Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish», 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Dsc/Ped18.

Ilmiy maslahatchi: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti,

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Davranov Qahramon, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika  fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilari tayanch  va kasbiy-sohaviy kompetensiyalari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) tarkibining elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish hamda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish komponentlari aniqlashtirilgan;

oliy ta’lim muassasalarida biologiyani o‘qitish jarayonining metodik tuzilmasi (tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy) Moodle–Web muhitining assinxron imkoniyatiga asoslangan mustaqil ta’lim elementlarini integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan;

biologiya ta’limining talabalar iqtidori, qobiliyati va qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan metodik tizimi interaktiv dasturiy vositalar (interaktiv resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlar)dan foydalanish imkoniyatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;

pedagogik kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini baholashning diagnostik apparati dasturiy vositalardan foydalanishdagi tushuntirish-motivatsiyali, kognitiv, texnologik, kreativ mezonlar ustuvorligiga qurilgan mexanizm asosida takomillashtirilgan;

shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning maqsad, mazmun, texnologik va refleksiv-baholash komponentlariga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilari tayanch  va kasbiy-sohaviy kompetensiyalari, elektron muhitda axborot almashinish, loyihalash faoliyati, interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish, kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini baholashga oid takliflari  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6 aprel` 2016  yildagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va bakalavriat yo‘nalishlari malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 12 yanvardagi 89-03-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur talablar asosida,  ortgan hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari takomillashtirilgan va talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligi oshirilgan;

oliy ta’lim muassasalarida biologiyani o‘qitish jarayonining metodik tuzilmasi va tizimi, talabalar iqtidori, qobiliyati va qiziqishlarini oshirish omillari va xususiyatlariga oid takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 29 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalari axborot tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularni elektron axborot resurslari bilan  ta’minlash to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 12 yanvardagi  89-03-106-son ma’lumotnomasi). Bu esa talabalarning o‘quv faoliyatlarida interaktiv ta’lim resurslari  bilan ishlash samaradorligini oshirish orqali biologiyani o‘qitish jarayonlarini tizimlashtirish imkonini bergan;

“Biologiya” elektron interaktiv ta’lim resurslaridan foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘qitishni loyihalash, ta’lim jarayonini modellashtirish, lokal-modulli texnologiyalarga oid takliflari 17-064 raqamli «Bilim olishning intellektual tizimini yaratish, joriy etish» amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi  89-03-2512-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha asosida talabalarning interaktiv dasturiy vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini tarkib toptirish hamda axborot kompetentligi darajasini baholash omillari aniqlangan;

shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli, texnologik va refleksiv-baholash komponentlariga doir ilmiy-metodik tavsiyalar uzluksiz ta’lim tizimida “Biologiya” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish, pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 oktyabr dagi 01-02/1-3-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzluksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega biolog-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish