Axmedova Mohira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyati ninachilar (Insecta: Odonata) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B815.
Ilmiy rahbar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Doschanova Manzura Babajanovna biologiya fanlari falsafa doktori , katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati Odonata faunasini aniqlash, biotopik va zoogeografik tarqalishi hamda ekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyati ninachilar faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 ta oila, 8 ta kenja oila va 10 ta avlodga mansub 22 turi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun ninachilarning 1 ta turi (Orthetrum coerulescens) aniqlangan;
ilk bor Xorazm viloyati hududida Ninachilar turkumi Sympecma avlodiga mansub ikkita tur: Sympecma gobica hamda Sympecma paedisca turlarining taksonomik oʻrni molekulyar-genetik tahlillar asosida isbotlangan;
ninachilarning imago va lichinkalik bosqichlarining bioekologik xususiyatlari asoslangan hamda tabiatdagi amaliy ahamiyati va biotsenotik aloqalari ochib berilgan;
ninachilarning uchib chiqishiga asosan 6 ta fenologik tasnifi ishlab chiqilgan va morfoekologik xususiyatlari bo‘yicha 3 ta guruhga mansubligi aniqlangan;
Xorazm viloyati ninachilarining tabiiy va antropogen biotoplardagi dominantlik ko‘rsatgichlariga asosan 4 ta guruhga mansubligi isbotlangan;
ninachilarning tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, 4 ta biotopik hamda geografik kenglik va uzunlik kesimida 15 ta guruhga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati ninachilari (Insecta: Odonata) faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ninachilarning Zygoptera va Anisoptera kenja turkumlariga tegishli 22 turga mansub 87  nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 28 fevraldagi 4/1255-390 - son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Xorazm viloyati hududi bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlillar o‘tkazish, landshaftlar bo‘yicha taqsimlanishni tahlil etish hamda interfaol atlas tayyorlash imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Xorazm viloyati ninachilar turkumi turlarining mDNK (COI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2023 yil 2 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Sympecma paedisca turi uchun - OR195506; Sympecma gobica turi uchun - OR195515 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish