Kamolov Baxtiyor Xasanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namangan viloyatida ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslik xususiyatlari», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/G26.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bahritdinov Baxodir Arifovich, geografiya fanlari doktori, professor; Shamuratova Nigora Taxirovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyatida ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslik hususiyatlarini aniqlash va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatining ekoturistik imkoniyatlari(tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) aniqlangan va istiqbolda ekoturizmni rivojlantirish uchun «Namangan viloyatining ekoturistik rayonlari va marshrutlari» kartasi yaratilgan;
suv havzalaridan (Eski er, Varzik, Chortoqsoy, Rezaksoy) ekoturistik ob’ekt sifatida foydalanish yo‘nalishlari (sport, rafting, ekstremal, shop) asoslangan;
viloyat miqyosida ekoturistik marshrutlarni alohida (faqat ekoturistik) va kompleks (eko, agro, tarixiy, ekstremal, shop turlari) ravishda olib borish bo‘yicha marshrutlar ishlab chiqilgan;
viloyatning ekoturistik imkoniyatlaridan unumli foydalanish (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida mehmon uylari qurish) yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyatida ekoturizmning hududiy tarkibini kompleks rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Namangan viloyatining ekoturizm imkoniyatlari va yangi ekoturistik marshrutlari tasvirlangan «Namangan viloyatining ekoturistik rayonlari va marshrutlari» kartasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 iyundagi 03-22/3261-sonma’lumotnomasi). Natijada viloyatning ekoturistik rayonlari va marshrutlari kartasi turistik sohada yangi marshrutlardan samarali foydalanish imkonini bergan;
viloyatdagi Eski er va Varzik suv omborlarida sport va shop turizmini, Chortoqsoy va Rezaksoyda rafting, ekstremal va shop turizm tarmoqlarini rivojlantirish va ekoturistik ob’ekt sifatida foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflari Namangan viloyat hokimining 16. 02.2016 yildagi 66-son Qarori bilan tasdiqlangan “2016-2017 yillarda Namangan viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi”da foydalanilgan (Namangan viloyat xokimligining 2018 yil 17 martdagi 01/19-675-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda ichki turizmni rivojlantirish hamda viloyatdagi suv resurslarini muhofaza qilish, suv havzalarida turizmning sport, shop, ekstremal, rafting turlaridan unumli foydalanish imkonini bergan;
viloyat miqyosida ekoturistik marshrutlarni alohida va kompleks ravishda olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan marshrutlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 iyundagi 03-22/3261-sonma’lumotnomasi). Natijada viloyatda ekoturizm bilan birga turizmning agro, tarixiy, diniy ekstremal, shop turlaridan foydalansh imkonini bergan;
ekoturizmni yanada rivojlantirish uchun mavjud ekoturistik ob`ektlar va imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Namangan viloyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 iyundagi 03- 22/3261-sonma’lumotnomasi). Natijada viloyatda tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida mehmon uylari qurish, yangi marshrutlarda sayohatlarni olib borish imkonini bergan.