Sayt test rejimida ishlamoqda

Tilyabov Ikrom Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Streptozototsinli qandli diabet sharoitida olingan avlodlar buyragi po‘stloq qismining morfologik o‘zgarishi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2638.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ravshanbek Djaxangirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: streptozototsinli qandli diabet sharoitida tug‘ilgan avlodlar buyraklarining po‘stloq qismida kechadigan morfologik o‘zgarishlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar buyragining anatomik ko‘rsatkichlari og‘irligi, uzunligi, kengligi, qalinligi nazorat guruhinikiga nisbatan ishonchli qisqarishi isbotlangan;
tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlar buyragining po‘stloq qismida koptokchalarning deformatsiyasi, to‘laqonliligi, oraliq shish, tomir o‘zgarishlari, proksimal nay epiteliysi bo‘kishi asoslangan;
tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlar buyraklarining po‘stloq qismida proksimal nay epiteliylarida gialin tomchili va gidropik distrofiya, koptokchalar atrofida biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi natijasida distal naychalarda kengaygan, bo‘shlig‘ida to‘rsimon gomogen oqsil izlari mavjudligi isbotlangan;
tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlarning buyraklarida Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi har xil kattalikda, fokusda glomeruloskleroz o‘choqlari, perikanalikulyar vena qon tomirlarida to‘laqonlik  holatilarning qayt qilinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yildagi 9 apreldagi 06/31-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 31 maydagi 6I-11/x-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlar buyragining anatomik ko‘rsatkichlari og‘irligi, uzunligi, kengligi, qalinligi nazorat guruhinikiga nisbatan ishonchli qisqarishi isbotlangani Respublika patologoanatomik markazi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 55/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.01.2024 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan natijalar qandli diabet holatida tug‘ilgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, erta tashxislash, profilaktiksi va davolashga qaratilgan usullarni yaratish uchun nazariy asos bo‘lib hizmat qiladi. Buning natijasida qandli diabet bilan xastalangan onalarni erta tashxislash va kasallikning asoratlarini oldini olish orqali, ulardan tug‘iladigan bolalarni tashxislash tartibini yaxshilashga erishish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalarida olingan ma’lumotlar qandli diabet negizida dunyoga kelgan  bolalarning buyragi po‘stloq qavatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan morfologik o‘zgarishlarni  va ulardagi buyraklar ish faoliyatini yaxshilash maqsadida, homilador ayollarni  rejali  ravishda  tibbiy ko‘rikdan  o‘tkazish orqali ona va bolada  yuzaga keladigan buyrakka bog‘liq kasalliklarni oldini olish byudjet mablag‘larini tejash  imkonini bergan. Xulosa: onalardagi qandli diabet holatining kechish darajalarini inobatga olgan holda ulardan tug‘ilgan avlod buyraklarining po‘stloq qismida morfologik o‘zgarishlarni rivojlanishi, buyrak koptokchalari va qon tomirlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarning  rivojlanishi va ularning buyrak ish faoliyatiga ta’sir qilishi buyraklarning funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida qandli diabet bilan xastalangan onalar uchun skrining tekshiruv, ulardan tug‘ilgan bolalarda UTT amaliyotini bajarishda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 325000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar buyragining po‘stloq qismida koptokchalarning deformatsiyasi, to‘laqonliligi, oraliq shish, tomir o‘zgarishlari, proksimal nay epiteliysi bo‘kishi  asoslangani Respublika patologoanatomik markazi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 55/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.01.2024 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun qandli diabet holatidagi onalardan tug‘ilgan avlod buyraklarida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarini modeli yaratilgan. Olingan natijalar, yuzaga keluvchi buyrak etishmovchiligi, uni davolash va oldini olish tartibini bashoratlash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet negizida tug‘ilgan avlodlar buyrak po‘stloq qismida kuzatiladagan struktur va funksional, destruktiv o‘zgarishlarni bilish va bu o‘zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish sarf  harajatlarni qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: buyrak koptokchalari, proksimal va distal naylarning postnatal rivojlanishining erta davrida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni bilish, yuzaga keluvchi  ikkilamchi buyrak kasalliklarni davolash va oldini olish orqali, buyrak etishmovchiligi sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlari oldi olinadi va byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlar buyraklarining po‘stloq qismida proksimal nay epiteliylarida gialin tomchili va gidropik distrofiya, koptokchalar atrofida biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi natijasida distal naychalarda kengaygan, bo‘shlig‘ida to‘rsimon gomogen oqsil izlari mavjudligi isbotlangani Respublika patologoanatomik markazi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 55/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.01.2024 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar buyraklarining po‘stloq qismida proksimal nay epiteliylarida gialin tomchili va gidropik distrofiya, koptokchalar atrofida biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi natijasida distal naychalarda kengaygan, bo‘shlig‘ida to‘rsimon gomogen oqsil izlari mavjudligi buyraklarda yuz beradigan o‘zgarishlarni erta tashxislash orqali ularning asortalarni oldini olish va kamaytirish darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar tajribaviy qandli diabet natijasida yuzaga keladigan buyraklarining po‘stloq qismida proksimal nay epiteliylarida gialin tomchili va gidropik distrofiya, koptokchalar atrofida biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi natijasida distal naychalarda kengayishi va bo‘shlig‘ida to‘rsimon gomogen oqsil izlari paydo bo‘lishini oldini olish va davolash 1 nafar bemor hisobiga bir kunlik shifoxonada bo‘lishi uchun 110000 so‘m va bir kurs davolash uchun 1100000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qandli diabet  kasalligini oldini olish va samarali davolash natijasida nogironlikni oldini olish va samarali davolash bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1110000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribaviy qandli diabet chaqirilgan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan  avlodlarning buyraklarida Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi har xil kattalikda, fokusda glomeruloskleroz o‘choqlari, perikanalikulyar vena qon tomirlarida to‘laqonlik holatilarning qayt qilinishi isbotlangani Respublika patologoanatomik markazi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 55/i-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya markazi bo‘yicha 15.01.2024 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet fonida tug‘ilgan avlodning buyrak po‘stloq qavati elementlarni morfologik o‘zgarishlarni bilish, ularning miqdoriy farqlarida kuzatiladigan morfometrik va morfologik o‘zgarishlarni tushunish, bu o‘zgarishlar oqibatida kuzatiladigan asoratlarni erta bashoratlash va davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet  sharoitida tug‘ilgan avlodning buyrak po‘stloq qismining morfologik o‘zgarishlar, ontogenezida proksimal va distal naylarnig struktur va funksional sohalarining shakllanishi hamda rivojlanishi xususiyatlarining sezilarli darajada pasayishini erta aniqlash va ikkilamchi buyrak kasalliklarini oldini olish orqali byudjet mablag‘larini bir nafar bemor uchun o‘rtacha 12% ni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qandli diabet sharoitida tug‘ilgan avlodning buyrak koptokchalari, Shumlyanskiy Boumen kapsula varaqlari va qon tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlar, postnatal ontogenezida ularning struktur va funksional sohalarining shakllanishi hamda rivojlanishidagi o‘zgarishlarini erta tashxislash orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 12% ga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish