Yaqubova Dinora Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish metodikasi (falsafa va tarix fanlari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa va tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3912.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxromovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida amaliy fanlar integratsiyasi vositasida yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirish metodikasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirishning pedagogik xususiyatlari va omillari fanlarni o‘qitishning metodik imkoniyatlarini o‘quvchilarning individual tarbiya traektoriyasiga ergonomik talablar asosida gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda fanlarlarni integratsiyalab o‘qitishning didaktik imkoniyatlari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasiga integratsiyalash va rivojlantirish tamoyiliga ko‘ra tarbiya sifatini kvalimetrik baholash sifatini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini amaliy fanlar asosida takomillashtirishning pedagogik modeli uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda modellashtirishning pragmatik va empirik omillarini konsepsiyaning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyalariga algoritmik asosda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirishning didaktik asoslari va amaliy mexanizmlari zamonaviy pedagogik paradigmalarni uzlyuksiz ta’limning tarbiyaviy funksiyasiga integratsion asosga ko‘ra singdirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
fanlarni o‘qitishning metodik imkoniyatlarini o‘quvchilarning individual tarbiya traektoriyasiga ergonomik talablar asosida gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirishning pedagogik xususiyatlari va omillari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasiga integratsiyalash va rivojlantirish tamoyiliga ko‘ra tarbiya sifatini kvalimetrik baholash sifatini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda fanlarlarni integratsiyalab o‘qitishning didaktik imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-2010010829-sonli “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlar” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foqdalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 25 maydagi 04/11-4570-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy fanlardan darslarning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan integrsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda modellashtirishning pragmatik va empirik omillarini konsepsiyaning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholash strategiyalariga algoritmik asosda qo‘llash orqali takomillashtirilgan yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini amaliy fanlar asosida takomillashtirishning pedagogik modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2024 yil 5 yanvardagi 057-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
zamonaviy pedagogik paradigmalarni uzlyuksiz ta’limning tarbiyaviy funksiyasiga integratsion asosga ko‘ra singdirish orqali takomillashtirilgan yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini takomillashtirishning didaktik asoslari va amaliy mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar uchun”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yil 14-fevraldagi 04-36-230-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotning ilmiy xulosa va tavsiyalari umumiy o‘rta ta’limning ilmiy va metodik ta’minotini hamda ta’lim tizimiga yangi islohotlarni joriy qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan.