Muminova Dilafro‘z Akbaralievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirishning metodik tizimi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped587, B2024.1.DSc/ped587
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirish jarayoni mazmuni psixologik, badiiy, tarixiy, ijtimoiy nuqtai nazardan metodologik yondashuvlarni induktiv va deduktiv xulosalar asosida chog‘ishtirish, sotsiumga dinamik implementatsiya qilish jarayonlarining intensivligini tarbiya kategoriyalariga muvofiq ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning metodik tizimini takomillashtirish bosqichlari va mezonlari individual ta’lim traektoriyasining innovatsion ta’lim strategiyasi, jarayon didaktik ta’minoti (verbal, ko’rgazmali)ga uyg‘unligini pedagogik dasturiy vositalar orqali ta’minlash hamda pedagogik algoritmlash jarayonini progressiv modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning tashkiliy-metodik tizimini ijtimoiy muhit, innovatsion shakl, vosita, usullar, pedagogik shart-sharoitlar, konstruktiv va destruktiv komponentlarning qayta aloqasi dinamikligini ijtimoiy muhitning tez o‘zgaruvchan talablariga ko‘ra tashkiliy-metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning metodik tizimini takomillashtirish modelini konstuksiyalash jarayoni badiiy ifodalilik, g‘oyaviylik, ijtimoiy faollik, ijtimoiy mas’ullik, ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlitligi, ijodiylik, hamkorlik kabi tamoyillarga adabiyot o‘qitishning metodik-didaktik mazmuniga ko‘ra ustuvorlik berish hamda ijtimoiy treninglarni maqsadli loyihalash orqali takomillashtirilgan;
kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning pedagogik imkoniyatlari kitobxonlik kompetentligining eksperimental darajasini aniqlashda pedagogik jarayon mazmunini boyituvshi hamkorlik pedagogikasining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olish, milliy va xorijiy ilg‘or tajribalarni oliy ta’lim innovatsion muhitiga tatbiq etishda imkoniyatlarni spiralsimon va ierarxik asosda kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kitobxonlik vositasida ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
individual ta’lim traektoriyasining innovatsion ta’lim strategiyasi, jarayon didaktik ta’minoti (verbal, ko’rgazmali)ga uyg‘unligini pedagogik dasturiy vositalar orqali ta’minlash, pedagogik algoritmlash jarayonini progressiv modellashtirish asosida takomillashtirilgan kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning metodik tizimini takomillashtirish bosqichlari va mezonlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi uchun “Bolalar kitobxonligi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrugʻi, 68-828-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning bolalar kitobxonligiga doir didaktik tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy muhit, innovatsion shakl, vosita, usullar, pedagogik shart-sharoitlar, konstruktiv va destruktiv komponentlarning qayta aloqasi dinamikligini ijtimoiy muhitning tez o‘zgaruvchan talablariga ko‘ra tashkiliy-metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning tashkiliy-metodik tizimiga oid taklif va tavsiyalardan magistratura mutaxassisliklari uchun “Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrugʻi, 68-827-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni kitobxonlik vositasida kasbiy ijtimoiylashtirishga xizmat qilgan;
konstuksiyalash jarayoni badiiy ifodalilik, g‘oyaviylik, ijtimoiy faollik, ijtimoiy mas’ullik, ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlitligi, ijodiylik, hamkorlik kabi tamoyillarga adabiyot o‘qitishning metodik-didaktik mazmuniga ko‘ra ustuvorlik berish hamda ijtimoiy treninglarni maqsadli loyihalash orqali takomillashtirilgan talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning metodik tizimini takomillashtirish modeliga doir taklif va tavsiyalardan boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi uchun “Bolalar kitobxonligi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrugʻi, 68-828-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni kitobxonlik vositasida shaxsiy ijtimoiylashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kitobxonlik kompetentligining eksperimental darajasini aniqlashda pedagogik jarayon mazmunini boyituvshi hamkorlik pedagogikasining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olish, milliy va xorijiy ilg‘or tajribalarni oliy ta’lim innovatsion muhitiga tatbiq etish imkoniyatlarini spiralsimon va ierarxik usulda kengaytirish asosida takomillashtirilgan kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning pedagogik imkoniyatlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan magistratura mutaxassisliklari uchun “Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrugʻi, 68-827-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni kitobxonlik vositasida mustaqil ta’limini tashkil etishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
psixologik, badiiy, tarixiy, ijtimoiy nuqtai nazardan metodologik yondashuvlarni induktiv va deduktiv xulosalar asosida chog‘ishtirish, sotsiumga dinamik implementatsiya qilish jarayonlarining intensivligini tarbiya kategoriyalariga muvofiq ta’minlash orqali takomillashtirilgan kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirish jarayoni mazmuniga doir takliflardan Fargona davlat universitetida 2020-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829 raqamli “Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoylashtirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihasining talabalarda adabiyotlar bilan ishlash malakasini rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 11-apreldagi 119-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ilmiy amaliyot jarayonlariga moslashuvchanlik darajasini oshirishga erishilgan.