Tursunov Habibulla Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voleybol amaliyotida sakrovchanlik qobiliyatini tarbiyalash va uni elektron uskuna yordamida baholash metodikasi”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘omlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped3252.
Ilmiy rahbar: Yarashev Kamiljan Dehqonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bairbekov Mamatqul, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voleybolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini tarbiyalash samaradorligi va uni ishlab chiqilgan elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash afzalligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali voleybolchi talabalar misolida 4, 3, 2 va orqa zonalarda zarba berish uchun mos bo‘lgan sakrash balandligini oshirishda yugurish qadamlari, oyoqlarni tizzadan bukish burchagi va gavda-qo‘llarning inersion harakatiga urg‘u berish hamda sakrash kinematikasining ijro etiladigan texnik usullar koordinatsiyasiga mos bo‘lishi zarurligi ochib berilgan;
voleybolchilarda vertikal sakrash balandligni tezkor baholash maqsadida yaratilgan ishonchli axborot beruvchi elektron o‘lchov uskunasi sakrovchanlik chegarasini aniqlashda obektiv natija berish, hamda sakrash texnikasi va koordinatsiyasiga muvofiq ushbu qobiliyatni samarali  rivojlantirishga mo‘ljallangan mahsus mashqlar blokini  ishlab chiqishga asos bo‘lishi isbotlangan;
sakrovchanlikni an’anaviy testlar va elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash natijalari o‘rtasida “uskuna” foydasiga qayt etilgan ko‘rsatkichlar farqlariga muvofiq mazkur qobilyatni shakllantiruvchi va uning koordinatsiyasini ixtisoslashtiruvchi mashqlar majmuasining samaradorligi asoslangan;
voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirishda oyoqlarning portlovchi kuchi, sakrash fazalari, qo‘llarning aerodinamik harakati va sakrash kinematikasini (nusxasini) ijro etiladigan hujum zarbasi yoki to‘siq qo‘yish koordinatsiyasiga mosligini nazorat qilishda foydalaniladigan sxematik andoza ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali voleybolchi talabalar misolida sakrash balandligini an’anaviy testlar va ishlab chiqilgan elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash hamda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini maqsadli rivojlantirish samaradorligini aniqlash doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
voleybolchilarda sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini baholash amaliyotida qo‘llaniladigan an’anaviy testlar o‘rniga obyektiv hamda ishonchli axborot beruvchi elektron o‘lchov uskunasi yaratilganligiga oid takliflar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9906-son ma’lumotnomasi). Natijada, sakrovchanlikni baholash (o‘lchash) vaqti 1-2 daq. dan 45-60 sek. gacha qisqardi, olinadigan natijalar ishonchliligi ±0,1-1,0 mm. ni tashkil etdi, baholashning tashkiliy va texnologik parametrlari kompyuterlashtirilishi hisobiga natijalarni o‘lchash aniqligi 99.9 % ga yaxshilangan;
sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini maqsadli rivojlantirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan mashqlar majmualari yuzasidan olingan ilmiy natijalar Chirchiq Olimpiya va Paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9906-son ma’lumotnomasi). Natijada, sakrash fazalari, oyoqlarni bukish-yozish burchagi 70-85o dan 90-115o gacha kengaytirildi, qo‘llarning inersion harakati faollashtirildi va sakrash kinematikasi ijro etiladigan usullar texnikasiga moslashtirildi va natijada sakrash balandligi – sakrovchanlik 4,30% dan 9,11% ga, sakrash chidamkorligi 4,31% dan 9,68% gacha o‘sgan;
voleybolchilarda vertikal sakrash balandligni tezkor baholash maqsadida yaratilgan ishonchli axborot beruvchi elektron o‘lchov uskunasi sakrovchanlik chegarasini aniqlashda obektiv natija berish, hamda sakrash texnikasi va koordinatsiyasiga muvofiq ushbu qobiliyatni samarali  rivojlantirishga mo‘ljallangan mahsus mashqlar bloki Chirchiq shahar sport maktabi mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9906-son ma’lumotnomasi).  Natijada, sakrash balandligi 4,28% dan 9,40% gacha, sakrash chidamkorligi 3,58% dan 7,50% gacha ortgan;
sakrovchanlikni an’anaviy testlar va elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash natijalari o‘rtasida “uskuna” foydasiga qayt etilgan ko‘rsatkichlar farqlariga muvofiq mazkur qobilyatni shakllantiruvchi va uning koordinatsiyasini ixtisoslashtiruvchi mashqlar majmuasi O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi terma jamoalari a’zolarining mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9906-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik tayyorgarlik bo‘yicha 14 ta mashqlar bloki ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalar 8,5% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish