Sayt test rejimida ishlamoqda

Allayarov Ravshan Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 11.00.05 – Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4151.
Ilmiy rahbar: Muzafarov Amrullo Mustafoevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi DSc.17/04.06.2021.T.06.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, professor; Igitov Farrux Baxtiyorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va bu rudalarning atrof-muhitga radioaktiv ta’sirini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizik-kimyoviy geotexnologik usulga asoslangan prinsipial sxema ishlab chiqilib, uning yordamida uran tarkibli ikkilamchi rudalardagi uranning dastlabki miqdorini 75% ga ya’ni 136,8 g/t dan 34,4 g/t gacha kamaytirish yo‘li ishlab chiqilgan;
uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olish jarayonida ishchi eritmani besh martagacha takroriy qo‘llash natijasida suv sarfini 65% gacha va sulfat kislota sarfini 25% gacha kamaytirish usuli topildi;
uran tarkibli ikkilamchi rudalardagi uranni ajratib olishning ishlab chiqilgan fizik-kimyoviy geotexnologik usulidan foydalanganda bu rudalarning radiatsion fon qiymatini o‘rtacha~70% ga ya’ni 4360 Bq/kg dan 1090 Bq/kg gacha kamayganligi va bu qiymatlarning amaldagi 0193-06-sonli SanQvaM meyoriy hujjatida belgilangan talablarga mos ekanligi aniqlangan;
uran tarkibli ikkilamchi rudalarda aniqlangan elementlar tarkibining indikator xususiyatlari – ularning tarqalishi, migratsiyasi, tabiiy parchalanishi va radionuklidlar o‘rtasidagi muvozanat qiymatlariga asoslanib, bu rudalarni fizik-kimyoviy geotexnologik usul bilan qayta ishlash va hududdagi dolzarb ijtimoiy ahamiyatdagi atrof-muhit masalalarini hal qilish usuli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
uran tarkibli ikkilamchi rudalardan olingan namunalardagi uranning dastlabki miqdorini va bu rudalarni ishchi eritma bilan qayta ishlashdan hosil bo‘lgan mahsuldor eritmadagi uranning miqdorini aniqlash usullari «Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJning 2024 yil 17 yanvardagi 23/01-01-07/57-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uran tarkibli ikkilamchi rudalar tarkibidagi urannig o‘rtacha 75% miqdorini mahsuldor eritma tarkibiga o‘tkazishga va qattiq namunalar tarkibidadagi dastlabki uran miqdorini 25% gacha kamaytirish imkonini bergan;
uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olishda qo‘llaniladigan ishchi eritmani takroriy besh martagacha qo‘llash usuli «Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJning 2024 yil 17 yanvardagi 23/01-01-07/57-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olishning an’anaviy usuliga qaraganda ishchi eritma tayyorlashda sarflanadigan suv miqdorini 65% gacha va sulfat kislota miqdorini 25% gacha – kamaytirish imkonini bergan;
uran tarkibli ikkilamchi rudalardan uranni ajratib olishning taklif qilingan fizik-kimyoviy geotexnologik prinsipial sxemasi «Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallaurgiya kombinati» AJning 2024 yil 17 yanvardagi 23/01-01-07/57-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uran tarkibli ikkilamchi rudalar namunalarining solishtirma effektiv aktivligi – Aeff qiymatini dastlabki 4360 Bq/kg dan 1090 Bq/kg gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish