Mo‘minov Xusanboy Madaminjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo respublikalarida Sovetlar sezdlari faoliyati (1917–1924-yillar)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar240
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Tchoroev Tyntchtykbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatini zo‘rlik bilan o‘rnatilish hamda mustahkamlanishida sovetlar sezdlari, xalq vakillari qurultoylarining tutgan o‘rni va rolini birlamchi hujjatlar, tarixiy manbalar hamda davriy matbuot materiallarining tahlili asosida yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bolsheviklar boshchiligidagi sovet hokimiyatining Turkiston o‘lkasida “sovetlashtirish” siyosatini qo‘llaganligi va uni mustahkamlashda dastlab Turkiston Sovetlarining III o‘lka sezdi (1917-yil 15–22-noyabr)dan oliy hokimiyat organi sifatida mutlaq boshqaruvning rusiyzabon millatga mansub shaxslarning qo‘liga o‘tganligi, sezdlarda bolsheviklarning yetakchilik qilganligi, siyosiy sohaning sovetlar boshqaruviga to‘laligicha bo‘ysundirilishi, ijtimoiy jabhada 8 soatli ish kunini joriy etilganligi, mehnat va ijtimoiy ta’minotda bolalar hamda ayollar mehnatini tartibga solinishi, tibbiyotni rivojlantirilishi, ocharchilikka barham berish choralari ko‘rilganligi, madaniy-ma’rifiy sohada III sezd muhokamasi asosida Toshkent Xalq universitetining ochilishi va sovetcha andozadagi “yagona mehnat maktab”larini tatbiq qilinganligi aniqlangan;
BXSR va XXSRda bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining qurultoylari faoliyati davri ikkita bosqichga bo‘linib, birinchi bosqich (1920–1922-yillar)dagi qurultoylarda sovet hukumati tomonidan e’lon qilingan “huquqlar”dan kelib chiqqan holda demokratik qarashlar, tamoyillarga asoslangan respublika taraqqiyot yo‘lini belgilash bo‘yicha islohotlarni o‘tkazilishi bilan xarakterlanganligi, ikkinchi bosqich (1923–1924-yillar)da o‘tkazilgan qurultoylarda esa “tashqi kuch”, ya’ni bolsheviklar markazining tazyiqi va aralashuvi ostida siyosiy vaziyatning tubdan o‘zgarishi va “sotsialistik yo‘l”ga o‘tishi qurultoylarning sovet mafkurasi ruhiga monand bo‘lishiga olib kelganligi dalillar bilan asoslangan;
BXSRda faoliyatda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining dastlabki I, II, III qurultoylarda ko‘rilgan masalalar va ular asosida chiqarilgan qarorlarning o‘z davri uchun dolzarb ahamiyat kasb etganligi, birinchi navbatda, davlat hokimiyati va boshqaruvining milliy manfaatlarga yo‘naltirilganligi, ularda demokratik prinsiplarning ustuvor bo‘lgani, biroq IV va V qurultoylar to‘liq bolsheviklar diktatorligi ostida o‘tib ko‘rilgan masalalarda Buxoro Respublikasi manfaatlari emas, balki markaz foydasi va ko‘rsatmalari hisobga olinib qarorlar qabul qilingani ochib berilgan;
Butun Xorazm xalq vakillarining II va III qurultoylarida milliy masalalar bo‘yicha muammolarni bartaraf etishga doir qarorlarning qabul qilinishiga qaramasdan, respublika hududida milliy munosabatlarning to‘la tartibga solinmaganligi, dastlabki qurultoylarda vaqf mulklarining natsionalizatsiya qilinmaganligi, 1923-yil oktyabridan bu xayriya mulklarining siyosiylashtirilishi, Xorazm Sovetlarining IV qurultoyida (1923-yil 17–20-oktyabr) vaqflar holatining qayta ko‘rib chiqilishi ortidan bu xayriya mulklarining jiddiy tanqidga uchraganligi, tizimda maxsus rezolyusiya qabul qilinib, vaqf erlarining yagona qishloq xo‘jaligi solig‘iga tortilishi xalq noroziligini keltirib chiqarganligi, asta-sekin uning xalq qo‘zg‘oloniga aylanib, 1923-yilda Pitnak, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa tumanlariga tarqalishi oqibatida Xivaning qamal qilinishi, bu qo‘zg‘olonni 1924-yilda harbiy kuchlar tomonidan bostirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Osiyo respublikalarida Sovetlar sezdlari faoliyati (1917–1924-yillar) mavzusini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
bolsheviklar boshchiligidagi sovet hokimiyatining Turkiston o‘lkasida “sovetlashtirish” siyosatini qo‘llaganligi va uni mustahkamlashda dastlab Turkiston Sovetlarining III o‘lka sezdi (1917-yil 15–22-noyabr)dan oliy hokimiyat organi sifatida mutlaq boshqaruvning rusiyzabon millatga mansub shaxslarning qo‘liga o‘tganligi, sezdlarda bolsheviklarning yetakchilik qilganligi, siyosiy sohaning sovetlar boshqaruviga to‘laligicha bo‘ysundirilishiga doir ilmiy xulosalardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda va uni faktik materiallar hamda tarixiy manbalar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018-yil 11-oktyabrdagi 01-11-08-7053-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘lkada faoliyatda bo‘lgan Sovetlar sezdlaridagi boshqaruv faqatgina rusiyzabon millatga mansub shaxslar ixtiyorida bo‘lganligi bo‘yicha tarixiy haqiqatni oydinlashtirishga xizmat qilgan;
BXSR va XXSRda bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining qurultoylari faoliyati davri ikkita bosqichga bo‘linib, birinchi bosqich (1920–1922-yillar)dagi qurultoylarda sovet hukumati tomonidan e’lon qilingan “huquqlar”dan kelib chiqqan holda demokratik qarashlar, tamoyillarga asoslangan respublika taraqqiyot yo‘lini belgilash bo‘yicha islohotlarni o‘tkazilishi bilan xarakterlanganligi, ikkinchi bosqich (1923–1924-yillar)da o‘tkazilgan qurultoylarda esa “tashqi kuch”, ya’ni bolsheviklar markazining tazyiqi va aralashuvi ostida siyosiy vaziyatning tubdan o‘zgarishi va “sotsialistik yo‘l”ga o‘tishi qurultoylarning sovet mafkurasi ruhiga monand bo‘lishiga olib kelganligi masalalariga oid tadqiqot ilmiy natijalaridan Germaniya Federativ Respublikasining Bremen shahridagi “A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ilmiy tadqiqot markazining “O‘rta Osiyo tarixi” deb nomlangan hisobotini statistik va birlamchi manbalari bilan to‘ldirishga ko‘mak bergan (Bremen shahridagi “A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ilmiy tadqiqot markazining 2022-yil 14-oktyabrdagi tegishli sertifikati). Markazga taqdim qilingan BXSR va XXSRda bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining qurultoylariga tegishli bo‘lgan materiallar mavjud ilmiy hisobotlarni aniq raqamlar va statistik ma’lumotlar bilan boyitishga hissa qo‘shgan;
Tadqiqot natijalarining BXSRda faoliyatda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining dastlabki I, II, III qurultoylarda ko‘rilgan masalalar va ular asosida chiqarilgan qarorlarning o‘z davri uchun dolzarb ahamiyat kasb etganligi, birinchi navbatda, davlat hokimiyati va boshqaruvining milliy manfaatlarga yo‘naltirilganligi, ularda demokratik prinsiplarning ustuvor bo‘lganligiga doir ma’lumotlari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-60-son ““Xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari” nomli loyihasining davlat va hokimiyat boshqaruvi prinsiplarining tarixiylik jihatlariga oid qismini shakllantirishga yaqindan ko‘mak bergan (O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 24-iyuldagi 01-09/1583-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim qilingan materiallar yosh avlodni Vatan tarixining ko‘rsatilgan davri bo‘yicha tarixiy tafakkuri va bilimlarini yanada kengaytirishga yordam bergan.