Xalmanov Nurali Tashquvatovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysi agrobiotsenozlarining ekologik barqarorligini ta’minlashda sideratsiyaning ahamiyati», 03.00.10–Ekologiya (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/B56.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Xoliqov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan  tuproqlarida siderat o‘g‘itlar yordamida barqaror ekologik agrobiotsenozni shakllantirishni ta’minlashning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sideratlar tuproqning ekologik holatiga, jumladan, nitratlar, og‘ir metallar, pestisidlar, irrigatsion eroziyani kamaytirishda, tuproqning harorat va namlik miqdorining oshishidagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;

Zarafshon vodiysining tuproq va iqlim omillarining imkoniyatlar zahirasi ekologik jihatdan baholangan;

sideratlarning biogeotsenozlar agrokimyoviy, agrofizik va biologik xossalarini yaxshilashi aniqlangan;

qishki sideratlarning produsentlar birlamchi mahsuldorligi va tuproq organizmlari o‘rtasidagi munosabati aniqlangan;

agrotsenozda amaldagi va tavsiya etiladigan variantlarning tuproq ekologik muhiti va mikrofaunasiga ta’siri aniqlangan;

g‘o‘za-g‘alla-sideratlar majmuida o‘g‘it me’yorlarining produsentlar birlamchi mahsuldorligi va mahsulot sifatiga ijobiy ta’siri isbotlangan;

siderat, qoramol go‘ngi va trixoderma lignorum zamburug‘i uyg‘unligining g‘o‘za agrotsenozi mahsuldorligi va tuproqning biologik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zarafshon vodiysi agrotsenoz dalalarida sideratlar ta’sirida ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ekologik holati yomonlashgan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda sideratlar yordamida barqaror ekologik agrotsenozni ta’minlash va ularni muhofaza qilish agrotexnologiyasi 2016 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi «Istiqlolning 10 yilligi» fermer xo‘jaligida jami 25 gektar er maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 dekabrdagi 02/20-1287-son ma`lumotnomasi). Buning natijasida tajribaning nazorat variantida g‘o‘zaning hosildorlik ko‘rsatkichi gektariga 32,3 sentnerni, qisqa navbatlab ekish tizimida siderat ekinlar sifatida tifon-ko‘k no‘xat-javdar ekilgan variantda 5,3 sentner qo‘shimcha paxta hosil olinib,  rentabellik darajasi 24-28 foizni tashkil etgan;

bo‘z tuproqlarda barqaror ekologik agrotsenozni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan maqbul sideratli navbatlab ekish texnologiyasi 2014-2016 yillarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi «Kelajak ovozi barakasi» fermer xo‘jaligida jami 23 gektar, Oqdaryo tumani «Baraka chorvasi» fermer xo‘jaligida 21 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 dekabrdagi 02/20-1287-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 7,2 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 26-29 foizni tashkil etgan;

Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarida barqaror ekologik agrotsenozni ta’minlash bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya” fanidan seminar mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining 5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim mutaxassisligiga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 iyuldagi 89-03-282-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bakalavriat ta’lim yunalishida o‘qitiladigan «Tuproq ekologiyasi va agroekologiya» fanlaridan o‘tiladigan mashg‘ulotlarni takomillashtirishga va o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish