Gapurova Lobar Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Benzimidazol hosilalari bilan ayrim 3d-metallarining kompleks birikmalarini tadqiq qilish», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K169.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shahnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benzimidazol hosilalarining Mn(II), Co(II), Cu(II), Zn(II) tuzlari bilan metallokompleks birikmalarini sintezi, ularning tarkibi, kristall tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Mn(II), Co(II), Cu(II), Zn(II)  metall tuzlarining 2,5-almashingan benzimidazol hosilalari bilan 36 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
Gaussian 09 dasturiy paketida kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlarning geometrik, energetik parametrlari, atom zaryadlarining taqsimoti, reaksion qobiliyatlari va nazariy koordinatsiya ehtimolligi aniqlangan;
sintez qilingan Mn(II), Co(II), Cu(II) va Zn(II) larni xloridli, nitratli, atsetetli tuzlarini L1-3 lar bilan M:L 1:2 va Mn(II), Co(II), Cu(II) va Zn(II) sulfatli tuzlarini L3 bilan M:L 1:3 nisbatdagi yangi kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari element, differensial-termik, DQES, RSA, IQ- spektroskopik analiz usullari yordamida aniqlangan;
ilk bor L1 sulfati tuzini, L1 ning Co(II) va Zn(II) atsetatlarini tetraedr, L3 ning Cu(II) atsetatini tetragonal bipiramida va Co(II) sulfatini oktaedr shakl kompleks birikmalarining kristall va molekulyar tuzilishlari isbotlangan;
sintez qilingan birikmalarning termik xossalari aniqlanib termoliz mahsulotlari identifikatsiyalangan hamda L1,3 lar asosidagi komplekslar tarkibida kristallogidrat holatdagi va L2 asosidagi kompleks birikmalar tarkibida esa kristallizatsion suv mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Benzimidazol hosilalarining 3d-metallar bilan komplekslari sintezi, kristall tuzilishi hamda biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkita yangi birikmalarning rentgen tuzilishi tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Crystallographic Data Centre, https://www.ccdc.cam, CCDC depozit raqami 2141523, 2166765). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
5-amino-2-merkaptobenzimidazolni Cu(II) metallokomplekslari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 23 iyuldagi 730/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyasi va qurilmalarida kooroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida 75−77% samara bilan qo‘llash imkonini bergan;
yangi kompleks birikmalar sintez usullari, ularning tarkibi va tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlardan 2017−2020 yillarda bajarilgan OT-F7-09-raqamli «Yuqori tarmoqlangan polimer matrisaga N,O,P,S polifunksional ligandlarni immobillash orqali metallar uchun nanokompozision sorbentlarni maqsadli olishning nazariy asoslari» mavzusidagi fundamental loyihada metallkompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 25 dekabrdagi 89-06-1186-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kompleks birikmalarni olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish