Sayt test rejimida ishlamoqda

Ibrohimov Kamol Isroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy chorvachilik komplekslari xodimlarining mehnat sharoitini gigienik baholash va ish jarayonini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3522.
Ilmiy rahbar: Qosimov Xayriddin Olimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy chorvachilik komplekslarida  ishlovchi ishchilar mehnat sharoiti,  ishchi o‘rinlarida paydo bo‘ladigan zararli omillar salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik komplekslarning ish o‘rinlarida noqulay miqroiqlim, yoritilganlik, shovqin darajasi, havodagi kimyoviy moddalar konsentratsiyasi bilan ishchilarning mehnat sharoitlari va salomatlik holati o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
zamonaviy chorvachilik komplekslari ishchi o‘rinlarida yuzga kelgan ortiqcha kimyoviy moddalar va zararli chang zarrachalari bilan aloqa qiladigan kasblar xavflilik  darajasiga ko‘ra 3.1-sinfga mansubligi, sog‘in va go‘shtga boqiladigan mollarni parvarishlash bilan bog‘liq kasblar esa kimyoviy omillar ta’sirida bo‘lganligini uchun 3.2-sinfga mansubligi asoslangan;
zamonaviy chorvachilik komplekslarining ishchi o‘rinlarida ertalabki soatlarda asosan go‘ng va ozuqa qoldiqlarning chirishi va parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorod sul`fidi, metilmerkaptan va ammiak miqdori yuqori bo‘lishi natijasida kasbiy kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan;
chorvachilik komplekslari havosining ifloslanish darajasini gigienik tahlili asosida ishchilarning davriy tibbiy ko‘riklarni samaradorligini oshirish, ish o‘rinlarida mikroiqlim, shovqin, yorug‘lik va kimyoviy moddalarning ruhsat etilgan darajada saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yildagi 22 apreldagi 24-z/019-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 21 oktyabrdagi 1/29-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: chorvachilik komplekslarning ish o‘rinlarida noqulay miqroiqlim, yoritilganlik, shovqin darajasi, havodagi kimyoviy moddalar konsentratsiyasi bilan ishchilarning mehnat sharoitlari va salomatlik holati o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangani Buxoro viloyati Peshku tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 01/688-son hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 21.10.2023 yildagi 1/29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: chorvachilik komplekslari ishchi o‘rinlarida noqulay miqroiqlim, yoritilganlik, shovqin, havo tarkibidagi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori chiqishi ishchilarning mehnat sharoit va salomatlik holatiga ta’sirining o‘zgarishini yuzaga kelishini oldin olishga qaratilgan texnik va texnologik  chora-tadbirlarning  o‘rnini asoslash natijasida ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni o‘rnini asoslash va ishchilarning hayot sifati ko‘rsatkichini yaxshilash bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chorvachilik komplekslari ishchi o‘rinlarida noqulay miqroiqlim, yoritilganlik, shovqin, havo tarkibidagi kimyoviy moddalarning me’yordan yuqori bo‘lishi ishchilarning mehnat sharoit va salomatlik holatiga ta’sirining o‘zgarishini yuzaga kelishiga shoroit yaratilganligi bir nafar bemorlarni tashxislash maqsadida 60000 so‘mni, xastalikni shifoxonada qo‘shimcha davolash uchun kuniga 180000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: xastalik tufayli samarali tashxislash tartibini amalga oshirish maqsadida chorvachilik komplekslari ishchi o‘rinlarida noqulay miqroiqlim, yoritilganlik, shovqin, havo tarkibidagi kimyoviy moddalarning izdan chiqishi ishchilarning mehnat sharoit va salomatlik holatiga ta’sirining o‘zgarishini yuzaga kelishiga sharoit yaratilganligi me’yorlashtirish uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
 ikkinchi ilmiy yangilik: zamonaviy chorvachilik komplekslari ishchi o‘rinlarida yuzga kelgan ortiqcha kimyoviy moddalar va zararli chang zarrachalari bilan aloqa qiladigan kasblar xavflilik  darajasiga ko‘ra 3.1-sinfga mansubligi, sog‘in va go‘shtga boqiladigan mollarni parvarishlash bilan bog‘liq kasblar esa kimyoviy omillar ta’sirida bo‘lganligini uchun 3.2-sinfga mansubligi asoslangani Buxoro viloyati Peshku tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi 01/688-son hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 21.10.2023 yildagi 1/29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida yuzga kelgan ortiqcha kimyoviy moddalar va zararli chang zarrachalari bilan muloqatda bo‘lgan kasblar xavflilik  darajasini 3.1-sinf sinfga mansubligi, sog‘in va go‘shtga boqiladigan mollarni parvarishlash bilan bog‘liq kasblarda kimyoviy omillarning ta’siri bilan muloqatda bo‘lganligini munosabatida 3.2 sinfga mansubligi bashoratlash va bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida yuzaga kelgan ortiqcha kimyoviy moddalar va zararli chang zarrachalari bilan muloqatda bo‘lgan kasblar xavflilik  darajasini 3.1-sinf sinfga mansubligi, sog‘in va go‘shtga boqiladigan mollarni parvarishlash bilan bog‘liq kasblarda kimyoviy omillarning ta’siri bilan muloqatda bo‘lganligini munosabatida 3.2-sinfga mansubligi baholash ishchilarning ish sharotiga qarab kasbiy kasalliklar bilan kasallanish darajasini kamaytirish  ishchilarning  ish sharoitiga bog‘liq  nafaqalar  sonini yillar kesimida kamaytirish: 1) salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 80000 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotishi varag‘i o‘rtacha 9,2 kunda 736000 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 60000 so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida yuzaga kelgan ortiqcha kimyoviy moddalar va zararli chang zarrachalari bilan muloqatda bo‘lgan kasblar xavflilik  darajasini 3.1-sinf sinfga mansubligi, sog‘in va go‘shtga boqiladigan mollarni parvarishlash bilan bog‘liq kasblarda kimyoviy omillarning ta’siri bilan muloqatda bo‘lganligini munosabatida 3.2 sinfga mansubligi baholash orqali kasallainishni oldini olish maqsadida o‘rtacha bir nafar bemor hisobiga oyiga 2400000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yanglik: zamonaviy chorvachilik komplekslarining ishchi o‘rinlarida ertalabki soatlarda asosan go‘ng va ozuqa qoldiqlarning chirishi va parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorod sul`fidi, metilmerkaptan va ammiak miqdori yuqori bo‘lishi natijasida kasbiy kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangani Buxoro viloyati Peshku tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati 15.11.2023 yildagi 01/688-son hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 21.10.2023 yildagi 1/29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiak asosan go‘nglarni va ozuqa qoldiqlarini chirib, parchalanishidan paydo bo‘lishi, yopiq binolarda vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiakning ishchi o‘rinlarida miqdori ertalabki soatlarda yuqoriligini gigienik baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiak asosan go‘nglarni va ozuqa qoldiqlarini chirib, parchalanishidan paydo bo‘lishi, yopiq binolarda vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiakning ishchi o‘rinlarida miqdori ertalabki soatlarda yuqoriligini natijasida kasbiy kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqorligi isbotlangan kasallanish xavfini tashxislash uchun: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 60000 so‘mni va bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini esa 2-3 kunga kamaytirish orqali bir bemor uchun 180000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: zamonaviy chorvachilik komplekslaridagi ishchi o‘rinlarida vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiak asosan go‘nglarni va ozuqa qoldiqlarini chirib, parchalanishidan paydo bo‘lishi, yopiq binolarda vodorod sulfid, metilmerkaptan, ammiakning ishchi o‘rinlarida miqdorini tahlil qilish orqali shifoxonada qolish kunlar soni 2-3 kunga qisqarishi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chorvachilik komplekslari havosining ifloslanish darajasini gigienik tahlili asosida ishchilarning davriy tibbiy ko‘riklarni samaradorligini oshirish, ish o‘rinlarida mikroiqlim, shovqin, yorug‘lik va kimyoviy moddalarning ruhsat etilgan darajada saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik va texnologik chora-tadbirlar Buxoro viloyati Peshku tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati 15.11.2023 yildagi 01/688-son hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 21.10.2023 yildagi 1/29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chorvachilik komplekslaridan atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarning tarqalish darajasining gigienik tahlil asosida ishchilarning davriy tibbiy ko‘riklarni samaradorligini oshirish va miqroiqlim, shovqin, yoritilganlik, kimyoviy moddalarning miqdorini miqdorini me’yorlashtirishning ruxsat etilgan miqdoridan oshmasligini gigienik talablar asosida tashkillashtirishning texnik va texnologik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chorvachilik komplekslaridan atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarning tarqalish darajasining gigienik tahlil asosida ishchilarning davriy tibbiy ko‘riklarni samaradorligini oshirish va miqroiqlim, shovqin, yoritilganlik, kimyoviy moddalarning miqdorini miqdorini me’yorlashtirishning ruxsat etilgan miqdoridan oshmasligini gigienik talablar asosida tashkillashtirishning texnik va texnologik chora-tadbirlari ishlab chiqish orqali: 1) bemorlarning bir kunda shifoxonada yotish uchun o‘rin kunlar soni 60000 so‘mni va bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini esa 2-3 kunga kamaytirish orqali bir bemor uchun 180000 so‘mni iqtisod qilishga erishish imkonini bergan; bir bemor uchun qo‘shimcha ravishda kasbiy kasalliklarni tashxislash uchun 536000 ming so‘mni umumiy 39664000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chorvachilik komplekslaridan atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarning tarqalish darajasining gigienik tahlil asosida ishchilarning davriy tibbiy ko‘riklarni samaradorligini oshirish va miqroiqlim, shovqin, yoritilganlik, kimyoviy moddalarning miqdorini me’yorlashtirishning ruxsat etilgan miqdoridan oshmasligini gigienik talablar asosida tashkillashtirishning texnik va texnologik chora-tadbirlari ishlab chiqish natijasida bir nafar bemor hisobiga qo‘shimcha ravishda kasbiy kasalliklarni tashxislash uchun 536000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish