18-8-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, kunlik neft qazib chiqarishni 0,5 tonnadan 2 tonnaga oshirishga va 2023 yilning 10 oyida qo‘shimcha 950 tonna neft qazib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish