Hasanova Nargiza Maxsatjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
   

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi  isntiroki  (1991-2021-yillar, Andijon viloyati misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar402.
Ilmiy rahbar: Sobirova Dilfuza To‘xtasinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:   Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli masalalarini Andijon viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Respublikada o‘tish davri hisoblangan 1990-yillarda viloyat ayollarining ijtimoiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini o‘stirishda 22 ta mavjud jamoat tashkilotlari va madaniyat muassasalari rahbarlari muhim rol o‘ynaganligi, 1995 yilda Andijon viloyatining shahar va tumanlarida 19 nafar hokim o‘rinbosari, 24 nafar mutaxassis, 1643 ta boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari rahbarlari faoliyat yuritganligi biroq 2000 yillardan  keyin Andijonning ijtimoiy-siyosiy boshqaruv jarayonlarida faol bo‘lgan ayollar sonining kamayib borganligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Andijon viloyatidan saylangan 22 nafar deputatlar tarkibida faqat 1 nafar ayol - Jalaquduq tumani hokimi M.Egamova bo‘lganligi aniqlangan;
viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan ayollar 1995 yilda 291 nafar,  2000 yil 500, 2004 yil 719 nafarga etgan bo‘lsa-da,  ularning ulushi atigi 3,1 foizni (ayollar tadbirkorligi darajasi bo‘yicha respublikada 8 o‘rinda) tashkil etganligi ularning asosan faoliyatini kengaytirish imkoniyati past bo’lgan fermerlik, oilaviy tadbirkorlik va qisman shaharlardagi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bilan cheklanib qolganliklari, yaratilgan imkoniyatlar ko‘lamining oshishi natijasida 2021yilga kelib ularning soni 4000 nafardan oshganligi asoslangan;
Andijon viloyatida 1995 yil dekabr oyida “Olima ayollar” uyushmasi tashkil etilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yillar mobaynida xotin-qizlarning ilmiy salohiyati sust rivojlanib, xususan, 2012-2013 yillarda tadqiqotchilar soni 26 nafarni tashkil etganligi, ayollarga so‘nggi yillardagi haqiqiy e’tibor natijasida  2020-2021 yillarda 175 nafari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib,  2018-2020 yillar davomida 6 nafar fan doktori (DSc), 14 nafar falsafa doktori (PhD) bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasi amalga oshganligi, 2021 yilga qadar 522 nafar xotin-qiz turli davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi, viloyat hokimi qarori bilan “Nodirabegim” nomidagi mukofot ta’sis etilganligi, “Ginness rekordlar kitobi”ga kirgan birinchi o‘zbek ayoli sifatida dunyoga tanilgan M.Alieva andijonliklarning faxri ekanligi ko‘rsatib berilgan;
1990-yillardagi onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati yuzasidan viloyatda hokimlikning maxsus farmoyish va qarorlari bilan  ayollarni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ayollar va bolalarni yanada sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun viloyat sarf-xarajatlar smetasining oshirilishi, Andijon viloyat televideniesida “Shifokor” videokanali orqali targ‘ibot ishlarining yo‘lga qo‘yilishi viloyatda respublika miqyosidagi onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etish borasidagi ijobiy yutuqlarga erilishilishiga asos bo‘lganligi, bu boradagi islohotlar natijasida onalar va bolalar o‘limi darajasi (onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobarga) kamayishiga erishilganligi dalillangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi ishtirokiga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
     Respublikada o‘tish davri hisoblangan 1990-yillarda viloyat ayollarining ijtimoiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini o‘stirishda 22 ta mavjud jamoat tashkilotlari va madaniyat muassasalari rahbarlari muhim rol o‘ynaganligi, Andijonning ijtimoiy-siyosiy boshqaruv jarayonlarida faol bo‘lgan ayollar faoliyati, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan gender tengligi strategiyasi ayol-qizlarning yuksalishi uchun zamin bo‘layotganligi, davlat va jamiyat boshqaruvi idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan andijonlik ayollarning hokimiyat pog‘onalaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining targ‘ibot tadbirlarida (Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining 2022-yil 27-iyuldagi 01-147-son ma’lumot-nomasi) va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirilarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 12-apreldagi 04-01/102-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda xotin-qizlarning o‘rnini, ayollar bandligini ta’minlashda xususiy tadbirkorlik va biznesning ahamiyatini asoslab berish hamda oila va jamiyatda ayollarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
viloyat ayollarining zamonaviy kichik biznes va tadbirkorlik sohasidagi intilishlari bu boradagi yutuqlari, xususan milliy kashtachilik, gilamdo‘zlik, do‘ppichilik kabi hunarmandchilik turlari asosida milliy anʼanalarning tiklanishi va urf-odatlarning keng targʼib etilishi orqali qadriyatlarni tiklanayotganligi, shuningdek qo‘shimcha ishchi o‘rinlarni yaratilishi natijasida ayol-qizlarning bandligi ta’minlanayotganligi, biroq tadbirkorlar orasida ayrim xotin-qizlarning o‘z haq-huquqlarini to‘laqonli bilmasligi, sohada moliyaviy savodxonlik etarlicha emasligi, mehnat bozorida gender tafovutlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 18- iyuldagi №01/15-147-son ma’lumotnomasi) hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va 0’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 8-bandi “Prezident Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2023 - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib vazirlik va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan samarali foydalanilgan. (Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 17-apreldagi № 151-son ma’lumotnomasi).
xotin-qizlarni qo‘llab - quvvatlash yuzasidan olib borilgan davlat siyosati natijasida ilm-fan, ta’lim, sport va madaniyat hamda sogʼliqni saqlash sohalarida ayollar ulishi o‘sish dinamikasi, global muammolarni hal etishdagi tadqiqotchi ayollarning ilmiy loyihalari, so‘nggi IT texnologiyalarda erishayotgan yutuqlari, qizlarning ta’lim olishiga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan oliy ta’limga qizlarning kirish imkoniyatlarining oshirilishi, ular uchun foizsiz ta’lim kreditlarini joriy qilinishi, shuningdek sohadagi ayrim muammolarning ham borligi va globallashuv davrida yoshlarning, hususan, qizlarning tarbiyasiga ommaviy madaniyatning, oiladagi nosogʼlom muhitning salbiy ta’sirlari, ayollarga nisbatan o‘tkazilayotgan tazyiq va zo‘ravonliklar, ular orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarining ortib borayotganligi, odam savdosi, tashqi va ichki migratsiyalarda ayollar sonining ortayotgani va mavjud muammolarni bartaraf etishdagi davlat siyosatining kuchaytirilishi, sog‘lom turmush masalasining zarurati, viloyat xotin-qizlarining turmish tarzida uchrayotgan ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” AJning “Ma’naviyat bosh muharriyati”, “Tok-shou” va interaktiv teleloyihalar bosh muharriyati tomonidan “Yoshlar yetakchisi bilan bir kun”, “Renessans yoshlari”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari” kabi ko‘rsatuvlar va roliklarni tasvirga olish jarayonida keng foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali” Aksiyadorlik Jamiyatining 2023-yil 19-apreldagi №14-02-50 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida teletomoshabinlar andijonlik ayol-qizlarning faoliyati haqidagi ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish