Sayt test rejimida ishlamoqda

Nazarov G‘olib Abdishukur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Safinolning fizik-kimyoviy va antikoagulyant xossalarini o‘rganish, substansiya olish texnologiyasini optimallash va yangi dori shaklini yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K243.
Ilmiy rahbar: Salixov Shavkat Ismailovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Bobaev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: farmakologik xususiyatlari yaxshilangan Safinol preparatining yangi dori shaklini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Safinol sintezida erituvchining qaynash harorati (100 oS), rN muhit 1 bo‘lgan reaksiyada, shuningdek, jarayon davrining uzaytirilishi hisobiga mahsulot unumi 10% gacha orttirilgan hamda reaksiya maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
Safinol substansiyasi hosil bo‘lishida kimyoviy sintez mexanizmining orto va para holatlardagi reaksion faolliklari aniqlangan;
YuSSX yordamida Safinol substansiyasi va surtma dori shaklining sifat va miqdoriy tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
Safinol substansiyasining gidrolizlanish kinetikasi pH-2, pH-5,6, pH-7 va pH-10 qiymatlarida moddaning gidrolizlanish ko‘rsatkichi spektral usullar yordamida isbotlangan;
ilk marotaba, Safinol substansiyasi asosida antikoagulyant ta’sirga ega bo‘lgan tashqi foydalanish uchun surtma dori ko‘rinishidagi yumshoq dozalash shaklining optimal tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Safinolning fizik-kimyoviy va antikoagulyant xossalarini aniqlash, substansiya olish texnologiyasini optimallash va yangi dori shaklini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qon quyilishiga antikoagulyant ta’sir etuvchi teri yuzasiga qo‘llaniladigan Safinol surtma dori shakli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 01455, 2019 y). Natijada, antikoagulyant xossaga ega surtma dori vositasini seriyali ishlab chiqarilishini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
Safinol substansiyasi va surtma dori shaklining sifat va miqdoriy tahlillarini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan YuSSX usulidan Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti «International Science and Technology Center Projects» loyihasida polimer va sopolimer moddalarning miqdoriy tahlillarini amalga oshirida foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi, Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur usul saratonga qarshi biologik faol polimer va sopolimer moddalarning sifat va miqdoriy o‘rganish hamda faollik mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish