Kuchimova Farida Tashtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim tizimida yoshlarda proektiv tafakkur tarzini shakllantirishning onto-gnoseologik masalalari”, 09.00.01- Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal711
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Rizaev Ilhom Imomalievich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda ta’lim jarayonida proektiv tafakkur tarzining ahamiyatini ochib berish, uni shakllantirishning usullari va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda ta’lim jarayonida proektiv tafakkurning kreativ mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, mutaxassislar hamda olimlarning kasbiy malakani egallashidagi metodologik determinatsiyasining nazariy va amaliyotdagi (texnologik jarayonlardagi) o‘rni ochib berilgan;
proektiv tafakkurning tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar bilim sohalarida shakllanishi bilan bog‘liq konstruktiv, innovatsion jihatlari hamda ta’lim sifatini oshirishiga xizmat qiladigan tanqidiy fikrlashning ijodiy va funksional samaradorligi mantiqiy dalillangan;
yoshlar ongida proektiv tafakkurning innovatsion transformatsiyasi (funksional o‘zgarishi), uning intellektual faoliyatdagi prognostik, praksiologik, kognitiv aspektlari argumentlangan;
informatsion jamiyatda proektiv va texnologik tafakkurning dialektik aloqadorligining falsafiy asoslari, uning ontologik, gnoseologik hamda evristik jihatlari proliferasiya tamoyili asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda ta’limda proektiv tafakkur tarzini shakllantirishning onto-gnoseologik masalalarini tadqiq etish asosida:
yoshlarda ta’lim jarayonida proektiv tafakkurning kreativ mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, mutaxassislar hamda olimlarning kasbiy malakani egallashidagi metodologik determinatsiyasining nazariy va amaliyotdagi (texnologik jarayonlardagi) o‘rniga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022 yilllarda bajarilgan “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi FZ-2020010829 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetinnig 2023-yil 16-iyundagi 04/11 37-59-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va ta’lim sifatini oshirishda, talaba yoshlar intellektini ko‘tarishga, ularda proektiv, ya’ni, loyihaviy tafakkur tarzini shaklantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
proektiv tafakkurning tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar bilim sohalarida shakllanishi bilan bog‘liq konstruktiv, innovatsion , jihatlari hamda ta’lim sifatini oshirishiga xizmat qiladigan tanqidiy fikrlashning ijodiy va funksional samaradorligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqad viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatining rivojlantirish va inson taraqqiyot markazining 2022-yilda bajarilgan “Mahallarda yoshlarning diniy ekstremizm va missonerlik ta'siriga tushib qolishning oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” nomli 22/01/01 raqamli amaliy grant loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqad viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyot markazining 2023-yil 14-iyundai 02/328-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga, talaba yoshlar intellektini rivojlantirishga, ularda proektiv, loyihaviy tafakkur tarzini shakllantirish, falsafiy, ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar ongida proektiv tafakkurning innovasion transformasiyasi (funksional o‘zgarishi), uning intellektual faoliyatdagi prognostik, praksiologik, kognitiv aspektlari argumentlanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining IV rejasining “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari” 4.1 “Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish sohasida” va 4.2 “Fan va ta’lim tizimini isloh etish, mamlakatimiz aholisining oliy ta’limga qamrovini bosqichmabosqich 50 foizga chiqarish sohasida” bandlari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenarisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 28 avgustdagi 02-05/50 -son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar jamiyatda ta’lim-tarbiya sohasini modernizasiyalashga, funksional jihatdan optimallashtirishga oid ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqarishga oid ko‘nikmalarni shakllantiruvchi proektiv tafakkur tarzini yuksaltirishga xizmat qilgan;
informatsion jamiyatda proektiv va texnologik tafakkurning dialektik aloqadorligining falsafiy asoslari, uning ontologik, gnoseologik hamda evristik jihatlari proliferasiya tamoyili asosida ochib berilganligiga oid metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi va “Kasbim-fahrim” radioeshittirishining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-iyundagi 01-11/482-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda yoshlarda proektiv tafakkur tarzini shakllantirishga oid nazariy va uslubiy g‘oyalar, tamoyillarni o‘rganish masalasi va ta’lim sifatini oshirishda tanqidiy, prognostik, innovatsion fikrlashni rivojlantirish muhim intellektual omil ekanligi keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.