Aliqulova Hulkar Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va qozoq yor-yorlarining qiyosiy tipologik tahlili”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3630.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Dilshod, filologiya fanlari doktori, professor; Imomnazarova Shahodatxon, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qozoq folkloridagi yor-yor qo‘shiqlarining umumiy hamda o‘ziga xosligi, janriy xususiyatlari, poetikasi, obrazlar tizimini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yor-yor janrining turkiy folklordagi eng qadimgi ildizlari, shakllanishi va taraqqiyoti, xususan, o‘zbek va qozoq folklorshunosligidagi ta’rif, tavsif, aytishuv, lapar kabi tarixiy-genetik hamda og‘zakilik, muayyan jarayon bilan bog‘liqlik kabi umumiy hamda ijro usuli, ifoda tarziga xos xususiy jihatlari, to‘y marosim bilan aloqadorlik, ijroning asosan ayollar (qizlar, dugonalar, qarindosh-urug‘lar, hamqishloq, hamshahar, ovuldosh, tengqurlar) tomonidan amalga oshirilishi, tegishli shakl (to‘rtlik, lapar) va mazmun mudarijasi (asosan qarindosh-urug‘chilik, oilaviy hayot, tasalli va taskin, baxtli kelajak mazmuni bilan aloqadorlik)ga egalik singari janr xususiyatlari, to‘y marosimi bilan aloqador kelinni olib kelish (kuzatish), kutib olish, go‘shanga (chimildiq)ga olib kirish, yuz ochar, kelin salomni tashkil etish singari lokal jarayonlar ochib berilgan;
“yor-yor” atamasi, janr nomining yuzaga kelishi bilan bog‘liq mifologik, diniy, tarixiy, lingvistik, etik va etnogafik kabi ilmiy-nazariy qarashlar, o‘zbek va qozoq xalqlari yor-yorlarining qiz uzatish marosimiga daxldor ijro yo‘li, maishiy turmush tarziga uzviy bog‘langan obraz, timsol, ramz kabi badiiy ifodalarning metafora va parallelizmlarga tayanishi, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, yanga, shuningdek, yaqin va uzoq qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar singari obrazlar tizimidagi ifoda va tasvirlarning mahalliy xususiyatlari asoslangan;
o‘zbek va qozoq yor-yorlarida bo‘lajak kelin obrazining iztirobi→sabab→oqibat=hadik kabi falsafiy kategoriyalar qo‘shiq matnlaridagi mantiqiy izchillikni ta’minlashga xizmat qilishi, ijro vaqti va ijro usuliga ko‘ra morfologik tasnifi to‘rt guruhga bo‘linishi asoslangan;
o‘zbek va qozoq xalqlari yor-yorlarining monolog, dialog kabi shakliy-poetik qoliplari, sirg‘a, qamish, ostona, beshik, olma, shaftoli, anor kabi ramziy obrazlar va ifodalari, betochar (betashar), “kelin keldi”, “charlar” singari urf-odatlar bilan bog‘liq mifologik qarashlari, yor-yorlardagi parallelizmlar va badiiy ko‘chimlarning variativlik, stereotip ifodalar, so‘zlar takrori kabi o‘xshash yoki alohida ramz va ko‘chimlar singari farqli tomonlari, tasalli, yupatish, ertangi kunga ishonch, baxtli va farovon hayot orzusi kabi g‘oyaviy-badiiy mazmuni regional, verbal va noverbal hodisalar vositasida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qozoq yor-yorlarining qiyosiy tipologik tahlili, janriy tarkibi va badiiyatini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yor-yor janrining turkiy folklordagi eng qadimgi ildizlari, shakllanishi va taraqqiyoti, xususan, o‘zbek va qozoq folklorshunosligidagi ta’rif, tavsif, aytishuv, lapar kabi tarixiy-genetik hamda og‘zakilik, muayyan jarayon bilan bog‘liqlik kabi umumiy hamda ijro usuli, ifoda tarziga xos xususiy jihatlari, to‘y marosim bilan aloqadorlik, ijroning asosan ayollar (qizlar, dugonalar, qarindosh-urug‘lar, hamqishloq, hamshahar, ovuldosh, tengqurlar) tomonidan amalga oshirilishi, tegishli shakl (to‘rtlik, lapar) va mazmun mudarijasi (asosan qarindlsh-urug‘chilik, oilaviy hayot, tasalli va taskin, baxtli kelajak mazmuni bilan aloqadorlik)ga egalik singari janr xususiyatlari, to‘y marosimi bilan aloqador kelinni olib kelish (kuzatish), kutib olish, go‘shanga (chimildiq)ga olib kirish, yuz ochar, kelin salomni tashkil etish singari lokal jarayonlar ochib berilgani bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan PZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli monografiyani chop etish ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-sentyabrdagi 01/4-1845-son ma’lumotnomasi). Natijada yor-yorlarning to‘y marosimi tarkibidagi ishtiroki faqat kelin va unga aloqador bo‘lgan shaxslargagina emas, balki butun jamiyat a’zolariga ham kuchli ijobiy ta’sir qilishi, ularning juda katta ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini ilmiy jihatdan asoslab berishga erishilgan;
“yor-yor” atamasi, janr nomining yuzaga kelishi bilan bog‘liq mifologik, diniy, tarixiy, lingvistik, etik va etnogafik kabi ilmiy-nazariy qarashlar, o‘zbek va qozoq xalqlari yor-yorlarining qiz uzatish marosimiga daxldor ijro yo‘li, maishiy turmush tarziga uzviy bog‘langan obraz, timsol, ramz kabi badiiy ifodalarning metafora va parallelizmlarga tayanishi, kelin, kuyov, qaynona, qaynota, yanga, shuningdek, yaqin va uzoq qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar singari obrazlar tizimidagi ifoda va tasvirlarning mahaliy xususiyatlari asoslangani, o‘zbek va qozoq yor-yorlarida bo‘lajak kelin obrazining iztirobi→sabab→oqibat=hadik kabi falsafiy kategoriyalar qo‘shiq matnlaridagi mantiqiy izchillikni ta’minlashga xizmat qilishi, ijro vaqti va ijro usuliga ko‘ra morfologik tasnifi to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganilgani bilan bog‘liq ilmiy tahlillardan Namangan davlat universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan FZ-201912099 – “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb sayti va multimedia mahsulotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 20-oktyabrdagi 1935/04-04 -son ma’lumotnomasi). Natijada sof milliy-ma’naviy hodisa bo‘lgan yor-yorlardagi ko‘plab ma’rifiy va badiiy-estetik topilmalarning fol'klorshunoslar, shuningdek, fol'klor tadqiqotchilari orasida ommalashishiga erishilgan;
o‘zbek va qozoq xalqlari yor-yorlarining monolog, dialog kabi shakliy-poetik qoliplari, sirg‘a, qamish, ostona, beshik, olma, shaftoli, anor kabi ramziy obrazlar va ifodalari, betochar (betashar), “kelin keldi”, “charlar” singari urf-odatlar bilan bog‘liq mifologik qarashlari, yor-yorlardagi parallelizmlar va badiiy ko‘chimlarning variativlik, stereotip ifodalar, so‘zlar takrori kabi o‘xshash yoki alohida ramz va ko‘chimlar singari farqli tomonlari, tasalli, yupatish, ertangi kunga ishonch, baxtli va farovon hayot orzusi kabi g‘oyaviy-badiiy mazmuni regional, verbal va noverbal hodisalar vositasida namoyon bo‘lishi dalillangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda (2022–2023-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 23-iyundagi 06-28-887-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek/qozoq nikoh to‘yi folklorining lokal xususiyatlari, janriy tarkibi va badiiyati, motiv va obrazlar strukturasida o‘ziga xos belgilar mavjudligi, turkiy xalqlar og‘zaki poetik ijodida o‘zbek va qozoq folklorining alohida o‘rni bor ekanligini keng targ‘ib qilishga erishilgan.