Sayt test rejimida ishlamoqda

Olimov Farusxon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalin qatlamli konlarni qazib olishdagi nobudgarchilik va sifatsizlanishni ilmiy tadqiq qilish va kamaytirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4558.
Ilmiy rahbar: Ismailov Anvarbek Sunnatullaevich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Shodiboy Ikmatullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Melikulov Abdusattor Djabborovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon lahimlarini qatlamga nisbatan optimal joylashtirish asosida qalin qatlamli konlarni er osti usulida qazib olishdagi nobudgarchilik va sifatsizlanishni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalin qatlamli konlarni kamera-lentali qazib olish tizimi bilan qazib olishda qatlamlarda lahimning optimal joylashuvini qatlam qiyalik burchagiga bog‘liqligi aniqlangan;
kon lahimining nishab va qiya qatlamlarga nisbatan qamrab olishidagi nobudgarchilik va sifatsizlanish me’yorlarining optimal miqdorlariga analitik bog‘liqligi aniqlangan;
nobudgarchiliklar va sifatsizlanishni kamaytirish maqsadida kon lahimlarini qatlamning shifti va ostiga nisbatan joylashtirishning optimal parametrlarini aniqlashning grafik-analitik usuli ishlab chiqilgan;
qalin qatlamli konlarni er osti usulida qazishda nobudgarchilik va sifatsizlanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun qazish lahimlarining qatlam qiyalik burchagiga bog‘liq ravishda optimal joylashuvini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalin qatlamli konlarni qazib olishdagi nobudgarchilik va sifatsizlanishni ilmiy tadqiq qilish va kamaytirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
lahimlarni qatlam qiyalik burchagiga nisbatan optimal joylashuvini aniqlash usuli «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ tog‘-kon majmuasi 8-panel 86-kamerasida joriy etilgan «O‘zkimyosanoat» AJ ning 2023 yil 19-oktyabrdagi 23-3-3097-son ma’lumotnomasi). Natijada, lahimlarning optimal joylashuvini ta’minlash orqali qatlamni qazib olish darajasi 9,21 % ga ortishi imkonini bergan;
lahimlarni qatlam qiyalik burchagiga bog‘liq holda optimal joylashtirish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ tog‘-kon majmuasi 8-panel 86-kamerasida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2023 yil 19-oktyabrdagi 23-3-3097-son ma’lumotnomasi). Natijada, qazib olingan foydali qazilma sifat ko‘rsatgichining minimum 0,15 % ga yaxshilanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish