Maxmudov Rustamjon Rasuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Plantago major L. va Plantago lanceolata L. o‘simliklarining fenol birikmalari va ularning biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K18.
Ilmiy rahbar: Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori; Raxmanberdieva Ra’no Karimovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Plantago major L. va P. lanceolata L. o‘simliklarining fenol birikmalari va ularning biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
P. major L., P. lanceolata L. o‘simlik turlaridan 20 dan ortiq birikmalar, shu jumladan 7 ta flavonoid va 8 ta gidrolizlanuvchi tanninlar ajratib olingan;
P. major L, o‘simligidan ikkita yangi gidrolizlanuvchi tannin -(geksagidroksidifenoil-1-(O-2-O-galloil-β-D-glyukopiranozido)-1-(O-β-D-ksilopiranozid)diefiri va geksagidroksi-difenoil-1-(O-β-D-glyuko-piranozido)-2-(O-4-O-galloil-β-D-glyukopiranozid) diefiri ajratib olingan va kimyoviy tuzilishi isbotlangan;
P. lanceolata L. o‘simligidan bitta yangi tannin -2-O-bis-digalloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza ajratib olingan va uning kimyoviy tuzilishi aniqlangan;
ajratib olingan moddalar yallig‘lanishga qarshi va gipoglikemik faolliklarga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Plantago major L. va P. lanceolata L. o‘simliklarining fenol birikmalari va ularning biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Plantago major L. va P. lanceolata L. o‘simlik polifenollarining aniqlangan fizik-kimyoviy kattaliklaridan xorijdagi impakt-faktori (JIF) yuqori ilmiy jurnallarda o‘simlikni kimyoviy tarkibini identifikatsiya qilish hamda kimyoviy tuzilishini aniqlashda foydalanilgan (BioMed Research International, 2015, V. 2015, ResearchGate, IF 2.17; Brazilian Journal of Botany, 2017, V. 40, ResearchGate, IF 0.79; Annals of Warsaw University of Life Sciences - SGGW Land Reclamation, 2015, №36, ResearchGate, IF 0.58 va boshqalar). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tavsiflash imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan fenol birikmalari FA-A11-T057 raqamli «Tabiiy va sintetik biologik faol moddalarni yuqori samarali skrining markazini tashkil etish» loyihasida in vitro sharoitda biologik faol moddalarning antigipoksant ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 29 noyabrdagi FTK-02-11/1210-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik faol moddalarni kompleks skrining qilish asosida potensial farmakologik faollikka ega agentlarni aniqlash va tavsiflashni ta’minlovchi test–sistemani ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan polifenol birikmalarning kimyoviy tuzilishi bo‘yicha olingan natijalari Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika intitutida e’tirof etilgan va polifenol birikmalarning tuzilishini aniqlashda foydalanilgan (Xinjing Engineering Center for Ethnomedicice of Xinjing Technical Institute of Physics and Chemistry of CAS institutining 2018 yil 25 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada polifenol birikmalarning fizik-kimyoviy kattaliklari ularning kimyoviy tuzilishini aniqlash imkonini bergan.