Ilxamova Maloxat Utkurovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Statik elektrtokidan himoyalovchi maxsus poyabzalni yaratish va tadqiq etish», 05.06.03–Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T113.

Ilmiy rahbar: Maksudova Umida Mirzaraximovna, texnika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shaxzod Akbarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi turdagi elektr o‘tkazuvchi matolardan foydalanib tizimli yondashuv asosida statik elektrdan himoya qiluvchi maxsus poyabzal konstruksiyasi va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

elektrofizik xossalarga ega bo‘lgan maxsus poyabzallarning ierarxik  tasnifi  va yangi konstruksiyasi yaratilgan;

elektr o‘tkazuvchi matolarning mustahkamligi va elektrik qarshiligining namlash sikllari soniga bog‘lanishlari olingan;

materiallarning xususiyatlarini sifat ko‘rsatkichlari ahamiyatligini hisobga olish asosida majmuaviy baholash uslubiyati takomillashtirilgan;

elektr o‘tkazuvchi maxsus poyabzal asosiy patak bo‘g‘imining konstruktiv-texnologik parametrlari aniqlangan;

pirotexnika tayyorlash sanoati ishchilari uchun elektr o‘tkazuvchi maxsus poyabzalning tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

maxsus poyabzal elektrik qarshiligining poyabzaldan foydalanish vaqtiga bog‘liqligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tok o‘tkazuvchan maxsus poyabzalning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

elektr tokini o‘tkazuvchi maxsus poyabzal uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti («Elektr o‘tkazuvchan poyabzal», №IAP03816-2008 y.) va foydali modelga patent («Elektr tokini o‘tkazuvchi poyabzal» №FAP 00580-2010 y.) olingan. Natijada poyabzal konstruksiyasida astar uchun tabiiy charm sarfi 26%ga tejash imkoni yaratilgan; 

olingan yangi elektr tokini o‘tkazuvchi  maxsus poyabzal konstruksiyasi  bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik reglament «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi tasarrufidagi «NAFIS» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasining 2017 yil 3 oktyabragi  ShSh-1/1208-son ma’lumotnomasi). Natijada elimli uslubda biriktirilgan poyabzalni yig‘ish texnologik jarayonini 2 ta operatsiyaga qisqartirish imkoni yaratilgan;

yaratilgan tok o‘tkazuvchi poyabzal ilk marta «Vostok» DIIBda shaxsiy himoyalovchi vosita sifatida foydalanish uchun ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasining 2017 yil 3 oktyabrdagi ShSh-1/1208-son ma’lumotnomasi). Natijada pirotexnika chiqarishning xavfli omillarini bartaraf etuvchi mahalliy maxsus poyabzal ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;

ishlab chiqilgan «Statik elektr tokini ketkazish uchun maxsus poyabzal (tok o‘tkazuvchi poyabzal)» uchun texnikaviy shartlar TSh 64-0207245-001:2004 O‘zR «O‘zstandart» Davlat reestrida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan («O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasining 2017 yil 3 oktyabrdagi ShSh-1/1208-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus poyabzalni ishlab chiqarish me’yoriy hujjatlar bazasi shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish